2-amaliy mashg‘ulot 2-mavzu: O‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi



Download 54.04 Kb.
Page3/3
Date02.02.2023
Size54.04 Kb.
#60538
1   2   3
2-amliy mashg\'ulot
Psixologik xizmat asoslari amaliy topshiriq
Rus tilidan so‘zlar ikki yo‘l bilan o‘zlashdi:
1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, amaldorlarining mahalliy aholi bilan turli xildagi aloqalari tufayli og‘zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat (advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi.
2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), po‘shta (pochta), zovut (zavod), uez (uezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi.
Rus tili orqali kirgan so‘zlarning ba’zilari dunyodagi ko‘pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o‘zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so‘zlardir. Ular, odatda, internotsional (baynalminal) so‘zlar deb yuritiladi. O‘zbek tiliga o‘zlashgan internotsional so‘zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:
1. Rus tiliga: sud, samolyot, stol, stul, tok (elektr), ruchka.
2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, direktor, radio.
3. Yunon tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft, taktika, parallel .
4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.
5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.
6. Fransuz tiliga: roman, palto, serjant, bank kabi.
Ruscha-baynalmilal so‘zlar - o‘zbek tiliga rus tilidan va u orqali Yevropa tillaridan o‘zlashtirilgan leksemalar: gazeta, jurnal, avtobus, trolleybus, teatr, roman, syujet, geometriya, fizika, matematika, traktor, kombayn, raketa, avtomat, armiya va b.lar.
Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so‘zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san’at, savdo, sport, harbiy sohaga oiddir. Hozirgi Yevropa tillaridan so‘zlar bevosita aloqalar orqali o‘zlashmoqda. O‘zbek tilidan ham boshqa tillarga so‘zlar o‘tgan: o‘rik, anjir, somsa (ruscha: uryuk, injir, samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (o‘tli yuk) kabi so‘zlarning ham rus tiliga o‘zbek tilidan o‘tganligi isbotlangan. O‘zbek tilida ishlatilayotgan bekat so‘zi ham yevropa tillarida piket tarzida qo‘llanayotganligi fanga ma'lum. Hozirgi paytda o‘zbek milliy sport turlaridan bo‘lgan kurashning xalqaro miqyos darajasiga ko‘tarilishi munosabati bilan kurash, yonbosh, chala, halol kabi o‘zbekcha so‘zlar boshqa tillarda ham ishlatilyapti.
Download 54.04 Kb.

Share with your friends:
1   2   3




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page