10- mavzu. Sanoat korxonalarining innovasion va investitsion faoliyati



Download 43.44 Kb.
Page9/10
Date28.05.2024
Size43.44 Kb.
#64331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
mavzu 10 SIM (4)(1)
10.4. Investitsiya turlari
Iqtisodiy mazmuni jihatdan Investisiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga bo‘lgan huquqlarni aks ettiradi. Investisiya sifatida pul,qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligasiya, sertifikat,veksel'), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk bo‘lgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va boshqalar ishlatiladi. Investisiya loyihalariga mablag‘ qo‘yuvchilar — investorlar davlat, korxona, korxona, chet ellik fuqarolar,aholi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud:

  • davlat investisiyasi —davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi;

  • chet el Investisiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, korxonalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi;

  • xususiy Investisiya — xususiy, korporativ xo‘jalik va tashkilotlar, fukarolar mablag‘lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan qo‘yiladi.

Investisiya qo‘yilish shakliga qarab moliyaviy (portfel') investitsiyalar, real investitsiyalar (ishlab chiqarish), spekulyativ investitsiyalar va intellektual investisiyalarga bo‘linadi.

  • real yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar – foyda olish maqsadida ma’lum bir mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarishga, shuningdek ular bilan savdo qilishga qo‘yiladigan mablag‘lar. Qoida tariqasida, investitsiya loyihasining muhim davri, butun korxonaga yoki uning ulushiga egalik qilish, boshqaruv jarayonida ishtirok etish huquqini beradi;

  • moliyaviy yoki portfel investitsiyalar - investitsiya ob'ektini boshqarishga xalaqit bermagan holda dividendlar va shunga o'xshash boshqa daromadlar olish maqsadida qimmatli qog'ozlarni, masalan, korxona aksiyalarini sotib olish;

  • spekulyativ investitsiyalar – aktivlarga, ko'pincha qimmatli qog'ozlarga, narxlar ko'tarilganda ularni foydali sotish niyatida investitsiya qilish.

  • intellektual investitsiyalar – ilmiy tadqiqotlar, nou-xau, mutaxassislar tayyorlashni moliyalashtirish. Bunday faoliyat kamdan-kam hollarda belgilangan vaqtda ma'lum miqdordagi foydani va'da qiladi, ammo kelajakda ilmiy kashfiyotlar kiritilishi natijasida super foyda manbai bo'lishi mumkin.

Jahon tajribasida Investisiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablag‘lari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el Investisiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizasiya va xo‘jalik yuritish sub'ektlarining boshqa mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investision hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (lisenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va boshqalarga mablag‘ sarflash) ko‘rinishlari bor.
Investision hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi.
Investitsiyalarning qoplanish muddati (Ti) – investitsion loyihani amalga oshirishni boshlashdan to natijalarga erishishgacha bo’lgan minimal vaqt muddati. U quyidagi formula asosida aniqlanadi:
,
bu yerda
Is – sof investitsiyalar;
Pm – loyiha keltiruvchi o’rtacha yillik pul mablag’lari oqimi, so’m.
Shu bilan birga koplanish muddati loyihaning daromadliligi ko’rsatkichi hisoblanmaydi. Shu sababli amaliyotda investitsiyalar birlam­chi kapital (qo’yilma)ga nisbatan daromadlilik ko’rsatkichi orqali ko’rib chiqiladi hamda quyidagi formula asosida hisoblanadi:
,
bu yerda Du – investitsiyalar daromadi % da;
Mn – soliqlar to’langandan so’ng qolgan foyda, so’m;
K – investitsiyalar (boshlang’ich).
U yoki bu investitsion loyihani tanlash to’g’risida qaror qabul qilishda korxonalar quyidagi savollarga javob berishi lozim:

  • ishlab chiqarishdagi bugungi holat qancha davom etishi mumkin va bozorda mahsulotga (ish, xizmatga) bo’lgan talab qanday;

  • kapital kiritish uchun imkoniyatlar qanday;

  • raqobatchilik faoliyati qanday;

  • qanday muvaffaqiyat omillari mavjud;

  • yangi bozorga kirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud.

Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimiz zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovasion rivojlanish bosqichiga kirganligini e'tirof etilgan. “Innovasiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni... aynan innovasion g‘oyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovasion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo‘liga o‘tishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovasiyaga tayangan davlat yutadi.”
Innovasiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta'minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va rasionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.
Yangi iste'molchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni yetkazib berish – innovasiyaga misol bo‘la oladi.

Download 43.44 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page