1) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandida belgilangan tartibda to‘ldiriladi;
(38-bandning 1-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
3) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandida belgilangan 44-grafani to‘ldirish tartibiga muvofiq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
303 tartib raqami ostida ijaraga olingan tovarlar vaqtinchalik olib chiqilganda BYuDda ijara shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (raqami, tuzilgan sanasi va amal qilish muddati) ko‘rsatiladi;
4) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”.
Bojxona bojlari va soliqlar summasini hisoblab chiqishda “TU” (to‘lov usuli) grafasining beshinchi ustunida “UN” (bojxona to‘lovlarining shartli hisoblanishi) harfli kodi qo‘yiladi;
5) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandida belgilangan 50-grafani to‘ldirish tartibiga muvofiq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
grafada qo‘shimcha ravishda vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga qo‘yilgan tovarlar qaytarib olib kirilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan muddat quyidagi shaklda ko‘rsatiladi: “20____” “_____” “______________” gacha tovarlarni qaytarib olib kirish yoxud boshqa bojxona rejimiga o‘tkazish majburiyatini olaman”.
§-2. Avval vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib kirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
39. Avval vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib kirish reimport bojxona rejimiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuD grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 7-bobida belgilangan tartibda to‘ldiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
10-bob. Tovarlarni vaqtinchalik saqlash bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
40. Tovarlarni vaqtinchalik saqlash bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 21, 22, 23, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 46, 47, 49, 50, 54, “S”.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 21, 22, 23, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 47, 54 grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
42. BYuDning 44, 46, 49, 50 va “S” grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
Share with your friends: |