8 dekabr - Konstitutsiya kuni
Mamlakatimizda qonun ustuvorligi davlatimiz siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oliy Kengash tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. Konstitutsiya 6 bo‘limdan, 26 bobdan va 128 ta moddadan iborat. Ushbu bayran butun O‘zbekistonda keng nishonlanadi.
16-oktyabr — Fransiyada Kitob mutolaa qilish kuni Le Temps des livres(fransuzcha –kitoblar vaqti) juda ham noyob kamdan kam uchraydigan qiziqarli bayramdir. Hech qaysi davlat bunday bayramni yuqori darajada ya’ni, adabiyotga hamda kitobga bunday e’tibor bilan Fransiyaga o’xshab nishonlamagan. 1989-yilda birinchi bor o’qish kuni-Fransiyaning Madaniyat vazirligi tashabbusi hamda fransuzlar jamaotchiligi tomonidan kutib olingan. Ushbu bayram yillik kundalik solnomaga bayram sifatida kiritilgan, hozirgi kunda ham bayram sifatida ikkinchi yarim oylikda nishonlanadi. Uch kunlik bayram dasturi doirasida turli xil shoir yozuvchilar bilan uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferinsiyalar, kitob ko’rgazmalari, yangi kitoblar taqdimoti bo’lib o’tadi. Bayram kuni barcha bir-biriga kitob sovg’a qiladilar, kutubxonalarni kitoblar bilan boyitishadi, mashhur yozuvchilar turli xil ijodiy uchrashuvlar olib boradilar, yangi ijod namunalari bilan mehmonlarni tanishtirishadi. 9-noyabr Fransiyada Shokolad yarmarkasi kuni Shirin hayotni ko’rishni hoxlasangiz unda Lion shahriga borishingizga to’g’ri keladi. Bu yerda 9-11-noyabr kunlari Salon du Chokolat yarmarkasi bo’lib o’tadi. Birinchi shokolad yarmarkasi Lion shahrida o’tgan yili bo’lib o’tgan va katta muvaffaqiyatga erishgan. Bularni hisobga olgan tashkilotchilar shirinlikni xush ko’ruvchilarga sovg’a sifatida bayramni har yili o’tkazishga qaror qilishdi.Yarmarka qatnashchilari ichida Yevropaning 100 dan ortiq shokolad ustalari va ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bor. Yarmarka mehmonlari har kuni shef povar va konditerlarning tansiq noz-ne’matlarni tayyorlash jarayonlarini kuzatishlari mumkin. O’z ishining ustalari o’zlarining bilimlari, shirinlikni tayyorlash sirlari bilan o’rtoqlashadilar. Bundan tashqari, tadbir o’tkazilayotgan vaqtda pazandalik kurslari ishlab turadi va hamma xohlovchilar shokoladli shirinlikni tayyorlash usullarini o’rganishlari mumkin. Bolalar uchun alohida qandolatchilar xizmat qilishadi. Quvnoq o’yin formasida bolalarga shirinlikni tayyorlashga ijodiy yondashishni o’rgatadilar va bu haqiqiy san’at ekanligini tushuntiradilar. «Shokolad saloni” doirasida Chokolate Show fashion o’tkaziladi. Shokolad moda dunyosiga kirib bormoqda, modelerlar va pazandalarning birgalikdagi ijodi natijasida ajoyib shoh asar dunyoga kelmoqda. Shou faqatgina shirin bezaklar bilangina emas, asl illyuminasiyasi va yorqin mushaklari bilan ham esda qoladi.
XX asr kosmetologiya sohasida inqilobiy asr bo’ldi. Fransiya Parijda estetika va kosmetologiya qo’mitasi tashabbusi bilan Dunyo go’zaligi bayrami joriy etilib, bu kun har yili 30 mart kuni nishonlanadi. Ushbu qo’mitaning bosh qo’mitasi 1956 yil Parijda tashkil topgan bo’lib, shu kundan e'tiboran dunyo bo’ylab minglab shifokrolar ko’plab davlatlarda tashkil etilgan 33 ta bo’linmada shakllangan. 1995 yildan dunyoda eng chiroyli, estetik va yoqimli barcha narsa alohida olqishlangan. Shu sababli 30 mart kuni ko’plab shahar va mamlakatlarda go’zallik konkurslari o’tkazib kelinadi. Tarixda ilk go’zallik tanlovi 1888 yil martda Belgiyada o’tkazilgan, birinchi “ Go’zali” tanlovi esa 1951 yil aprel oyida Londonda o’tkazilgan.
Share with your friends: |