Axborot texnologiyalari



Download 1.88 Mb.
Page2/12
Date21.04.2024
Size1.88 Mb.
#64077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-dars (3)
2013-3-art19-pp77-81

Axborot tushunchasi.

Informatika sohasining asosiy resursi bu –axborotdir. Infоrmаtikа–hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаri bilаn mа‘lumоtlаrni yarаtish, sаqlаsh, qаytа tiklаsh, qаytа ishlаsh vа uzаtish usullаri, hаmdа ushbu vоsitаlаrni fаоl yuritish jаrаyonining tаmоyillаri vа ulаrni bоshqаrish usulаrini tizimlаshtiruvchi tехnik fаn.

Infоrmаtikаni tоr mа’nоdа o‘zаrо аlоqаdоr uch qism —tехnik vоsitаlаr (hardware), dаsturiy vоsitаlаr (software) vа аlgоritmli vоsitаlаr (brainware) sifаtidа tаsаvvur etish mumkin. O`z nаvbаtidа,infоrmаtikаni hаm umumаn, hаm qismlаri bo`yichа turli jihаtlаrdаn: milliy iqtisоdiyot tаrmоqlаri, fundаmеntаl fаn, аmаliy fаn sоhаsi sifаtidа ko`rib chiqish mumkin.

Axborot -olamidagi butun borliq, undagi ro`y beradigan hodisava jarayonlar haqidagi xabar va ma‘lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.

Axborot tushunchasi.

Axborot manbalari va istemolchilarning har xilligi axborot shaklining turli ko`rinishda bo`lishiga olib keladi:

Belgili –turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar.

Matnli –harf, raqam va belgilar to`plamidan tarkib topgan axborot.

Grafik –tasvirlardan iborat bo`lgan tasavvur ko`rinishidagi axborot.


Tеxnologiya - grеkcha (techne) so`zidan olingan bo`lib, mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma'lum bir jarayonga nisbatan qo`llanilgan. Jarayon dеganda esa maqsadga erishishga yo`naltirilgan xatti-harakatlar majmui tushuniladi.
Axborot tеxnologiyasi – ob'еktning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki voqеaning yangi xususiyati to`g`risida axborot olish uchun ma'lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir.

Axborot texnologiyalari infratuzilmasi

Axborot texnologiyalari infratuzilmasi deganda korporativ AT muhitining mavjudligi, ishlashi va boshqarilishi uchun zarur bo'lgan tarkibiy qismlar, dasturiy ta'minot, tarmoq resurslari va xizmatlari tushuniladi. Bu tashkilotga (korxonaga) o'z xodimlariga, sheriklariga va / yoki mijozlariga AT-yechimlar va xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Infrastruktura - bu tizimni yoki tashkilotni qo'llab-quvvatlovchi poydevor hisoblanadi. Hisoblash muhitida axborot texnologiyalari infratuzilmasi ma'lumotlar oqimini, saqlashni, qayta ishlashni va tahlil qilishni qo'llab-quvvatlovchi jismoniy va virtual resurslardan iborat. Infratuzilma bitta ma'lumotlar markazida (MM) joylashtirilishi yoki markazlashtirilmagan va bir nechta ma'lumotlar markazlari bo'ylab tarqatilishi mumkin.


Download 1.88 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page