Tadqiqot predmeti sifatida avvalo ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yo'li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko'paytirish masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o'sish muammosini aholining o'sishi bilan bog'lashga harakat qilingan. Avvalgi tadqiqotlarda aholi o'sishi o'z-o'zidan milliy xo'jalik rivojiga olib kelishi (va aksincha) masalasi qo'yilgan bo'lsa, bu olim muammoga o'ziga xos ravishda yondoshadi. Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan holda, iqtisodiy o'sish sur'atlari bilan aholi soni o'rtasida o'zaro aloqadorlikni ilmiy jihatdan isbotlashga o'rinining o'ziga xos yo'llari mavjuddir.
Aholi nufusi nazariyasi Maltus go'yoki tarixiy manbalarga asoslanib, insoniyatning nihoyatda tez o'sganligini isbotlashga urinadi. Bu o'sish tirikchilik vositalari, kamchiligi kasalliklar, urushlar, chaqaloqlarni o'ldirish, tug'ilishni ixtiyoriy tartibga solish yo'li bilan sekinlashtirilmaganda ahvol bundan ham yomon bo'lar ekan.
Tirikchilik vositalariga nisbatan doimo tezroq ko'payishga intilishi «aholining nufus qonuni»dir, bu qonun jamiyat paydo bo'lgandan buyon mavjud bo'lib, doim va kudratli harakatdadir. Aholining ortiqcha qismi zarurat tufayli ochlik, yalang'ochlik va qirilishga mahkum etilgan.
Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy va doimiy sababi, boshqarish tarzi yoki mulkning notekis taqsimlanishiga hech ham bog'liq emas; bu jarayon «tabiiy qonunlar va insoniy hirs» tabiatning nochorligi va insoniyatning favqulodda tez ko'payishi bilan bog'liqdir.
Maltus o'z fikrini «isbotlash» uchun «tuproq unumdorligining pasayib borishi» nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko'ra, erga sarflangan qo'shimcha kapital go'yoki mahsulotni proporsional tarzda ko'paytirishga imkon bermas emish, binobarin odamlar o'zlarini oziq-ovqat va boshqa tovarlarga bo'lgan ehtiyoj larini qondiradigan mahsulotlarni to'la hajmda etishtira olmaydilar. Shu tariqa mahsulotlarning etishmasligi tabiatning tabiiy- biologik qonunlari bilan izohlab beriladi. Bu «qonun»da jon bor albatta, masalan bir gektar er bilan dunyoni boqib bo'lmaydi, lekin ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli ko'pgina davlatlar erdan nihoyatda unumli foydalanib oziq-ovqat va boshqa muammolarni hal etmoqdalar. Demak, bu «qonun» ham nazariya, ham amaliyot tomonidan inkor qilinadi. Bunga «ko'k inqilob»ni misol keltirish mumkin.
Qiymat va daromad nazariyasi.
Maltus iqtisodiyotning bir qancha boshqa masalalari bo'yicha ham o'z fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, daromad, foyda va realizasiya bo'yicha g'oyalari diqqatga sazovordir. Maltus bu masalalarni hal etishda D.Rikardoning g'oyalariga qarshi chiqdi va bunda A.Smitdan foydalandi. Uningcha tovarning qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mehnat bilan aniqlanadi. Maltus g'oyasining «yangiligi» shu «qimmat o'lchovi»ni izohlashdir. Smitning fikricha, tovarni sotib olish uchun sarflangan mehnat, uni ishlab chiqarishga ketgan mehnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi mehnat miqdori uni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo'lib, bu ko'rsatkich tirik va jonsiz mehnat plyus avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi. Bunda qiymatning hosil bo'lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga ko'chiriladi, iste'mol qiymati esa almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboriladi.
J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o'ziga xos yo'l bilan talqin etdi. U ishchilarning ish haqini oshirish yo'lidagi iqtisodiy kurashi o'rinsizligini iqtisodiy jihatdan asoslamoqchi bo'ladi.
J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanma ishchining maoshi o'rtasidagi qarama- qarshilikni rad etib, er rentasini tanqid qilgan edi. U Rikardoning renta to'g'risidagi nazariyasini davom ettirib, er rentasining davlat tomonidan qo'shib olinishi, ya'ni haqiqatda erni milliylashtirish (nasionalizasiya) qilinishini talab qilib chiqdi (Sovet davrini eslang). J.Mill o'zining «Siyosiy iqtisod elementlari» (1821) asarida qiymatning mehnat nazariyasiga butunlay qarshi chiqdi va qiymatning manbai sifatida faqatgina jonli mehnatni emas, balki ishlab chiqarish vositalarida mavjud bo'lgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bu qisqacha xulosalarga asoslanib kapitalistlar va yollanma ishchilar o'rtasidagi ekspluatasiya inkor qilinib, ularni «teng tovar egalari» sifatida qabul qilishni taklif qildi, bu esa ularning har biri ishlab chiqarilgan mahsulotning o'ziga tegishli foyda ulushini olishining to'g'ri ekanligini isbotlashga asos bo'ldi. London dorilfununining siyosiy iqtisod professori Jon Ramsey Mak-Kullox (1789-1864) ham klassik maktabning so'nggi nomoyondalaridan hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» (1825) kitobida qiymatning mehnat nazariyasini rasman tan olsa ham, ammo ishchigina emas, shamol ham, bug' ham, koks ham, mashina ham mehnat qiladi, degan g'oyani ilgari surdi. Bunga aosolanib u foyda qiymatning jamg'arilgan mehnat yoki kapital «ishi» tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar kabi u ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da'vo qiladi. J.Mak-Kullox Maltusning «Aholi nufusi» qonunini to'la quvvatladi.
Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga intilgan bo'lsalar, XIX asrning 30-50 yillarida iqtisodchilar o'rtasida klassik maktabdan ochiqdan-ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo'ldi. Bu davrda sanoat to'ntarilishi nihoyasiga etdi, sinfiy differensiasiya amalga oshdi
Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste'mol qiymatlari» , qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha tovarlarda o'sishi mumkin emas degan qisqacha xulosalar chiqariladi, chunki qiymat nisbiy tushunchadir. Qiymat mehnat tufayli yuzaga kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta'kidlanadi.
Aholining iqtisodiyotdagi roli to'g'risida so'z yuritilib, Angliyada 1821 y. Keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalari ishlab chiqarish sur'atlari aholi o'sishidan yuqori bo'lmagan. Aholi sonini kamaytirish bo'yicha takliflar beriladi (ixtiyoriy tug'ulishni kamaytirish, ayollar emansipasiyasi). Bu masalada Mill Maltus bilan hamohangdir.
Kapital deganda «avvalgi mehnat bilan ilgari to'plangan mahsulotlar zahira» lari tushuniladi. Kapital jamg'arish investisiya uchun asos hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi (J.M.Keyns ta'limotiga qarang).
Renta to'g'risidagi fikrda, renta bu erdan foydalanganlik uchun to'lanadigan kompensasiya deb qaraladi. Shu bilan birga, er uchastkasidan foydalanish shakliga qarab. Bu renta mavjud .bo'ladi yoki foydani yo'q qiluvchi xarajat bo'lishi mumkin. Millning sosial islohoti huquqidan uch pazisiyani o'z ichiga oladi:
kooperativ ishlab chiqarish assosiasiyasi yordamida yollanma mehnatni tugatish;
er solig'i yordamida er rentasini ijtimoiylashtirish;
merosxo'rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini cheklash.
XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to'ntarishi katta ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta'limotini turlicha tanqid qiluvchi nazariy maktablarni shakillanishiga etarli zamin tayyorladi. Bu nazariy maktablar umuman klassik iqtisodiy
maktabga muholif bo'lib uch asosiy yo'nalishda: iqtisodiy romantizm, hayoliy sosiolizm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo'nalishida rivojlandi. Bularningasosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi chiqish bilan birga ulardan o'zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzilish modelini taklif qildilar.
Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish ustun bo'lgan sharoitda sanoat to'ntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatini nisbatan bergan iqtisodchilarni paydo bo'lishi tabiiy bir hoi edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazaryotchilar klassik iqtisodiy maktabga ham, hayoliy-sosialistlarga ham bab-barovar teng qarshi turuvchi iqtisodiy ta'limotni ilgari surishga intildilar. Ular kapitalistik jamiyatning mayda tovar ishlab chiqarishni saqib chiqarish yollanma mehnatni kengaytirish bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy mulkchilikni sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar.
Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari «iqtisodiy romatizm» ga xos islohotchilik xarakatlarini targ'ib qilib, o'z rivojida bir necha bosqichni bosib o'tdi. Agar birinchi bosqichni vakili hali kapitalizmdan voz kechishni orzu qilgan, uni cheklab qo'yishga intilgan ishchilarning kullafatlari xususida astoydil ko'z yoshi qilgan bo'lsa, ikkinchi bosqich maktabi vakili esa kapitalizmni isloh qilish loyihasini ilgari surib «kichik kapitalizm» ni saqlab qolish tarafdori edi. Lekin shuni alohida ta'kidlash zarurki, markscha-lenincha ta'limotdan farq qilib, ya'ni «inqilobga qarshi» deb atalgan yo'nalishdan yuz o'girib, «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» alohida yo'nalish hisoblangan islohotchilikka xos bu maktab vakillari ijodini, ta'limotlari o'rganish nithoyatda zarurdir. Chunki ilmiy maktab vakillari o'z davrlarida klassik iqtisodiy maktab vakillarini tanqid qilib, hayoliy soialistlar g'oyalariga qarshi kurashdilar, marksizm ta'limoti ommalashuviga qarshilik qilishga urindilar.
S.Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta ishlarni amalga oshirib, boy ilmiy- adabiy meros qoldirdi. «Toskani qishloq xo'jaligining ko'rinishi» (1801 y.), «Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod prinsiplari va ularning savdo qonunchiligida qo'llanilishi to'g'risida» (1803 y.), «Italiya respublikalarining tarixi» (1807 y.), 1818 yilda esa «Edinburg ensiklopediyasi» uchun «Siyosiy iqtisod» maqolasini tayyorladi, lekin «Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufusiga munosabatlari to'g'risida» (1819 y.) kitobining nashr qilinishi uning shuhratini yanada oshirdi. Keyingi yillarda «Siyosiy iqtisoddan etyudlar» (1837 y.) va fundamental tarixiy asarlar hisoblangan «Fransuzlar tarixi» (31 torn), «Rim imperiyasi qulashining tarixi», «Italiya ozodligi tiklanishining tarixi» va boshqa asarlari nashr qilindi.
Sh.Sismondi g'oyalarining shakllanishi, sanoat to'ntarishi davri bilan, shuningdek mayda ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy kuchsizlanishi bilan bog'liq bo'lib, bu esa o'z navbatida kapitalizmning feodalizm ustidan, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning mayda ishlab chiqarish ustidan g'alabasini anglatar edi.
S.Sismondi ijodini o'rganish metodini ayrim xususiyatlarini klassik iqtisodiy maktab vakillari bilan tenglishtirishimiz mumkin. Aynan o'ziga xos uslubiyot iqtisodiyot faniga quyidagi yangiliklami olib kirdi.
Share with your friends: |