3. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha metodika fanlaridan o‘quv-metodik komplekslar tayyorlash. Maktabgacha ta’limda metodika turkum fanlari о‘qituvchisi о‘quv-meyoriy xujjatlar asosida о‘zi о‘qitadigan fani bо‘yicha о‘quv-metodik
kompleks yaratadi.О‘quv-metodik kompleks tushunchasi turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin etilgan bо‘lib, bu tushunchalarning mohiyatini tо‘laroq anglash uchun ular tomonidan о‘quv-metodik kompleksga berilgan ba’zi ta’riflarni keltirib о‘tamiz.
YE.Pichugina о‘zining tadqiqot ishlarida quyidagicha ta’rif beradi:
“О‘quv-metodik kompleks – bu fanning о‘quv maqsad va vazifalarini tо‘liq va samarali joriy etish uchun mо‘ljallangan о‘quv dasutrlari, darslik va о‘quv qо‘llanmalar, didaktik materiallar va о‘qituvchi uchun metodik kо‘rsatmalar majmuidir”.
Y.K.Babanskiy о‘quv-metodik kompleksni zamonaviy ta’limda о‘quv-tarbiya masalalarini yechishga qaratilgan о‘zaro organik bog‘langan о‘quv-metodik qо‘llanmalar tо‘plami deb ta’riflaydi.
Bugungi kunda о‘quv-metodik komplekslarida qо‘yidagilar bо‘lishi shart qilib qо‘yilgan:
fan bо‘yicha о‘quv jarayonini tashkillashtirishda va о‘tkazishda о‘qituvchilarga metodik yordam kо‘rsatish;
о‘quv jarayonini metodik ta’minotini takomillashtirishda, uni baholash va rejalashtirishga asos uchun zarur
Sillabus (lat.SyllabusErrorum-«ikkilanishlar rо‘yxati»)- 1864 yildaRim cherkovi tomonidan ishlab chiqilgan muhokama qilinadigan ta’limot va tamoyillar rо‘yxati. Qadimda mazkur atama (lat. syllabus – katalog) Rim cherkovi tomonidan papa tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni kodifikatsiyalash uchun qо‘llanilgan.