Savol va topshiriqlar: Ertak janriga xos bo‘lgan bitiklarning o‘ziga xos xususiyatlarini ajrating. Uni o‘rganishga xos bo‘lgan jihatlarni ajratib yozing.
Hikoya janriga xos bo‘lgan yetakchi xususiyatlarni ajratib daftaringizga yozing. Uni ertak janri bilan taqqoslang. Hikoya bilan ertakni o‘rganishdagi yetakchi ish turlarini daftaringizga yozib oling.
“O‘quvchi qalbida o‘qishga intiltiruvchi ichki ehtiyoj hissini shakllantirish uchun adabiyot darslarida zarur sharoit, imkoniyat vujudga keltirilmog‘i lozim” degan fikrga qanday qaraysiz? Sizningcha, uni qanday tashkil etish mumkin? Bir asar misolida qarashlaringizni dalillang.
O‘qituvchingiz bilan kelishgan holda birorta epik asar tahliliga bag‘ishlangan dars tashkil eting.
Q. Yo‘ldoshevning she’rni ifodali o‘qish haqidagi fikrini qayta o‘qing. O‘z qarashlaringizni taftish qiling.
Mutaxassis olimlar asarlaridan olingan iqtiboslarlarni tahlilga torting. Ularga munosabat bildiring.
Shoira H. Xudoyberdieva qalamiga mansub “Men seni topgandim...” she’ri tahlili bilan bog‘liq savollarga javob bering.
Fikrlaringizni quyidagi asar tahlili qanoatlari bilan solishtiring. Qarashlardagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlang. Har ikkala holatga o‘z munosabatingizni bildiring.
H. Xudoyberdievaning “Begim, sizni tabiat...” she’ri mazunidan kelib chiqqan holda “Ayol va muhabbat” mavzusida insho yozing. Har biringizning ishingizni birgalikda muhokama qiling.