2-mavzu: Antik davrda O’rta Osiyo xalqlari
madaniyati va san’ati
Reja:
1. Ahamoniylar davrida madaniyati va san’ati
2. Aleksandr Makedonskiy bosqini davrida madaniyat va san’at
3. Antik davrda madaniyati va san’ati
Markaziy Osiyoning erlari qadimdan bosqinchilar uchun boylik orttirish o’lkasi bo’lib kelgan. Tarixiy ma’umotlarga ko’ra miloddan avvalgi IX-VII aslarda dushmanlar Markaziy Osiyoning janubiy tomonlariga yurish qilib juda ko’p boyliklar orttirib qaytgan. Mil. av. VI asrlardan esa O’rta Osiyo erlarining katta qismi Ahomaniylar davlat tomonidan bosib olinib qariyb 200 yildan ortiq vaqt mobaynida uni asoratida bo’lgan. Ahomaniylar Markaziy Osiyoga yurish qilgan paytda bu erlarda Baqtriya, So’g’d, Xorazm, Parkana, Parfiya Qang’ hamda uning shimoli tomonida o’troq va ko’chmanchi qabilalardan tashkil topgan Saklar ittifoqi shakllanayotgan edi. Lekin bu davlatlar orasida birlik yo’q edi. Shuning uchun ham eron qo’shinlari bu davlat va qabilalarning erlarini tezlikda bosib olishga muyassar bo’ldilar. Xalqning ozodlik uchun kurashi esa Tumaris, Shiroq kabi qahramonlarning afsonaviy jasoratlarida saqlanib qoldi. Galikarnasli Geradot va Knidli Ktesiylar shu davr haqida qiziqarli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Jumladan, Knidlik Ktesiy mutaxassisligi vrach bo’lgan.U eron shohi Artaksereks II xizmatida bo’lib 17 yil Suzada yashagan va o’z davri, voqyealar, turli afsona va rivoyatlarni to’plab Vataniga qaytgach shular haqida yozib qoldirgan. Shulardan biri Tumaris afsonasi bo’lgan.
Yeronliklar bosib olingan erlarni satrapliklarga bo’lib chiqildi.Satrap eroncha hokim ma’nosini anglatib,satraplik uning boshqargan hududi nazarda tutilgan. Satrap podshohga bo’ysunib, uning ko’rsatmalarini bajarar, buyrug’ga binoan solig’ yig’ar edi. Satrapliklar hukmdorlari lavozimiga asosan axmoniylar avlodidan odam tayinlanar edi. Podshohning ruhsati bilan ular o’zga yurtlarga hujum qilishi va bosib olish hisobiga o’z erlarini kengaytirishi mumkin edi. Shuning uchun satrap Markaziy Osiyo erlarida bir qancha satraplikka ajratilgan bo’lib shulardan Xorazm, So’g’d, Parfiya, Baqtriya bir muncha katta bo’lgan.
Yeramizdan avvalgi V asrdan boshlab O’rta Osiyo erlarida nisbatan tinch hayot boshlandi. Shu davrda qator shaharlar paydo bo’ldi, xunarmandchilik rivojlandi, buyuk Ipak yo’li rivojlana boshladi. Mahalliy zodagon va kiborlar chet el bosqinchilari homiyligida tinch hayot kechirib hashamatli saroylar qurdilar, zebu ziynat va bezakka e’tibor berdilar. Bu davrda shaharsozlikda silijish ro’y berdi. eski shaharlar qaytadan tiklandi, yangi shaharlar vujudga kela boshladi. Baqtra, Aorn, Kiriopol, Nautaka, Marokand, Ko’zal qir, erka qala, Kallalikir (Xorazm) shu davr yodgorliklaridandir. Jumladan, shu davrida vujudga kelgan Ko’zali qir, Kallali qir qal’alari ham ana shu davr an’analarida ishlangan. Masalan, Ko’zali qir qal’asi ko’proq uchburchakka yaqin bo’lib, uning maydoni qalin devor bilan o’rab chiqilgan. Kalli qir qal’asi reja asosida ishlangan. Uning to’rtburchak maydonini qalin devor bilan mustaxkamlangan. Eramizdan avvalgi VI-IV asr O’rta Osiyo me’morligi haqida Ko’zali qir, Kallali qir (O’zbekiston), erka qal’a (Turkmaniston) me’morlik komplekslari qoldiqlari taassurot beradi. So’zsiz, bu me’morlik komplekslari avvalgi davr an’analarini davom ettirish asosida yuzaga kelgan. Ular qalin devor bilan o’rab chiqilgan, darvoza va minoralari mavjud bo’lgan. Ularning markazida sun’iy tepalik bo’lib, unda saroy yoki ibodatxona joylashgan. Saroylar uchun ishlatilgan ustunlar ko’p xollarda kapitellar bilan tugallangan. Eramizdan avvalgi VI-IV asr me’morligi namunalarining ilk namunasi Xorazmdagi Kallali qir saroy qoldiqlaridir. Saroyning asosiy qismi kvadratga yaqin bo’lib (75X80 m) unga Sharq va janubdan hovlilar tutashgan. Shu hovlilarning so’nggisida binoga kirish uchun mo’ljallangan asosiy darvoza bo’lgan. Saroy xonalari esa, odatda, ichki ikki hovli atrofida joylashgan. Saroy tomlari tekis qilib yopilgan. Ustunlar uzun to’sinlarga mustaxkamlik bergan va tayanch vazifasini o’tagan. Bino ustunlari tepaga kichrayib boruvchi to’rtburchak va aylanalardan tashkil topgan tagkursiga o’rnatilgan bo’lgan va ular toshlardan ishlangan. Ustunlar esa yog’ochdan ishlangan bo’lib, uning kapiteli haykalga o’xshatib axomaniylar kapitellaridan o’rnak olinga xolda ishlangan. Bu davrda satrapliklarda bosqichlar xomiyligida mahalliy zodagonlar dabdabali hayot kechirdilar.Ular hashamatli qo’rg’on va saroylar qurdirdilar, ularning bezagiga e’tibor berdilar. Binolarni rejalashtirib qurish, uni haykal va haykalchalar bilan bezash odati yoyildi. Axmoniylar chekka satrapligi Xorazmdan topilgan kapitel o’z harakteri jihatidan axmoniylarning Persepol va So’za saroylarida qo’llanilgan kapitellardagi uslub - ikki tomonga qarab turgan buqa boshi (So’za kapitel)ga o’xshab ketadi. Xorazmda Uiz Dag kapitelida ikki tomonga qarab turgan odam boshi xalos.
Kallali qir saroy planirovkasi va ko’rinishi, ustunlarning harakteri bevosita Axmoniylar me’morligini eslatadi. Tasviriy san’at. Yozma manbalarga ko’ra bu davrda devoriy rassomlik rivojlangan bo’lgan. Saroylar, boy zodagonlarning uylari va mexmonxonalari devoriy rassomlik asarlari bilan bezatilgan. Bu rasmlarda shu davrda mashhur bo’lgan Odatida va Zariadra romani syujetlari ko’proq ishlangan. Amaliy san’at buyumlari yuzasi turli mavzudagi bo’rtma va chizma tasvirlar bilan bezatilgan. eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda O’rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan turli xil antiqiy buyumlar muhim o’rinni egallaydi. Bu qadimgi davr yodgorliklari adabiyotilarda «Amudaryo boyligi» yoki “Oks boyligi” deb yuritiladi. Gap shundaki, qadimgi turklar Amu daryoni O’kuz, ya’ni Katta daryo deb atashgan, Yunonlar esa O’kuzni Oks-Oksus deb nomlashgan. Shu “Oks boyligi” yodgorliklarning ko’p qismi hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.Oltin arava, Oltin bilak uzuk, Oltin ko’za, Jangchi-sak bo’rtma tasvirida shu fazilatlar mujassamlashgan.
Aleksandr Makedonskiyni istelolari va undan keyin vujudga kelgan davlatlar madaniyati va san’ati.
Miloddan avvalgi IV asrga kelib Markaziy Osiyo erlariga boshqa istilochi makedoniyalik Iskandar yurishi axmoniylar istelosi o’rinini egalladi U Axmoniylar davlatini tor-mor etib, O’rta Osiyo erlarining ko’pgina qismini qattiq janglardan so’ng bo’ysundirishga erishdi. Xorazm, Farg’ona va Sirdaryo bo’yidagi ko’chmanchi qabilalar esa o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Aleksandr Makedonskiy bosib olgan erlarida hamma xalqlarni birlashtirishga harakat qildi. Shu maqsadda , u o’z atrofiga greklar bilan birga mahalliy Sharq zodagonlarini, boylarni ham jalb eta boshladi. Aralash nikohlarni ma’qulladi. O’zi ham shunga amal qilib, Baqtriya malikasi Roksanaga (Rakshonaga) uylandi.Undan o’g’il ko’rib uni ismini ham Iskandar deb nomlab Markaziy Osiyo erlari hukmdori etib tayinladi. Lekin Iskandarning hukmronligi uzoqqa bormadi, uning vafotidan(.a.323) keyin Markaziy Osiyo erlari boshqaruvini grek-makedon otliq jangchilar qumondonlari va ularning vorislari qo’liga o’tdi. Uning imperiyasi parchalanib, o’rnida qator davlatlar yuzaga keldi. Makedonskiy imperiyasining Sharqiy qismini uzoq vaqt uning sarkardalari idora qildi.
Salavkiylar davlati Aleksandr Makedonskiyning vafotidan keyin uning saltanati boshqaruvini uning safdoshi va grek-makedon otliq jangchilar qumondoni Perdikki o’z ko’liga oldi. Lekin uning O’rta Osiyodagi hukmronligi ham uzoqqa bormadi. Miloddan avvalgi 321 yili Perdikkining yaqiin yordamchisi Selevk mamlakatdagi notinchlikdan foydalanib hokimiyatni qo’lga oldi va Selevkiylar davlatiga asos soldi.
Bobilni meros sifatida olib, tezda o’z erlarini kengaytirishga tushadi. Bu davlat tarixga salavkiylar davlati nomi bilan kirib, deyarli 70 yil mobaynida O’zbekiston hududi shu davlat tarkibida mavjud bo’ladi. Miloddan avvalgi 312 yilda tashkil topgan bu davlat miloddan avvalgi 250 yilgacha Yaqin va O’rta Sharqda katta davlat sifatida o’z tasirini o’tkazib keladi.
Markaziy Osiyo madaniyati va san’ati va madaniyat rivojlanishining yangi bosqichi Aleksandr Makedonskiyni istelolardan keyingi davrdan boshlandi. Sharq va G’arbning bog’lovchisi Buyuk Ipak yo’lining tuguni bo’lgan bu yo’l avvalgi davrlarga nisbatan faol katalizator vazifasini o’ta boshladi. Uning Shimoliy G’arbiy va Shimoliy Sharqiy hududlari bilan aloqasi ham yangi mazmun va yo’nalish kashf eta bordi. Ayniqsa Urol atrofi, Oltoy va Sibir erlari bilan bo’lgan munosabatlarda tasir etish va tasirlanish jarayoni sezilarli bo’ldi. Salavkiylar davrida Markaziy Osiyo erlariga Yunon (yellin) madaniyati tezkorlik bilan kirib kela boshlaydi. Hukmdorlar shu erda o’zlarini mavqlarini mustaxkamlab olishga harakat qilib, ko’plab Yunonistonlik san’atkorlarni ishga taklif qiladilar, turli erlarda yangi shaharlar barpo etadilar, mahalliy din va urf-odatlariga tegmaganlari xolda Yunon madaniyatining tarkalishiga etibor beradilar. Salavkiylar tijorat, savdo - sotiq ishlariga e’tibor berishlari bu erda xunarmandchilik, dexqonchilik ishlarini jonlanishiga, qurilish ishlariga sezilarli ishlar amalga oshishiga imkon beradi. Muomalaga pul kiritildi.
Me’morchilik madaniyati va san’atida avvalgidek asosan xom g’isht asosiy qurilish materiali sifatida ishlatilsa ham, shu bilan birga qumtosh, marmar va pishiq g’isht ishlatila boshlandi, devor pardoziga mahsus qorishmalar, alebastrli qoplamalar kirib kela boshladi. Ayniqsa grek me’morchilik madaniyati va san’ati ta’sirida qurilgan saroylar, gimnasiya, ibodatxonalar me’morchilik jarayonida muhim bo’ldi. Lekin bu davrga xos me’morchilik yodgorliklari kam o’rganilgan.Bu davr yodgorligi shimoliy Afgoniston hududidagi Oy xonum yodgorligi shu davr memorligi o’zgarishlaridan dalolat beradi.Uning qurilishi uslubi antik san’at an’analari asosida ishlangan pollari mazaika bilan pardozlangan. Kapitel va ustunlar ham uning ko’rinishiga alohida fayz baxsh etgan Tasviriy san’at bu davrda o’z rivojini davom ettirdi, saroy va zodagonlarning uylari rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatildi, mahobatli haykaltaroshlik va mayda plastika madaniyati va san’atida asarlar yaratildi. Marmarda haykallar, fil suyagida ritonlar ishlandii. Bu davrda quyish madaniyati va san’ati rivojlandi. Bu san’at rivoji numizmatika-tangalar zarblash sanatida yaqqol bilinadi. Markaziy Osiyo erlariga bo’rtma tasvirli tangalarning kirib kelishi Salavkiylar sulolasi nomi bilan bog’liq . Bunday uslubda tanlangan chiqarish Yunon mamlakatida keng rivoj topgan bo’lib uni O’rta Osiyo madaniy- iqtisodiy hayotiga kirib kelish muhim voqia edi. O’rta Osiyoda pullar zarb etish maqsadida o’lkaga Yunon ustalarining keng qo’lamda jalb etilishi «O’rta Osiyocha» mo’jaz portret madaniyati va san’atining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bu erda ishlangan shunday portretlar davr hukmronligining na faqat tashqi ko’rininshiga balki fe’l atvorini ham o’z haqqoniy tasvirlanishi bilan Yunonistonda yaratilgan tanga yuzasiga ishlangan bo’rtma tasvirlardan o’tib ketdi.
Yunon (Grek) Baqtriya davlati. Salavkiylar davrida isloxatlar o’tkazilib, avval mavjud bo’lgan satrapliklar mayda qismlarga ajratilib, bu qismlar eparxiya, uning bo’laklari giparxiya va nixoyat giparxiya bo’laklari stasmoslariga ajratilib, har bir bo’limga boshliqlar - hokimlar belgilangan edi. Shunday eparxiya hokimi Diodot 1 Soter Salavkiylar kurashi va ziddiyatlaridan foydalanib, u o’zini Baqtriya erlarining podshohsi deb elon qilgan. Miloddan avvalgi taxminan 250- yillardan boshlab bu davlat Yunon (Grek) Baqtriya deb yuritila boshlangan. Uning hududi So’g’diyona, Margiyayona(Turkmanistonning janubiy Sharqiy tomonlari), Farg’ona va Chochning bir qismini o’z ichiga olgan. Bu davlat deyarli 100 yildan ortiq vaqt mobaynida mavjud bo’lib, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida sezilarli iz qoldirgan. Grek - Baqtriya podisholigi davrida Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida me’morchilik komplekslari yuzaga keladi, shaharsozlik yangi davrini boshidan kechirdi. Me’morlikda yangi g’oyalar rivojlandi, yangi yangi shaharlar barpo etildi. Shulardan biri Dimetriy asos solgan Termiz ( Demet-Termet o’zgarishida) shahri rivojlandi. Bu davrda ayniqsa ellin madaniyati va san’ati ta’siri sezilarli darajadi bo’ldi. O’lkada ko’plab binolar qad ko’taradi. Bino qurishda ellin memoriy uslublari ishlatilgan. Jumladan ustun, kapitel ishlatilgan, pollarga mazaika yotqazilgan, ustunlar ko’p xollarda kapitellar bilan tugallangan. Grek-Baqtriya erlarida mavjud shaharlar kengaytirildi, odamlar yashaydigan katta bo’lmagan aholi punktlari shaharga aylantirildi. Yangi shaharlar aniq to’rtburchak yoki kvadrat shaklida qurilib, atrofi qalin devor bilan o’rab chiqildi, to’rtburchaksimon minoralar bunyod etnldi. Qurilgan binolarda serjilo korinf orderi keng qo’llanildi. Gretsiya madaniyati va san’ati ta’siri shu davrda zarb etilgan tangalarda va ularga ishlangan bo’rtma tasvirlarda ham seziladi. Tangalarning old tomonida hukmdor (podishoh) xomiysi bo’lgan mobuda tasviri va yozuv mavjud, tanganing orqa tomonida esa hukmdorning aylana ichidagi bo’rtma tasviri yon tomonidan ishlangan. Shuni takidlash kerakki bu tangalar yuzasidagi bo’rtma tasvirlar uslubi jihatidan Yunon klassik madaniyati va san’ati an’analarida , eng avvalo Fidiy, Praksitel, Lissip ijodiga xos uslubda bajarilgan, jumladan Fidiyning Olimpdagi Zevs haykaliga taxlid qilish sezilarli Podisho bo’rtma tasvirlari real va haykaltarosh tasvirlanuvchi faqat o’xshatib qolmasdan balki uning harakterining ham ochishga intilganligi bilinadi. Demetriy tasviri tushirilgan tangada Dimitriy harakteri va mavqi fil shakli bor bo’lgan bosh kiyimda tasvirlangan. Bu belgi podishoni Xindistoning zab etganligi va uning hukmdorligiga ishora hisoblangan.
Dmitriy portreti shu davr realistik portreti madaniyati va san’atining nodir yodgorligi hisoblanadi. haykaltarosh bu portretda tasvirlanuvchining o’ziga xos individual qiyofasi va harakterini ifodali aks ettira olishi bilan kishini xayratlantiradi. Shu davrda ishlangan evkratid bo’rtma tasvirda kuchli, irodali shaxs qiyofasi gavdalanadi. Aksinicha Gelioil portretida padarkushlik bilan taxtni egallagan hokimning majruh dunyosi yuz muskullari , dumoloq va ma’nosiz boqishida bilinadi. Amaliy san’atda ham Gretsiya madaniyati va san’atiga taqlid qilish yoki Gretsiya madaniyati va san’ati namunalaridan foydalanish keng avj oldi. Mahalliy ustalar grek kulolchilik formalaridan o’z ijodlarida keng foydalandilar.
Sharq va G’arbning yaqinlashuvini Grek-Baqtriya boshlab beradi, Parfiya davlati va madaniyati va san’atida rivoj topadi. Ellinistik davr O’zbekiston madaniyati va san’atida mahobatli haykallar ham ishlanganligi ma’lum. Bu haykallarda mahalliy va Yunon madaniyati va san’ati an’analari uyg’unlashib ketgan. Artemida bu erda Anaxit simosida mujasamlashdi. Uning oltindan ishlangan haykallarining boshida nur sochib turgan toji bo’lgan, Bunday haykal Baqteriyaning bosh ibodatxonasida o’rnatilgan. Bunday nur taratib turgan toj Demitriy tamgasining orqa tomonidagi haykallarida ham ishlatiladi.
Xorazm davlati. Eramizdan avvalgi VI-IV asr me’morligi namunalarining ilk namunasi Xorazmdagi Kallali qir saroy qoldiqlaridir. Saroyning asosiy qismi kvadratga yaqin bo’lib (75X80 m) unga Sharq va janubdan hovlilar tutashgan. Shu hovlilarning so’nggisida binoga kirish uchun mo’ljallangan asosiy darvoza bo’lgan. Saroy xonalari esa, odatda, ichki ikki hovli atrofida joylashgan. Saroy tomlari tekis qilib yopilgan. Ustunlar uzun to’sinlarga mustaxkamlik bergan va tayanch vazifasini o’tagan. Bino ustunlari tepaga kichrayib boruvchi to’rtburchak va aylanalardan tashkil topgan tagkursiga o’rnatilgan bo’lgan va ular toshlardan ishlangan. Ustunlar esa yog’ochdan ishlangan bo’lib, uning kapiteli burgut boshli grifonlar bilan bezatilgan Kallali qir saroy planirovkasi va ko’rinishi, ustunlarning harakteri bevosita Axmoniylar me’morligini eslatadi. IV asrlarga oid kulolchilik buyumlari shu davrning birmuncha mo’l faktik materialidir. O’rta Osiyo erlaridan topilgan ko’pgina sopol buyumlar kulolchilik dastgohlarida ishlangan, maxsus pechlarda pishirilgan. Ular shu asrlarda kulolchilik xunarmandchiligi yuksak bo’lganligidan dalolat beradi. Bular ichida geometrik naqshlar solinib bezatilgan idishlar, ayniqsa diqqatga sazovordir.
O’rta Osiyoning ellinistik dunyoga tortilishi uning madaniyati va san’ati va madaniyatida jiddiy o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu o’zgarishlar me’morlik, amaliy va tasviriy san’at mazmuni va harakterida namoyon bo’la boshladi. O’rta Osiyoning ellinistik davrdagi me’morligi harakteri uning janubiy rayonlarida seziladi. Bu davrda qurilgan binolar harakterida Axmoniylar davri me’morligi uslublari bilan birga, grek madaniyati va san’ati an’analari mavjud. Ayniqsa, binolarning dekorativ bezalishida shu o’ziga xoslnk ko’zga tashlanadi. Ustunlari grek klassik formasida ishlangan bo’lib, korinf kapitellari toshdan ishlangan tosh ustun va bazadan tashkil topgan. Saroy xonalari plyastrlar bilan bezatilgan. Saroy uchun bezak sifatida sher niqob, tomni bezab turuvchi palmetkali antisfinkslar ishlatilishi ham harakterlidir. Lekin saroyni qurishda mahalliy material - xom g’isht, paxsa ishlatilgan, tomlari tekis qilib yopilgan.
Gyaur qala saroyi qoldiqlari diqqatga sazovor. Bino an’anaviy O’rta Osiyo uslubi - paxsadan qurish prinsipiga asoslangan bo’lib, devor yuzasi ganch bilan suvalgan. Asosiy xonalar, ayniqsa, qabul-xona nihoyatda serhasham bo’lib, u devoriy suratlar bilan bezatilgan, haykaltaroshlik asarlari ham xona fayzini oshirishga xizmat qilgan. Parcha va bo’laklarda etib kelgan surat va haykaltaroshlik namunalari qoldiqlari shu davr madaniyati va san’ati realizmi haqida gapirish imkoniyatini beradi. Ishlangan haykallarda tasvirlanuvchinnng etnik tipi, yoshi, harakterini ochishga intilish seziladi. Shu xususda, qal’a xonalarining biridan topilgan .
O’rta Osiyoda nodir yodgorliklardan biri Tuproq qala hisoblanadi. 12 m balandlikka ega bo’lgan sun’iy tepalik ustiga qurilgan bu qal’a to’rtburchak shaklida bo’lib, 500X350 m maydonni egallaydi. Maydon atrofi mustaxkam devor bilan o’rab chiqilgan. Qal’aning shnmoli-G’arbidagi burchak tomonda Xorazm shohlarining saroylari joylashgan. Saroyning mahobatli uch minorasi esa butun qal’a ko’rinishiga mustaxkamlik baxsh etgan, uning jiddiy bo’lib ko’rinishini ta’minlagan. Tuproqqal’a xonalari bir xil emas. Tor yo’lakchalar egri ravoqlar bilan yopilgan, aksincha, katta xonalar nur-quduqlarga ega bo’lgan, mustaxkam ustunlar esa xona kengligini oshirish uchun, uzun to’sinlarga mustaxkamlik berish yoki ularni o’zaytirish uchun ishlatilgan. Saroy xonalari haykaltaroshlik va rangtasvir bilan bezatilgan. Qabulxona (mexmonxona) serbezak bo’lgan. Devoriy surat va bo’rtma tasvirlar xonaning ko’rkam va go’zalligini oshirgan. Loydan yasalgan haykallar devor bo’ylab qilingan supachalarga o’rnatilgan. Supachalar jimjimador panjaralar bilan alohida seksiyalarga ajratilgan. Har bir seksiyada mustaqil haykaltaroshlik kompozitsiyasi bo’lgan. Bu haykallar qisman saqlanib qolgan. O’tirgan xolda tasvirlangan podshohlar (natural o’lchamdan ikki marta katta), yon tomondan turgan xolda tasvirlangan erkak, ayol va bolalarning haykali qo’yilgan. «Suvoriylar (jangchilar) zali» deb nomlangan xona devorida qoldirilgan tokchalarda podshohlar haykali qo’yilgan. Devor oldida esa qo’lida qurol ushlab turgan jangchilar haykali bo’lgan. «Јayiqlar zali» deb nomlangan xonada o’simliklar, pastroq tomonda natural kattalikda kiyiklarning bo’rtma tasviri - barelefi ishlangan. Tuproqqal’adagi kichik xonalar faqat devoriy suratlar bilan bezatilgan. Shunday xonalardan birining devoriga ishlangan arfa chaluvchi qiz surati bizgacha birmuncha yaxshi saqlangan.
Miloddan avalgi VI asrdan dastlab Ahamoniylar, so’ng Iskandar Zulkarnayn va uning vorislari davrida Markaziy Osiyo xalq va elatlarining o’ziga xalq va elatlar bilan aloqasi ko’chaydi. Buyuk Ipak yo’li ustida joylashgan O’rta Osiyo hududida yanada chuqurroq aloqalar doirasiga tortildi. Savdo sotiqning ko’chayishi mol ayriboshlashga turli tasviriy va amaliy san’at buyumlari va ular orqali ayrim urf-odatlari kirib kelishiga sabab bo’ldi. Odamlarning yashash tarzi va fikr yuritishi, estetik qarashlariga tasir etabordi. Jumladan shu davrdan xudolarga atab haykal ishlash odati Markaziy Osiyo erlarida, ayniqsa uning janubiy tomonlarida keng yoyildi. Malumki shu davrgacha olimlar etirofiga ko’ra, bu erlarda xudolarni odam shaklida tasvirlash odati bo’lmagan. Shuningdek axmoniylar davrida Markaziy Osiyo erlarida memorlik madaniyati va san’ati tizimida ham qator o’zgarishlar sodir bo’lgan. Plyastr, kapitel, ustun, taglik (baza) va boshqa bir qator me’morchilik shakllari axmoniylar davri Markaziy Osiyoda mavjud bo’lgan satrapliklarda, ularning markazilari va bosqinchilar xomiyligida dabdabali hayot kechirayotgan mahallii boy-zadogonlarning qo’rg’on va saroylarida o’z ifodasini topgan. Binolarni rejalashtirib kurish, uni haykal va haykalchalar bilan bezash odati yoyila boshlagan. Bunday o’xshashlik amaliy san’at buyumlarida, me’morlik badiiy bezaklarida ayniqsa keng o’rinni egallaydi. Shu pullar yuzasiga podshohlar qiyofasining yon tomonidan ko’rinishi bo’rtma tasvirlari tushirilgan
Share with your friends: |