Baholash ishi va investitsiyalar


-MAVZU. MULK BILAN BOG’LIQ BOZORLARNI TIZIMLI TAHLIL QILISH ASOSLARI



Download 1.76 Mb.
Page86/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
6-MAVZU. MULK BILAN BOG’LIQ BOZORLARNI TIZIMLI TAHLIL QILISH ASOSLARI
Topshiriqlar


Muhokama uchun savollar:

  1. MQBXB deganda nimani tushunasiz.

  2. MQBXB istitutsional tuzilmasini va undagi operatsion kanallar mazmunini qanday talqin qilish mumkin.

  3. MQBXBning maqsadi va vazifasi nimadan iborat.

  4. MQBXBning ko’rsatkichlari.

  5. Baholovchi va mulkdor o’rtasida kechadigan “pul (mulkdor) – xizmat (baholovchi) -∆” uchlik sxemasini qanday tushunasiz.

  6. MQBXBning qanday funksiyalarini bilasiz.

  7. MQBXB iqtisodiy modelini qanday talqin qilish mumkin.

  8. MQBXB va mulkdor (M) faoliyatida davlatning roli.

  9. “M-MRI” juftligi.

  10. MQBXBning qanday turlarini bilasiz.



2. Mulk qiymati baholash xizmatlari bozori (MQBHB)ning funktsional-tuzilmaviy sxemasini tushuntiring.


3. “MQBXB-MB” juftligi va “MRI-M” juftligini umumiy makroregulyator (MR) orqali o'zaro bog’liqlikda faoliyat yuritishining tuzilmaviy modelini tushuntiring.


Testlarni yeching:

  1. MQBHB – bu……

  1. ma'lum hajm va narxga ega bo'lgan baholash xizmatlarini ko'rsatish bilan bog’liq tashkillashgan ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy mexanizm bilan ta'minlangan munosabatlarni turli omillar ta'siri sharoitida maqsadli amalga oshirilishini ta'minlovchi yaxlit murakkab tizim (mexanizm) sifatida namoyon bo'luvchi baholash xizmatlari bo'yicha talab va taklif funktsiyasi;

  2. ma'lum hajm, qimmat, qimmat va narxga ega bo'lgan tovarning erkin savdosi bilan bog’liq tashkillashgan ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy mexanizm bilan ta'minlangan munosabatlarni turli omillar ta'siri sharoitida maqsadli amalga oshirilishini ta'minlovchi yaxlit murakkab tizim (mexanizm) sifatida namoyon bo'luvchi tovar bo'yicha talab va taklif funtstiyasi;

  3. to’g’ri javob yo’q

  1. MQBHBning maqsadi -…………….

  1. bozor ishtirokchi(qatnashchi)larining tovarlar oqimi bilan bog’liq erkin raqobatini ta’minlashdan iborat;

  2. bozor ishtirokchi(qatnashchi)larining tovarlar oqimi bilan bog’liq erkin raqobatli va transparent munosabatlarini amalga oshirishlari uchun ob'yektiv kon'yunktura, yetarli, zaruriy va qulay shart-sharoitlar yaratish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining regulyativ “barometri” rolini bajarish;

  3. mulk qiymatini baholash bilan bog’liq erkin raqobatga asoslangan malakali xizmatlar ko'rsatish uchun baholovchi va mulkdor (buyurtmachi) o'rtasidagi ochiq munosabat, ob'yektiv kon'yunktura, yetarli, zaruriy va qulay shart-sharoitlar yaratish

  1. Iqtisodiyotda qanday shart-sharoitlar mavjud bo'lganda MQBHB samarali faoliyat ko'rsatishi mumkin?

  1. effektiv (samarali) mulkchilik tizimini mavjudligi; baholovchilarni sifatli hizmatlar, mulkdorlarni esa bunday hizmatlarga ekvivalent pul mablag’lari bilan ta'minlanganligi;

  2. talab va taklifni ob’yektiv mutanosibligi; bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining samarali faoliyati; bozor iqtisodiyoti qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini hukm surish;

  3. barcha javoblar to’g’ri

  1. MQBHBning faoliyat ko'rsatishini asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

  1. barcha potentsial buyurtmachilar o'z mablag’larini foydali tarzda baholash hizmatlariga yo'naltirishlari uchun ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish; bozorda tuziladigan bitimlarning ihtiyoriyligi, ularning narxlarini ob’yektivligi va qonuniyligi;

  2. erkin raqobat yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish; baholash faoliyati huquqiy ta'minotining sifatliligi; baholash tashkilotlarining transparentliligi;

  3. barcha javoblar to’g’ri

  1. Baholovchi bir nechta baholovchi tashkilotning muassisi bo'lishi mumkinmi?

  1. Mumkin

  2. Mumkin emas

  3. Shtat birligi 0,5 stavkada bo'lish mumkin

  1. Mulkni baholashdan ko’zlangan asosiy maqsad nimadan iborat?

  1. Mulk obyekti qiymatini uning bozor narxlari bilan bog'liqlikda adolat nuqtai nazardan aniqlash;

  2. O'xshash obyektlarning mulk bozorida talab va taklifga bo'lgan ehtiyojni aniqlash;

  3. Mulk qiymatini bozorga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash

  1. Baholovchining malaka sertifikati qancha muddatga beriladi?

  1. 3 yilga;

  2. 5 yilga;

  3. 1 yilga

  1. Ko'char mulkni baholovchi tashkilotlarning ustav kapitali qancha miqdorda bo'lishi shart?

  1. Eng kam oylik ish haqining 1500 baravarida;

  2. Eng kam oylik ish haqining 3500 baravarida;

  3. Eng kam oylik ish haqining 100 baravarida

  1. Biznesni baholovchi tashkilotlarning ustav kapitali qancha miqdorda bo'lishi shart?

  1. Eng kam oylik ish haqining 2500 baravarida;

  2. Eng kam oylik ish haqining 1500 baravarida;

  3. Eng kam oylik ish haqining 1000 baravarida

  1. Baholovchi tashkilotlarini ustav kapitalining necha foizi pul mablag'lari ko'rinishida kiritilishi kerak?

  1. Kamida 50 foizi;

  2. Kamida 30 foizi;

  3. Kamida 10 foizi




Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page