1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”. Grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi — “IM”.
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida erkin bojxona zonasi bojxona rejimining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi — “71”.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-bandning 1-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
2) 43-grafa. Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
“0” — agar 8-grafada ko‘rsatilgan yukni qabul qiluvchi tomonidan o‘z ehtiyoji uchun mo‘ljallanmagan tovar deklaratsiyalanayotgan bo‘lsa;
“1” — agar 8-grafada ko‘rsatilgan yukni qabul qiluvchi tomonidan o‘z ehtiyoji uchun mo‘ljallangan tovar deklaratsiyalanayotgan bo‘lsa.
§-3. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishda BYuDni to‘ldirish
52. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
chet el tovarlarini olib chiqish — reeksport bojxona rejimida, mazkur Yo‘riqnomaning 6-bobiga muvofiq to‘ldirilgan BYuDni taqdim etgan holda;
O‘zbekiston tovarlarni olib chiqish — eksport bojxona rejimida, mazkur Yo‘riqnomaning 4-bobiga muvofiq to‘ldirilgan BYuDni taqdim etgan holda.
§-4. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda BYuDni to‘ldirish
53. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan O‘zbekiston tovarlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga o‘zgarmagan holda olib kirish reimport bojxona rejimida, mazkur Yo‘riqnomaning 7-bobiga muvofiq to‘ldirilgan BYuDni taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
54. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlarini o‘zgarmagan holda hamda erkin bojxona zonasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish deklarant tomonidan tanlangan bojxona rejimida, mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq to‘ldirilgan BYuDni taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
55. Avval erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda BYuDning 2, 15, 15a-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: