6 yanvar - Qirollar bayrami eng ta’sirli bayramlardan biri hisoblanadi. Bu kuni ehsonlar qilinadi va bayramni oilaviy yoki do‘stlar davrasida o‘tkazishadi. Fransuzlar bayram munosabati bilan bodomli tort (Galette des Rois) tayyorlashadi va tortning ustini qog‘ozdan yasalgan tilla toj bilan bezatishadi. Tortning ichiga kichkina o‘yinchoq toj (yoki boshqa chinni haykalcha) solib qo‘yishadi. Agar tojni kim topib olsa, o‘sha shu kechaning qiroli yoki qirolichasi hisoblanadi. Tort bir necha qismlarga bo‘linadi, odatda stol atrofida qancha kishi o‘tirgan bo‘lsa, shuncha bo‘laklarga va yana bir bo‘lak qo‘shimcha bo‘linadi. Bu qo‘shimcha bo‘lak “faqir odam bo‘lagi” deb ataladi. Bunday bo‘laklarni avvallari faqir odamlarga berishgan.