1-Mavzu. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi Menejmen
Ijtimoiy ko’rsatkichlar. Ular boshqaruv apparati mehnat sharoitini, mehnatning sanitariya-gigiyena, ruhiy-fiziologik holatini, estetik va ijtimoiy omillarni belgilaydi.
Boshqarish samaradorligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagilar: - yillik iqtisodiy samara (sarf-xarajatlardagi tejamkorlik);
- boshqarishni takomillashtirish uchun bir yo’la qilinadigan sarflarni qoplash muddatlari;
- boshqaruv apparati mehnat unumdorligining oshishi.
Yillik iqtisodiy samara quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
bu yerda:
– shartli yillik tejamkorlik;
– bir yo’la qilingan sarflar;
– samaradorlikning normativ koeffitsienti (xarajatlarni normativ bo’yicha qoplash muddatlariga teskari miqdor).
Boshqarish samaradorligini ikki xil usul bilan quyidagi formulalar yordamida hisoblash mumkin:
va
bu yerda:
Np – pirovard natija (korxona faoliyatining samaradorligi);
Nb – faqat boshqaruv apparati faoliyatining natijasi;
Xb – boshqaruvchilik faoliyati bilan bog’liq xarajatlar. Boshqarishning bir yo’la qilingan sarflarini quyidagicha hisoblash mumkin:
bu yerda:
K – kapital sarflamalar, so’m;
N – kapital sarflamalarga oid bo’lmagan sarflar, so’m.
Boshqaruvning har qanday darajasida, yuqori miqyosdagi turg’un unumdorlikka barcha pog’onadagi boshqaruvchilar har xil turdagi boshqaruv vazifalarini aniq bajarsagina erishish mumkin.
Boshqaruv apparatining mehnat unumdorligini quyidagicha hisoblash mumkin:
Bu yerda,
Mu – mehnat unumdorligi, so’m;
Tm — tovar mahsuloti, so’m;
Ba.x.s. – boshqaruv apparati xodimlarining soni (kishi).
Ma’lumki, boshqaruv mehnati predmeti bo’lib, ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy elementlari emas, boshqa axborot, turli xildagi hujjatlar, boshqaruv qarorlari hisoblanadi. Korxonalarda axborot hajmi va ular bilan bog’liq odamlarning soni har doim ortib boradi. Axborotlarni qayta ishlashda texnika aloqalaridan, butun jahon telefon va televizion tarmoqlaridan foydalanish axborotlar hajmini keskin oshiradi hamda ularni o’tkazish vaqtini qisqartiradi.
Axborotlarni o’tkazishda vaqtning qisqarishi tufayli ushbu axborotlarni qayta ishlashga va ulardan foydalanishga ko’proq vaqt qoladi. Axborotlarni qayta ishlash sohasiga texnika va texnologiyani tatbiq etish bilan boshqaruvning barcha darajalarida unumdorlik oshadi. Kompyuter texnikasi har qanday ijodiy jarayonni tezlashtirishga imkon yaratadi. Aloqa texnikasi zarur axborotlarni kerakli vaqtda olishga yordam beradi. Axborotlar texnikasi qaror qabul qilish jarayonini yaxshilaydi va ushbu jarayonda ko’p mehnat talab qiladigan operatsiyalarni tez hal qiladi va boshqaruvchining foydalanishiga imkon yaratadi.
O’z mohiyatiga ko’ra, boshqaruv samaradorligi iqtisodiy va ijtimoiy bo’ladi. Samaradorlikning ushbu turlarga ajratilishi maqsadning har xilligi (o’zaro bog’liq bo’lsa ham) va samaraning o’ziga xos xususiyati (ijtimoiy va iqtisodiy) bilan xarakterlanadi.
Iqtisodiyotni boshqarish nafaqat ishlab chiqarishni, balki insonlarni, ular o’rtasidagi munosabatlarni, shu jumladan, ijtimoiy munosabatlarni boshqarish kabi ko’rinishlarda ham yuzaga keladi. Keng ma’noda, iqtisodiy munosabatlar ham ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi, chunki ular odamlar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. Ijtimoiy munosabatlarning ikkinchi darajasi ishchilar, dehqonlar, ziyolilar o’rtasidagi, millatlararo va millat ichidagi, shahar va qishloqlar o’rtasidagi va hokazo munosabatlardir. Ijtimoiy munosabatlarning uchinchi darajasi mehnat jamoalari va jamoa ichidagi a’zolarning o’zaro munosabatlaridir. Ijtimoiy munosabatlarning ushbu uchinchi turi va shunga muvofiq ijtimoiy boshqaruv darajalari ham o’zaro bir-biri bilan bog’liq. Ijtimoiy boshqaruvning har qanday darajasida inson boshqariladigan ob’ekt hisoblanadi.
Ijtimoiy munosabatlarni boshqarish birligi ikkita darajada davlat tomonidan Konstitutsiya, farmon va qarorlar asosida amalga oshiriladi. Ijtimoiy munosabatlarni boshqarish mehnat jamoasi darajasida korxona ma’muriyati tomonidan mehnat jamoasi ishtirokida bajariladi.
Korxona faoliyatida eng muhim rolni ishlab chiqarish jamoasi o’ynaydi. Korxona faoliyatining samaradorligi xodimlar qanday tanlab olinganligiga, ularga o’zlariga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni qanday his qilishiga, ularning qanchalik unumli mehnat qilishiga bog’liq.
Odamlarni boshqarishda quyidagilar taqozo etiladi:
har bir odamning ijtimoiy roli, uning ishlab chiqarishdagi o’rni, vazifalari, huquq va majburiyatlarini aniq belgilab qo’yish;
har bir odam o’zining ijtimoiy roli, vazifalari, huquq va majburiyatlarini bilishi.
Korxonani muvaffaqiyatli boshqarish uchun mehnat jamoasi zarur ruhiy shart-sharoitni yaratishi, birodarlik va birdamlik munosabatlarini o’rnatishi, tartib-intizomni mustahkamlashi va jamoa oldidagi javobgarlik hissiyotini kuchaytirishi zarur. Inson shaxsiga, uning imkoniyatlari va talablariga e’tiborni kuchaytirish ham muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarurdir. Bunda siyosiy rol boshqaruvning funktsional organlariga: korxonaning ijtimoiy-ruhiy xizmatiga, huquqshunos va ruhshunoslarga, kadrlar bo’limiga tegishli bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy masalalar miqyosini kamaytiradi, chunki hozirgi sharoitda mehnat samaradorligi ishlab chiqarishning texnik qurollanish darajasigagina bog’liq bo’lmasdan, ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy tarkibiga, jamoa a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni boshqarish darajasiga, ishchilar faolligiga ham bog’liq, shu sababli jamoani ijtimoiy rivojlantirish, yuqori mehnat unumdorligiga erishish uchun qulay sharoit yaratishga katta e’tibor berish zarur.
Tashkilot faoliyatining nisbiy samaradorligi unumdorlik ko’rsatkichida o’z ifodasini topadi.
Unumdorlik – miqdoriy jihatdan olganda, tayyor mahsulotlar miqdorining ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan resurslar miqdoriga nisbatidir. Keng ma’noda olganda, bu tushuncha nisbiy samaradorlik va tashkilotning tejamliligini ifodalaydi.
Raqobatchilik sharoitlarida tashkilot o’z o’rni va mavqeini saqlab qolishi uchun o’ta muhim sanalgan omillardan biridir.
Shunday qilib, menejerlar bozor munosabatlari xo’jalik mexanizmini, mehnat jamoasini safarbar qilishda qo’llaniladigan iqtisodiy-ijtimoiy dastak va turtkilarni yaxshi bilgandagina, ularni jiddiy va malakali qo’llab, tobora takomillashtirib borgandagina boshqaruv faoliyatining samaradorligi va unumdorligiga erishiladi.