1. Suv olish uchun zarur bo'lgan kichik naporni hosil qiladigan to'g'on


KGES suv omborlaridagi to’g’onlar



Download 1.66 Mb.
Page2/2
Date18.04.2024
Size1.66 Mb.
#64060
1   2
3.3 va 3.4
3.4. KGES suv omborlaridagi to’g’onlar.
KGESdan talab etiladigan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun unga yetarli hajmda, lekin vaqt bo’yicha bir me’yorda bo'lmagan suv miqdorini yetkazib berish zarur. Lekin suv manbalaridagi oqim miqdori bu talabga javob berolmaydi. Chunki ulardagi suv sarfining o ’zgarishi zarur miqdordagi elektr energiyasini zarur paytda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. Shu sababli manbalarning suv oqimini sun’iy ravishda rostlash, ya’ni suv yo’lini to’g’onlar bilan to'sib omborlarda yetarli miqdorda suv zahiralarini yaralish kerak bo’ladi.
To’g’onlar KGESIar tarkibidagi muhim inshootlardan biri hisoblanadi. Chunki u tufayligina ishlab chiqariladigan elektr energiyasi uchun zarur bo’lgan suv sarfi Q va napor N hosil qilinadi. To’g'onlarning quyidagi turlari mavjud:
1. To’g'onni qurishda qo’llanilgan qurilish materiali turi bo’yicha: a) tuproq to ’g ’onlar; b) tosh - tuproq to ’g ’onlar: v) tosh to ’g ’onlar; g) beton to'g'onlar: d) temir beton to ’g ’onlar.
2. Tuzilishi (konstruksiyasi) bo'yicha: a) gravitatsion to'g'onlar; b) arkali to'g'onlar; v) kontrforsli to'g'onlar.
3. Suv oqimini o'tkazish bo'yicha:
a) suv o'tkazmaydigan to'g'onlar - bunday to'g'onlar bilan jihozlangan suv omborlaridan suv olish maxsus suv oluvchi inshootlar orqali derivatsiya usulida am alga oshirilishi mumkin;
b) suv o'tkazuvchi to'g'onlar - bunday to'g'onlarning tana qismida yoki nov shaklida energetik niaqsadlarda, irrigatsiya ehtiyojlari uchun yoki ortiqcha suvlarni tashlovchi inshootlar quriladi.
To'g'on qurilishi uchun joyni tanlash juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Buning uchun bir qancha variantlar ko'rib chiqiladi. Kerakli texnik - iqtisodiy hisoblar bajariladi va eng maqbul variant tanlab olinadi. To'g'on joyini tanlashda quyidagi asosiy talablar hisobga olinadi:
a) belgilangan suv hajmini sig'dirish imkoniyati;
b) suv ombori hamda to'g'on tubi va qirg'oqlarining muhandislik - geologik sharoiti mahkamlik, suv o'tkazmaslik talablariga javob berishi; g) to'g'on imkoni boricha mahalliy materiallardan bunyod etilishi. To'g'on tubining mahkamligi, tarkibi va suv o'tkazmasligi xavfsizlik masalalariga to'liq javob berishi lozim. Agar to'g'on tubidan suvning sizib o'tishi me’yordan ortiq bo'lsa quyidagi salbiy oqibatlar kelib chiqadi:
• suvning k o'p isrof bo'Iishi;
• to'g'on tubiga pastdan sizib o'tayotgan suvning gidrostatik bosimi ta’siri natijasida mahkamlikning buzilishi;
• mexanik suffoziya (tuproq zarrachalarining yuvilishi) va ximik suffoziya (tuproqdagi tuzlarning yuvilishi)ning yuzaga kelishi natijasida to'g'on mahkamligining buzilishi;
• to'g'on asosining cho'kishi va egilishi.
Yuqorida keltiriIgan salbiy oqibatlarning bo'lmasligi uchun suv filtratsiyasini kamaytirish bo'yicha texnik tadbirlar amalga oshiriladi. Tuproq to'g'onlar Respublikamiz sharoitida eng ko'p qurilgan to'g'on turi - tuproq to'g'onlardir. Tuproq to'g'onlar qurilishga yaqin bo'lgan joylardan qazib olingan tuproqni yotqizib ko'tarish vo'li bilan barpo etiladi. Tuproq to'g'onlar uzunligining balandligiga nisbati 8:1 dan 10:1 gacha bo'ladi. Tuproq to'g'onlar mahalliy materiallardan qayta ishlovsiz quriganligi uchun boshqa to‘g‘onlarga qaraganda ancha arzon va qurish murakkab emas. Tuproq to'g'onlarning quvidagi turlari mavjud (3.29 - rasm):
a) bir xil turdagi tuproqdan qurilgan to‘g‘on;
b) har xil turli tuproqdan qurilgan to‘g‘on;
v) kam suv o'tkazadigan ekran o'rnatilgan to'g'on;
g) kam suv o'tkazadigan yadro o'rnatilgan to'g'on;
d) suv o'tkazmaydigan qoplama bilan jihozlangan to'g'o n ;
c) diafragmali to'g'on .

a - bir xil tuproqdan qurilgan to'g'o n; b - har xil tuproqdan qurilgan to'g'on ; v - kam suv o'tkazadigan ekran o'rnatilgan to'g'on; g - kam suv o'tkazadigan yadro o'rnatilgan to'g'on ; d - suv o'tkazmaydigan qoplama bilan jihozlangan to'g'on; e - diafragmali to'g'on. 1 - suv ombori; 2- to'g'on ; 3 - berma; 4 - drenaj prizmalari, 5 - qoplama, 6 - suvning sizib o'tishining oldini oladigan konstruksiya, 7 - tuproq; 8 - suv o'tkazuvchanligi kamroq tuproq.
To'g'on qurilishi yaqinida past suv sizish koeffitsientiga ega bo'lgan tuproq zahiralari yetarli bo'lsa bir xil turdagi tuproqdan foydalaniladi (3.29 - rasm. a). Agar shunday tuproq zahiralari yetarli bo'lmasa, unda to'g'onning oldi qiyaligiga suv o'tkazuvchanligi kam bo'lgan tuproq yotqiziladi, keyin qolgan turdagi tuproqlardan foydalaniladi va bunday to'g'on bar xil tuproqli to'g'on deb ataladi (3.29 - rasm. b). To'g'on qurilishi yaqinida past suv sizish koeffitsientiga ega bo'lgan tuproq zahiralari bo'lmasa, unda albatta suv deyarli sizib o’tmaydigan ekran o'rnatiladi (3.29 - rasm, v). Ekran materiali sifatida ko'p hollarda kam suv o'tkazadigan gil tuprog'idan foydalaniladi. Ba'zi hollarda boshqa materiallar - beton, temirbeton, asfaltbeton, plastbeton, polietilen plenkasi bo'lishi mumkin. Ekran aralash materiallardan masalan 25 % gil, 35 % qum va shag'al, 40 % qumoq tuproqlardan ham tayyorlanishi mumkin. Ekranning yuqori qismi qalinligi 0,8 metrdan, pastki qismi qalinligi esa suv chuqurligining 10 % idan kam bo'lmasligi kerak. To'g'ondan sizib o'tadigan suv filtratsiyasini kamaytirish uchun uning markaziy qismiga yadro ham o'rnatilishi mumkin (3.29 - rasm, g). Yadro uchun ham ekrandagi kabi materiallar ishlatiladi. Yadroning yuqori sathi suv ombordagi maksimal suv sathidan 0.5...0.7 metr yuqori, to'g'onning yuqori sathidan muzlamaydigan darajada pastda joylashishi kerak. Agar to'g'on materialining filtratsiya koeffitsienti katta bo'lsa, uning oldi qismida suv sizishining oldini olish uchun maxsus qoplama yotqiziladi (3.29 - rasm, d). Qoplama temir beton plitalardan, monolit betondan, sintetik plenkalardan bo'lishi mumkin. Suv sizishining oldini olish uchun to'g'onlarga ularning markazida joylashgan diafragmalar (vertikal devorlar) ham o'rnatilishi mumkin (3.29 - rasm, e). Diafragmalar temirbeton plitalardan, monolit betondan, metalldan va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Tuproq to'g'onlar tanasidan sizib chiqayotgan (bunday to'g'onlarda ozgina miqdorda suvning sizib chiqishi tabiiy holat) suvni drenajga chiqarib tashlash va suv sathining yuqori ko'tarilmasligini ta'minlash uchun maxsus konstruksiyalar qo'llaniladi va ularning eng ko'p tarqalgani drenaj prizmalari deb ataladi. Prizmaning yuqori qismi sathi quyi b'efdagi suv sathidan yuqorida joylashadi va uning balandligi 0.2 Ntog’ gacha bo'ladi, Ntog’ - t o'g'on balandligi. Misol sifatida tuproq to'g'onlardan biri - Pachkamar suv omboridagi to'g'onni keltirish mumkin (3.30 - rasm). Mazkur to'g'on balandligi 71 metr, uzunligi 573 metrni tashkil etadi. Unga 3 mln m3 dan ortiq tuproq ishlatilgan. Suvning sizishini kamaytirish uchun to'g'onda qumoq tuproqdan iborat yadro o'rnatilgan.

Tosh - tuproq to'g’onlarda tuproq biIan bir qatorda har xil o'lchamdagi tosh, shag'al materiallaridan ham foydalaniladi. Toshshag'alning suv o'tkazuvchanligi katta bo'lganligi uchun to'g'onning old qismiga tuproq to'g'onlardagidek suv sizishiga qarshi konstruksiyalar o'rnatiladi. 3.31 - rasmda tosh va tuproqdan qurilgan Xisorak suv omborining to'g'oni keltirilgan. Mazkur to'g'on balandligi 138.5 metr, uzunligi 660 metrni tashkil etadi. unga 2.75 mln m3 dan ortiq tuproq ishlatilgan. Suvning sizishini kamaytirish uchun to'g'onda qumoq tuproqdan iborat yadro o'rnatilgan.

Tosh to'g'onlar har xil o'lchamdagi toshlarni yotqizish orqali quriladi, shu sababli ularning suv o‘tkazuvchanligi katta bo'ladi, buning oldini olish uchun suv o'tkazmaydigan konstruksiyalardan (ekran, yadro va boshqalar) albatta foydalaniladi. Shunday to'g'onlardan biri Chorvoq suv omborining tosh yotqiziqlaridan iborat to'g'oni hisoblanadi (3.32 - rasm). To'g'onning balandligi 168 metr, uzunligi 770 metr bo'lib, uning markazida qumoq tuproq va qum - shag’alli yadro joylashgan. To'g'on qiyaligi ikki tomondan ham 1:2. Yadroning asosi 3,8x4.0 m, chuqurligi 10... 12 metr bo'lgan sement galereyadan iborat.



Beton (temirbeton) to'g'onlar. Tuzilishi (konstruksiyasi) bo'yicha turlarga bo'linadigan gravitatsion, arkali va kontrforsli to'g'onlarda beton yoki temirbeton materiallari ishlatiladi. Gravitatsion to'g'onlar katta massaga ega bo'lib, monolit betondan quriladi (3.33 - rasm, a). Mazkur to'g'onlar suv o'tkazmaydigan ham va suv tushar novga ham ega bo'lishi mumkin. Gravitatsion to'g'onlarga misol sifatida balandliklari 113 metr bo'lgan Qurpsoy va 75 metr bo'lgan Toshko'mir to'g'onlarini keltirish mumkin (3.34 - rasm). Arkali to'g'onlar yoysimon ravishda ikki tomondagi qoyalik qirg'oqlarga tayanadigan vertikal egik temir beton konstruksiyaga ega bo'lgan inshoot hisoblanadi (3.33 — rasm, b). Bu to'g'onlarda suv ombori tomondan beriladigan bosim to'g'onning qirg'oqlarga tayanadigan qismi tomonidan qabul qilinadi va shuning uchun bu qismlar mahkamligiga katta e'tibor beriladi (3.35 - rasm). Arkali to'g'onlarning balandligi 300 metrgacha yetishi mumkin, lekin ularda gravitatsion to'g'onlarga nisbatan beton hajmi kam bo'ladi.

a) gravitatsion to'g'on ; b) arkali to'g'on ; v) kontrfors to'g'on . 1 - suv ombori; 2 - to'g'on ; 3 - kontrforslar; 4 - mahkamlash balkalari.


a) AQShdagi Salmon Creek to'g'oni;
b) Rossiyadagi Sayano-Shushensk to'g'oni.
Kontrforsli to'g'onlar konstruksiyasi temirbeton qovurg'alar (kontrforslar)ga tayanadigan va suv bosimini qabul qiladigan temirbeton plitalardan iborat (3.33 — rasm, v). Kontrforslar bir biri bilan maxsus balkalar orqali mahkamlanadi. Kontrforsli to'g'onlar balandligi 110... 125 metrgacha borishi mumkin. 3.36 - rasmda Andijon suv omborining kontrforsli to'g'oni tasvirlangan. To'g'onning balandligi 121 metr uzunIigi 850 metr.

Download 1.66 Mb.

Share with your friends:
1   2




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page