Baholash ishi va investitsiyalar


Amal qilish doirasi (bozor ko’lami)ga ko’ra hududiy, milliy va jahon narxlari ajratiladi



Download 1.76 Mb.
Page35/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
Amal qilish doirasi (bozor ko’lami)ga ko’ra hududiy, milliy va jahon narxlari ajratiladi.

  • Hududiy (mintaqaviy) narxlar. Muayyan xududiy bozorlarda uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi.

  • Milliy narxlar. Alohida mamlakatlar doirasida o’rtacha ijtimoiy sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi.

  • Jahon narxlari. Muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan baynalminal xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga mos kelishi darajasini hamda xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini o’zida aks ettiradi.

  • Bozor sharoitiga qarab o’zgarmaydigan narxlar standart narxlar deyiladi. Bunda narx o’zgarmasada, foyda ko’payishi mumkin, ya’ni bu narx xaridorga qulaylik tug’diruvchi xarajatlarni qisqartirish yo’li bilan amalga oshiriladi.

O’zgaruvchan narxlar – bular bozor sharoitiga qarab oshirilib yoki kamaytirilib turiladi. Bunda xarajatlarning eng muhimi talabning o’zgarishi hisobga olinadi. Masalan: yangi tovar modaga kirayotganda, unga talab yuqori, shunga ko’ra narxi baland, u odatdagi tovarga aylangach narxi ham arzonlashtiriladi. yoki qish mavsumi boshlanganida qishki kiyimlar qimmat bo’lib, bahorga borib ular arzonlashtiriladi. Narxlarning o’zgarishi ma’lum chegarada yuz beradi. Narxlar o’rtasidagi farqning miqdoriy o’lchami narx diapazoni deyiladi.
Monopol narxlar monopol mavqeiga ega bo’lgan tovarlarga belgilanib, ishlab chiqarish bahosidan yuqori yoki past bo’lishi mumkin.
Tartibga solinadigan narxlarbu yuqori va quyi chegarasi belgilangan narxlardir.
Irratsional narxlar er, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy resurslarga belgilanadigan narxlarni bildiradi.
Yashirin narxlar xufiyona bozorlarda shakllanadigan narxlarni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:
Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko’rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi-bu muvozanatli narx bo’lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.

Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page