8.2-rasm. “MQBXB-MB” juftligi va “MRI-M” juftligini umumiy makroregulyator (MR) orqali o'zaro bog’liqlikda faoliyat yuritishining tuzilmaviy modeli
Umuman “MQBXB-MB” juftligi undagi qiymat va narhlar yordamida mulkni ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy-informatsion munosabatlar vositasi, kapital va tovar sifatidagi bozor muomalasini amalga oshirish funktsiyasini bajaradi. “MRI-M” juftligi mulkni uning qiymati va narxlariga asosan ishlab chiqarish va tarkroran ishlab chiqarish jarayonlaridagi muomalasini amalga oshirish funktsiyasini bajaradi. MR esa umumiy regulyativ muvozanatlashtirish funktsiyasini bajaradi.
Mohiyatiga ko'ra 6.3.1-rasmdagi model regulyatsiyali o'z-o'zidan rivojlanuvchan murakkab dinamik tizim hisoblanib, unda “MQBXB-MB” juftligi eng ideal holatda “MRI-M” juftligi bilan ekvivalent bo'ladi, demak, “MRI-M” juftligi holatini va u orqali mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy hayotda ro'y berayotgan barcha voqea-hodisalarni ekvivalent ravishda (“barometr” sifatida) aks ettiradi. Fikrimizcha, faqat shundagina “MB-MQBXB” va “MRI-M” juftliklarida sodir bo'luvchi jarayonlarning o'zaro uyg’unligi, muvofiqligi va barqarorligini makroregulyativ ta'minlash mumkin. “MB-MQBXB” va “M-MRI” juftliklari davlatning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy siyosati doirasida o'zaro ekvivalent uzviy bog’liqlikda qaralishi zarur. Bunday fikrga asoslanib, mulk ko'rsatkichlari, xususiyatlari va “MQBXB-MB” juftligida ro'y beradigan jarayonlarga hos bo'lgan qonuniyatlarni, shuningdek, unga xos bo'lgan hodisalarning rivojlanishini shakllantiradigan omillarni modellashtirish va bashorat qilish (prognozlashtirish), MB va MQBXBning o'z funksiyalarini bajarishi va “M-MRI” juftligi faoliyatidagi rolini tahlil qilish mumkin.
9-MAVZU. MULK QIYMATI VA NARXINING SHARTLI VIRTUAL SHAKLDAGI INDIKATIV BOZORI VA UNDAGI GIPOTETIK (V-P)-MUHIT
REJA:
Mulk qiymati va narxining hamda ular shakllanuvchi bozorlarning ekvivalentligi va bog’liqligi.
Mulk qiymati va narxining shartli virtual shakldagi indikativ bozori va undagi gipotetik (V-P)-muhit.
Qiymat va narxni ekvivalent shakllanishini ta'minlovchi umumlashgan bozor va real iqtisodiyotning regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini ifodalovchi tuzilmaviy model.
Makroregulyator nazariy konsepsiyasi.
Share with your friends: |