innovasion faoliyat sub'ektlarining o‘z mablag‘lari;
xalqaro grantlar, tijorat banklarining, shu jumladan chet el banklarining va xalqaro moliya institutlarining maqsadli kreditlari;
xususiy investorlarning, shu jumladan chet ellik xususiy investorlar va boshqa homiylarning mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari
Davlatning ta’sir etish usullari. Davlatning korxonalar innovatsion faoliyatiga ta’siri ikkita, ya’ni ma’muriy va iqtisodiy (bevosita va bilfond) usullari orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy usul - ma’lum faoliyat turini cheklash yoki uni rivojlantirishga karatilgan qonuniy asosga tayangan bo’ladi. Bu standartlash va patent siyosatini xuquqiy me’yorlashdir. Bular xammasi xo’jalik sub’ektlari faoliyatida yangiliklarga monopoliyani saqlab kolish va tovar ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari sifatini yaxshilash va turlarini ko’paytirishga qaratilgan bo’ladi.
Innovatsion faoliyatni tartibga solishning eng ta’sirchan usullaridan biri iqtisodiy usul xisoblanadi. Ushbu usul tovar mahsulotlarini ishlab chiqishda motivatsiya omiliga tayanadi.
Bevosita iqtisodiy usullar. Ularga kuyidagilar kiradi: moliyalashtirishga yo’naltirilgan investitsiya (maqsadli, predmetli mo’ljalga, muammo echimini topishga yo’naltirilgan); lizing; fond operatsiyalari; rejalashtirish va dasturlash; davlat tadbirkorligi.