1-Mavzu. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi Menejmen
3.2 O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy printsiplari
qadim zamonlarda ham u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo ular Amir
Temur hukmronligi davriga kelib ma'lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning
"Temur tuzuklari" asari yorqin misol bo’la oladi.
"Temur tuzuklari" jahonga mashhur asardir. Uning qo’lyozma nusxalari
dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Frantsiya,
Rossiya, Frantsiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va b.) kutubxonalarida
mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
Birinchi qism Amir Temurning o’z davlatini barpo etish uni har jihatdan
mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo’shin tuzish borasida tadbiq etgan
"tuzuklari" va rejalaridan iborat bo’lib, unda hatto qo’shinning jangovor saflanish
tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan.
Asarning o’n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa
Sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo’shin tuzish va dushman
lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlar o’z
ifodasini topgan.
"Tuzuklar" muallifning fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma'lum
ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim.
Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlari va viloyatlarda o’tirgan noiblarning
roli benihoya katta bo’lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va
vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha
sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo’lishi
kerak. "Tuzuklar" muallifining fikriga ko’ra, masalan, vazirlar to’rt sifatga ega
bo’lishlari shart:
1. Asillik, toza nasllik va ulug’vorlik.
2. Aqlu farosatlik.
3. Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish,
ular bilan yaxshi muomalada bo’lish.
4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
"Tuzuklar"da keltirilgan ma'lumotlarga ko’ra Amir Temur o’z davlatini, bir
uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom hududida bo’lgan ulkan malakatni boryo’g’i etti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular 6-jadvalda berilgan: