3. Boshqarishning tizimli (zamonaviy) yondashuv nazariyasi Zamonaviy sharoitda boshqarish tashkiliy tuzilmalarining nisbatan murakkab turi sifatida kontrolling tizimiga ega yagona strategik boshqaruvni ko'rsatig mumkin.
Kontrolling - bu iqtisodiy tahlil, loyihalash, boshqaruv hisobi va menejmentlarning kesishuvida paydo bo'lgan, zamonaviy boshqaruv nazariyasi va amaliyotidagi yangi tushunchadir.
Kontrolling (ing. - to control - nazorat qilish, boshqarish)boshqarish jarayonini korxonaning asosiy monetar maqsadi - kafolatlangan likvidlik sharoitida daromadni va kapital qimmatini maksimallashtirish orqali moliyaviy natijalarni optimallashtirishga qaratilgan.
Boshqaruvning zamonaviy yondashuvlari quyidagi o'nta asosiy tamoyillar bajarilishini talab qiladi:
individuallik (shaxsga bo'lgan hurmat) ka bo'lgan kuchli ishonch;
alohida odob-ahloq sxemasi mavjud bo'lmay, istalgan hatti-harakat turli reaktsiyalarni chaqirishi;
Hozirda mulk qiymatini baholash va boshqarishni metodologik asoslarining manbalaridan bo'lib, mumtoz (klassik) mikroiqtisodiyot va tadbirkorlik kontseptsiyasi hisoblanadi. Bunda ularning ko'p qismi kompaniyani qiymat yondashuviga asoslangan moliyaviy boshqarish printsiplariga bag’ishlangan bo'lib, ular ichida molyaviy boshqarishning (VBM - value-based management) Breyli-Mayers kontseptsiyasi salmoqli o'ringa ega.
Ushbu kontseptsiya doirasida tadbirkorning ikkita - 1) Y.Shumpeterning tadbirkor-novator, 2) L. fon Mizes i I.Kircnerningtadbirkor-arbitrajer modelini ko'rsatish mumkin. Har ikkala modelda bosh stimul (rag’bat) bo'lib qiymat o'sishiga asoslangan tadbirkorlik foydasi hisoblanadi.