1) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada tovarlarni olib o‘tayotganshaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga belgilangan tartib asosida to‘ldiriladi;
(34-bandning 1-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
3) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandida belgilangan 44-grafani to‘ldirish tartibiga muvofiq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
303 tartib raqami ostida ijaraga olingan tovarlar vaqtinchalik olib kirilganda BYuDda ijara shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (raqami, tuzilgan sanasi va amal qilish muddati) ko‘rsatiladi;
4) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandida belgilangan 47-grafani to‘ldirish tartibiga muvofiq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
bojxona bojlari va soliqlar summasini hisoblab chiqishda “TU” (to‘lov usuli) grafasining beshinchi ustunida “UN” (bojxona to‘lovlarining shartli hisoblanishi) harfli kodi qo‘yiladi;
5) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandida belgilangan 50-grafani to‘ldirish tartibiga muvofiq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
grafada qo‘shimcha ravishda vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga qo‘yilgan tovarlar qaytarib olib chiqib ketilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan muddat quyidagi shaklda ko‘rsatiladi: “20____” “_____” “_______________” gacha tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish yoxud boshqa bojxona rejimiga o‘tkazish majburiyatini olaman”.
§-2. Avval vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib chiqib ketishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
35. Avval vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish reeksport bojxona rejimiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuD grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 6-bobida belgilangan tartibda to‘ldiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
9-bob. Tovarlarni vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirishda va ilgari vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib kirishda BYuDni to‘ldirish
§-1. Tovarlarni vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tovarlarni vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “S”.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 38, 40, 41, 42, 43, 45, 46, 49, 54, “S” grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. BYuDning 9, 44, 47 va 50-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Share with your friends: |