10- mavzu. Sanoat korxonalarining innovasion va investitsion faoliyati



Download 43.44 Kb.
Page2/10
Date28.05.2024
Size43.44 Kb.
#64331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
mavzu 10 SIM (4)(1)
Innovasiyaning 10 ta amri

  • Maqsadingizni ifodalang.

  • Jamoangizni ilhomlantiring.

  • Diqqatingizni xaridorga qarating.

  • Har kimga o‘xshamang.

  • Hamma narsani shubha g‘alviridan o‘tkazib ko‘ring.

  • Sinergiya* yarating.

  • Jarayonni yarating.

  • Har qanday xatarni oldindan ko‘ra biling.

  • O‘zgarishlarning yetakchisiga aylaning.

  • Tashabbuskor bo‘ling.

* Sinergiya bu foydali o‘zaro hamkorlik, uning samarasi har bir inson yakka holda qilgan harakatlari yig‘indisini olib qaraganimizda yanada ko‘proq hisoblanadi. “Sinergiya” so‘zi grek tilidan tarjima qilinganida aynan “hamkorlik, o‘zaro munosabat” ma'nolarini bildiradi.
Iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik taraqqiyot (ITT), ya’ni minimal xarajatlar qilib, ijtimoiy ehtiyojni qondirishning yangi manbalarini topishga yo’naltirilgan innovatsion jarayon hisoblanadi.
YAngilik to’g’risidagi g’oyaning paydo bo’lishi va yaratilishi hayotga tadbiq etilib keng tarqalishi, innovatsiya hayot davri deb ataladi. Olib boriladigan ishlarning izchilligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi innovatsiya jarayoni deb ataladi.
Innovasiyaning 3 bosqichi mavjud bo‘lib ular quyidagilar sanaladi:
1.Rivojlanish bosqichi (Mahsulot aholiga taqdim etiladi va uning analogi mavjud bo‘lmaydi).
2.Takomillashtirish bosqichi (Mahsulot aholiga manzur bo‘lgach uning ustida yana tadqiqotlar olib borilishi natijasida dastlabki vazifasidan ustunlik jihatlari ko‘proq bo‘ladi, odatda mahsulotni kompleklashtirish orqali sotuv amalga oshiriladi, ya'ni to‘ldiruvchi tovarlar soni ortadi. Telefon misolida olsak, quvvatlagich, quloqchin va h.k.lar).
3.Tubdan o‘zgartirish bosqichi (Mahsulot dastlabki ko‘rinishidan ham sifat ham nafliligi darajasiga ko‘ra ustunligi ancha yuqori bo‘ladi va ham innovasion mahsulotning davomi emas balki yangi mahsuli sifatida namoyon bo‘lib dastlabgi bosqichga tegishli bo‘ladi).
Innovasion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• innovasion rivojlantirishning huquqiy jihatdan tartibga solinishini ta'minlash;
• ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
• zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish;
• innovasion faoliyat sub'ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
• respublika, tarmoq va hududiy davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
• investisiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;
• davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
• kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
• xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Davlat innovasion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiradi:
• innovasion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish;
• normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
• innovasion faoliyat sub'ektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berish;
• respublika Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovasiyalarni yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish;
• innovasion faoliyatni moliyalashtirishga xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar mablag‘larini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;
• ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilg‘or texnologiyalarning davlat xaridlarini tashkil etish;
• innovasion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.
Mamlakatimizda o‘zining huquqiy asoslariga ega bo‘lib, keng quloch yozayotgan innovasion faoliyat quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:
- innovasion faoliyatning erkinligi; innovasion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan teng foydalanilishini ta'minlash;
- innovasion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvvatlashning oshkoraligi va aniq yo‘naltirilganligi;
- raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- axborotni erkin almashish; innovasion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish;
- fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik.

Download 43.44 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page