1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixini jahon madaniyati va san’ati tarixida tutgan o’rni


-MAVZU: KUSHONLAR DAVRI MADANIYATI VA SAN’ATI



Download 269.58 Kb.
Page3/21
Date12.03.2024
Size269.58 Kb.
#63833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbek
3-MAVZU: KUSHONLAR DAVRI MADANIYATI VA SAN’ATI
Reja:

  1. Kushon davlatining vujudga kelishi va yuksalishi

  2. Kushonlar davri madaniyati

  3. Kushonlar davri san’ati

Kushonlar davri Markaziy Osiyo xususan O’zbekiston tarixida muhim o’rin egalladi. Bu erda me’morchilikda avvalgi davr an’analari davom qildi ,shu bilan birga yangi an’analar rirojlandi. Saroylar, zardushtiylik va buddaviylik dinlari bilan bog’liq memoriy majmualar yaratildi, fuqorolar turar joylari murakkaablasha bordi, ularning estetik jihatlariga etibor ortdi. Shaharsozik borasida ishlar amalga oshirildi. Bu davrda O’rta Osiyo erlarida qator shaharlar paydo bo’ldi. Bu davrda shahar qurilishi ham avj oladi. Shahar hokimlari, boy zadogonlar va amaldorlarning saroylari va uylari hashamatli bo’lishiga etibor berildi. Uning go’zal bo’lishi uchun haykal, turli naqsh va rasmlar bilan bezak beradilar.


Dalvarzin tepa Kushon davlatining muhim shaharlaridan bo’lib bu erda buddizm dini bilan bog’liq ibodatxona,stupa bo’lgan. Ibodatxona serhasham bo’lib unda baqtriya mabudasi haykali bo’lgan.Bino bezagida akanf bargi antefiks va bezakdor ustunlar keng qo’llanilgan.
Kampirtepa, Qora-tepada (Surxondaryo vil. Eski Termiz) olib borilgan arxeologik ishlar bu erlarda buddizm bilan bog’liq me’morchilik komplekslarni ochilishini ta’minladi. Arxeologik ishlar davom etmokda, lekin ochilgan g’or- ibodatxonalarning bezatilishi, u erda mavjud bo’lgan haykal va devoriy suratlar diqqatga sazovordir.
Ayritomdan (Termiz yaqinidan) topilgan toshdan ishlangan releflar va so’nggi Kushon davlati memorligining harobalari bu erda buddizm keng yoyila boshlaganligini ko’rsatadi. Ayritomdagi ibodatxonaga kiraverish tomonga karniz tarzida ishlangan friz karnizlarda akanf barglari orasida yarim belgacha tasvirlangan qo’shnay, nog’ora (baraban), lyutna va arfa chalayotganlar sozandalar tasvirlangan (ular 14 ta).
Buddizm dini bilan bog’liq me’morchilik majmualar, monastir va ibodatxonalar O’zbekistonning janubiy tomonlarida keng tarqaldi. Eski Termiz yaqinidagi "Zurmala qal’a" me’morlik koldigi shu o’rinda muhimdir, to’rtburchak shakldagi taglikka tepa tomoni yarimsferik tarzda tugallangan silindrik stupa qurilgan. Minoraning qozon shaklidagi tepa va silindrik shakldagi asosiy ustun qismi chegarasi karniz bilan ajratilgan. Minoraning tagi, tepadagi yarim aylana shaklidagi qismni esa qizil tosh, plitalari bilan pardozlangan. Minoraning asosii ustun qismi esa pishiq g’isht bilan pardozlangan bo’lish extimoli bor. Kushon davrda shahar qurilishini avj olishida grajdan memorligi ham alohida o’rinni egalladi. Shahar hokimlari, boy zadogonlar va amaldorlarning saroylari va uylari hashamatli bo’lishiga etibor berildi. Uning go’zal bo’lishi uchun haykal, turli naqsh va rasmlar bilan bezak beradilar.
Xolchayonda (Surxondaryo ) saklanib qolgan arxeologik topilma e’tiborga loyiq. Bu erda bino Sharqqa karab qurilgan bo’lib uning old tomonida 6 ustunli ayvon bo’lgan. U erdan asosiy xona - katta zalga va ikki ustunli xonaga kirilgan. Bino ham g’ishtdan qurilgan. Ustunlar yog’ochdan ishlangan bo’lib ular tosh taglikka urnatilgan. Binoning tomi tekis yopilgan bo’lib tom chekkalari esa cherepitsa ham antefikslar bilan bezatilgan. Xonalar devoriy surat va haykallar bilan bezatilgan bo’lgan.
Bu davrning tasviriy va amaliy madaniyati va san’ati yo’nalishlari bir kancha manbalardan Baqtriya - So’g’d, ellinlashgan-budizm, garb tomonda sak-parfiya, Xorazm va Old Osiyo madaniyati va san’ati an’analaridan asos oldi va rivojlandi va harakteri jihatidan betaraf va o’ziga xos mustaqil san’at yo’nalishi sifatida etirof etiladi. Haykaltaroshlik madaniyati va san’atida grek va xind madaniyati va san’ati tasirida seziladi. Bu xususiyat ishlangan haykallarda tasvirlanuvchining soch tarashi, kiyimi boshi harakterini aniq bo’lishiga, psixologik xolatini ifodalashga intilishida bilinadi.
Kushoniylar davri tangalari avvalgi davrga nisbatan bo’sh, yuzlariga podshohlarning portreti zarblangan orqa tomonda esa xudolar tasviri tushirilgan. Yozuvlar esa Kushon Baqtriya tilida bo’lib, yozish uchun grek alfaviti asosida yaratilgan Kushon harflari ishlatilgan. Rasm 3. Geray rasmi tushirilgan tanga
Bu davrda mahobatli rassomlik rivojlandi va saroy, ibodatxona, monastir va qasrlarni bezashda keng qo’llanildi. Rasmlar mavzusi bevosita binolar funksiyasiga qarab belgilandi. Jumladan ibodatxona va monastirlar devoriy rasmlarida diniy mavzu etakchilik qilgani xolda qasr va saroylar devorlarida dunyoviy voqyealar tasviri ishlangan. Albatta bu rasmlar bizgacha faqat parcha, bo’laklarda , shuningdek qadimgi mualliflarning yozma manbalarida saqlanib qolgan. Lekin shularning o’zi shu davr mahobatli madaniyati va san’ati haqida fikr yuritishga asos beradi. Bu davrda boy zadogonlar va amaldorlar o’z saroylari va uylarini hashamatli bo’lishiga etibor berildi. Ularning xonalari devoriy surat haykal, turli naqsh va rasmlar bilan bezak berilgan bo’lgan. Bu tasvirlarda evripid tragediyalaridan olingan syujetlar, Xomer Illiadasiga oid voqyealarni ham uchratamiz. Jumladan, ezop masaliga ishlangan rasm - oltin tuxum haqidagi devoriy rasm ham harakterli. Unda oltin tuxum berib turgan qushni ichini yorib birdaniga boyishni istagan odamning ochko’zligi ko’rsatiladi. Qachonlardir So’g’dning muhim manzillaridan bo’lgan Ustrushona saroyi devoriga kadimgi Rim afsonasi bilan borlik tasvirning tushirilishi o’zaro yaqin aloqalardan dalolat beradi. Bu tasairning muallifi haqida albattda malumotlar bo’lmasada, lekin shu tasvirning O’rta Osiyoda paydo bo’lishi shu erda o’z vatanini kumsagan italiy yoki safarlarda bo’lib tasurot bilan qaytgan mahalliy jangchi, rassom,savdogar bo’lishi mumkin.
Xolchayon devoriy suratlardan ayrim tasodifiy bo’lakchalar yomon xolda bizgacha etib kelgan. Bular ichida yigit boshii surati, uzum novdalari birmuncha bilinarli. Mavzusi hayot, tabiat manzaralari islimiyga yaqin naqsh kompozitsiyalari ishlangan.
Qora-tepada buddizm bilan bog’liq me’morchilik kompleksida ochilgan g’or- ibodatxonalarning bezatilishi, u erda mavjud bo’lgan devoriy suratlar diqqatga sazovordir. Nomalum rassom tomonidan ishlangan devoriy suratlarda mavzusida Budda va uning yaqinlari bilan bog’liq rasmlar ishlangan bo’lib nomalum rassom o’z asarida fazoviy kenglikni ifodalashga, hajmni tasvirlashga intilgani seziladi.
Kushon davri haykaltaroshligi ikki yo’nalishda- mahobatli haykaltaroshlik va mayda sopol haykaltaroshligi tarzida namoyon bo’ladi. Mahobatli haykaltaroshlik ko’proq maxsus loy va qorishmalarda ishlangan va ko’p xollarda bo’yalgan bo’lgan.Mayda haykaltaroshlikda sopol, tosh,bronza,ko’mish ,oltin shuningdek yog’och keng ishlatilgan,inkrustatsiya,kandakorlik uslublaridan ham dumaloq va bo’rtma tasvirlar ishlashda qo’llanilgan. Haykaltaroshlik mavzusi diniy va dunyoviy bo’lib diniyo haykallar zardo’shtlik va buddizm bilan bog’liq xolda ishlangan.
Buddizmni O’rta Osiyoda tarkalishi bevosita haykaltaroshlik yo’nalishiga o’z tasirini o’tkazdi. Budda, bodisatva va boshqa diniy personalklarning haykallari ishlandi va ular ibodatxonalarning oldi va ichkari qismida urnatilgan.Bu haykallarning ishlanish prinsiplari Xindistonda yaratilgan kanonlarga asoslangan.
Xolchayondagi binoni bezashda haykallar keng ko’llanilgan. Bu haykallar xonalarning devorlarining yo yuqori qismiga barelef va gorelef uslubi bajarilgan. Unda podshoh va uning yaqinlari shuningdek otliklar tasviri ishlangan.
Qora tepaligi (Surxondaryo obl.) buddizm ibodatxonalaridan topilgan ganch haykallar ham yuqorida ko’rgan xususiyatlarga ega. Bu haykallar natural kattalikda ishlangan va real harakterga egadir. Haykaltarosh mahalliy tiplarning o’ziga xos tomonlarini ko’rsatishga harakat qildi. Bu ularning ko’rinish, soch tarash va kiyinishlarida seziladi. Qora-tepada olib borilgan arxeologik ishlar buddizm bilan bog’liq me’morchilik komplekslarni ochilishini ta’minladi. Bu erga arxeologik ishlar davom etmokda, lekin ochilgan g’or- ibodatxonalarning bezatilishi, u erda mavjud bo’lgan haykal va devoriy suratlar diqqatga sazovordir. O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston hududining janubi tomonlarida grek uslubida ishlangan metal idishlar, ko’za va haykallar topilganligi fikrimiz dalilidir. Bu idish yuzalariga ishlangan tasvirlarda evripid tragediyalaridan olingan syujetlar, Xomer Illeadasiga oid voqyealar o’z aksini topgan. Afina, Appolon, Nika, gul ushlab turuvchi haykallar va tasvirlar shu davrda bezak madaniyati va san’atida keng ishlatilgan. Amaliy san’atda yarratilgan kulolchilik, zargarlik va metallardan buyumlar yasash, kumush, oltin va bronza madaniyati va san’ati nafisligi bilan harakterlanadi. Dalvarzin tepadan topilgan oltindan ishlangan turli taqinchoqlar, ko’mish buyumlar inkrustatsiya madaniyati va san’ati yuqori bo’lganligini ko’rsatadi.
Bu davrda ayniqsa metall buyumlar yasash va ularning yuzasini bo’rtma tasvirlar bilan bezash madaniyati va san’atida- torevtikada O’rta Osiyolik ustalar katta yutuqlarni qo’lga kiritdilar. Kandakorlik nihoyatda rivojlandi. Bu san’at rivojida grek-rim uslubi keng yoyildi. Nafaqat ishlanish jihatidan balki tasvirlar mavzusi jihatidan ham harakterli metalda (oltin, kumush, mis, bronza) ishlangan har xil lagan, vaza, kalkon va xum yuzalari tasviriga antik dunyo hayoti va mifologiyasi asos kilib olindi.Bu ishlarning tasvirlanishini tiplarga ajratsak kuyidagi xolni kuramiz antik mualliflarning asarlaridan olingan syujetlarga ishlangan tasvirlar; M.Yevripidning asarlaridagi Vakx’ bayrami bilan borlik tasvirlar, Xomer (Gomer) "Iliada" asaridagi voqyealar va x.k.
O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston hududining janubi tomonlarida grek uslubida ishlangan metal idishlar, ko’zalar topilgan. Bu idish yuzalariga ishlangan tasvirlarda evripid tragediyalarida olingan syujetlar, Xomer Kushonlar davrida ellin madaniyati va san’ati tasviri kuchli bo’lganligi an’analar davomidagina emas, balki grek tilining bu erlarda keng yoyilishi grek alfavitining keng istemolda ishlatilishi ham ana shu tasvir doirasining kengligidan dalolat beradi.
Kushon davlati ko’p millatli va ko’p dinli davlat edi. Uning hududida yashaydigan turli xalq va kabilalar o’z diniga va qarashlariga ega bo’lgan. Dinlari ichida zardushtiylik dini keng yoyilganligini etirof etish kerak. Xorazm, So’g’d, Baqtriya, Margiyona erlarida shu din bilan bog’liq ko’pgina yodgorliklarning topilishi ham shundan dalolat beradi. Lekin Kushon davri zardushtiylik dini xind va ellin dinlari tasirida yangilanish jarayonini boshidan kechirdi, ossuariylar tiplari toraya bordi.
Yeraning boshlarida tashkil topgan Kushon davlati jahondagi to’rt buyuk davlatning biri bo’ldi. Bu davrda davrda o’zaro aloqalar yanada ko’chaydi. Tinch okeanidan Bridan orollarigacha bo’lgan katta hudud ana shu davlatlar hukmida’ bo’lib Buyuk Ipak Yo’lida markaziy o’rinni egallagan Kushon davlati ІІІark va Garb aloqalarida alohida o’rinni egallaydi. Sharqdan Garbga Janubdan shimolgacha bo’lgan to’rt buyuk davlatlararo munosabatlarnint keng rivoklanishi, savdo sotiqning ko’chayishi xalq va elatlarning turmush tarzi va estetik karashlariga tasir etmay kolmadi.Bugungi kungacha ko’plab tadkik etilgan yoki arxeologik kazish ishlarida bu davlatlar hududida shu davlatlarning turli buyum va ashyolarining , turli davlat tangalarining shu hududlarda topilishi, amali bezak va kulolchilik buyumlari mavjudligi, rasm va haykallarning tip va mazmuni yaqinligi va o’xshashligi shundan dalolatdir. Deyarli besh asrli Kushon davlati tarixida o’ziga xos san’at tarixi shakllandi.Harakterli jihatidan lokal xususiyatga ega bo’lgan Kushon madaniyati va san’ati o’z rivojida nafaqat davlat tarkibiga kirgan mavjud xalq va elatlarning madaniyati va san’ati zaminida kamol topdi, balki davrning silsiasida yuzaga kelgan Sharq va Garb falsafasi va estetikasi tasviridan ham chekkada kolmadi. Shuning uchun ham bu san’at idrokida Yunon, Baqtriya madaniyati va san’ati an’anasi va o’ziga xos yo’nalishi, shimoliy ko’chmanchi-kabilalar madaniyati va san’ati an’analari o’zida Sharq va garb madaniyati sinteziga yo’l ocha borgan axmoniylar davri madaniyati va san’ati belgilari Hindiston, Pokiston, Afg’oniston madaniyati tarixidagi ko’pgina belgi va o’ziga xosliklarning sezilib turishi qurilayotgan masalani nakadar keng va murakkabligini ko’rsatadi. Shuni alohida kayd etishі lozimki Kushon madaniyati va san’ati va madaniyati keyinrok,o’z hududidan tashqariga chikishga va ko’pgina xalqlar va dav-latlarning san’at va madaniyatiga tasir utkazishga muyassar bo’ldi. So’zsiz, Kushon davlatining shakllanishi va rivojlanishi O’zbekiston hududi bilan bog’liqligiye’tirof etish kerak. Kushon madaniyati va san’ati o’z rivojida qator xalq va elatlar madaniyati va san’ati tasirida yuzaga kelgan bo’lsa ham, lekin-uning o’ziga xos, lokal va shu bilan birga boshqalardan ajralib- turadigan tomoni mavjudligini kayd etish lozim Kushon davlati jahon tarixida o’ziga xos tuzumga ega bo’lgan davlatlardan bo’lgan. Bu davlat hududida turli din va etikod mavjud bo’lib san’at va madaniyat mazmuni va yo’nalishida ham o’z aksini topgan. Zaostrizm, moniylik, buddizm va boshqa dini yo’nalish va e’tikodlar san’at uslubiy rangbarangligini ham keltirib chiqardi. Me’morlik, tasviriy va amaliy san’at uslub va yo’nalishlari shu davr etikod va karashlari bilan rivojda bo’ldi. Kushon davridan boshlab O’zbekiston janubiy tomonlarida Budda bilan-bog’liq bo’lgan haykallar keng tarkala boshladi. Buddaning inson qiyofasidagi tasviri yuzaga keldi. Grek mifologiyasi bilan borliq obrazlar yaratila boshlandi. Ular mahalliy qiyofa va liboslarda tomoshabin ko’z o’ngida gavdalanadi. Monumental rassomlik madaniyati va san’atining namunalari Sharq va Garb badiiy dunyosi sintezi sifatida yuzaga keldi. Shuni kayd etish lozimki, Kushon podshohligi davrida ham, ellin madaniyati va san’ati, ayniqsa grek madaniyati va san’ati tasiri sezilarli o’rinni egallagan. O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston hududining janubi tomonlarida grek uslubida ishlangan metal idishlar, ko’za va haykallar topilganligi fikrimiz dalilidir. Kushon davri mafkurasida so’zsiz, buddizm dini muhim o’rinni egalladi. U odamlarning turmush tarzi, madaniyati, tgaydi-gan muxitida o’z aksini topdi. tasvirii va amalii akat, memoryikxususiyatlarini belgilovchi muhim aktor sifatida maydonga chikdi.


Download 269.58 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page