Chizmachilik



Download 5.17 Mb.
Page2/76
Date27.01.2024
Size5.17 Mb.
#63356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
cxhizmachilik asoslari
Dars-ish-aks-qirqim, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)

KIRISh


Chizmachilik – bu muhandislik fikrlarini chizma tasvirlar bilan ifodalovchi fandir. Chizma deb, buyumning shaklini, o‘lchamini, materialini va boshqa jihatlarini qog‘ozga grafik tasvirlashga aytiladi.


Chizmachilik “texnika tili”, chizma goyemetriya esa uning alifbosi bo‘lib, u barcha arxitektorlar, dizaynerlar, konstruktorlar, muhandis-texnik xodimlar, sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlovchi mutaxasislar va ishchilar uchun yagona tildir.
Chizmachilik o‘quv fani sifatida o‘z oldiga quydagi masalalarni qo‘yadi:
- chizmalarni chizish, taxt qilish va boshqa loyihaviy hujjatlarni tuzish qoidalari bilan tanishtirish;
- turli geometrik yasashlar va proyeksion tasvirlarni chizma asboblar yordamida shuningdek eskiz va texnikaviy rasm ko‘ri­nishida qo‘lda chizishga o‘rgatish;
- proyeksion chizmalarda va sxemalarda qo‘llaniladigan shartliliklar va shartli grafikaviy belgilarni o‘rnatish;
- turli qurilish ixtisosligi bo‘yicha chizmalarni o‘qishda zarur malakalarini hosil qilish;
Ishlab chiqarish va qurilishning barcha sohalarida chizmachilikning mohiyati juda kattadir. Chizmalar bo‘yicha turli mashina mexanizimlarning detallari tayorlanadi va yig‘iladi, uy qurilish kombinatlarda bino qismlari tayyorlanadi, so‘ngra qurilish maydonlarida binolar montaj qilinadi va shunga o‘xshash turli muhandislik inshootlari tiklanadi. Bu keltirilgan misollar chizmalarning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Har bir malakali muhandis yoki ishchi o‘z mutaxasisligiga oid chizmalarni o‘qiy olishi, detallarning eskizlari hamda chizmalarning texnik jihatdan to‘g‘ri tuza bilishi o‘zining ilmiy fikrlarini chizmada tasvirlay olishi lozim.
Narsalarni tasvirlash kishilarda juda qadimdan paydo bo‘lgan. Chizmalarning rivojlanishi tasvirlar chizishdan boshlangan bo‘lib, kishi hali yozishni bilmagan holda, o‘zlari ko‘rgan narsalarning tasvirini qoyalar, tog‘ devorlarga va boshqa joylarga o‘yib ishlaganlar. Ana shu oddiy “iyeroglif” yozuvlarni tasvirlash asosida birinchi marta harflar kelib chiqqan. Bunday tasvirlar Xitoy, Misr, O‘rta Osiyo va boshqa joylarda ko‘p uchraydi. Bu kabi grafik uculda, ya’ni tekislikda shartli belgilarni tasvirlash va undan foydalanish g‘oyalari insoniyat rivojlanishida ko‘p asrlik tarixga ega.
Fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlash, ularni amalda tadbiq qilish nazariyasini rivojlantirishda bir qancha olimlar ish olib bordi. Bulardan qadimgi grek olmlari Esxil, Anaksagor, Demok­rit va boshqalar shular jumlasidandir. O‘rta Osiyo olimlaridan Abu Rayhon Beruniy o‘z ilmiy ishlarida proyeksiyalar usulini tadbiq etib, chizmalar chizgan. Foydalangan asboblari ham chizmalar asosida yaratilgan. Abu Ali ibn Sino tibbiyot fanidan tashqari, o‘z ilmiy-amaliy faoliyatida tasvirlar chizish nazariyasini yaratib, turli mexanizmlar yaratib qurilish ishlarida qo‘llagan.
Grafik tasvirlash usullarining yanada rivojlanishi uyg‘o­nish davriga to‘g‘ri keladi. Italyan olimi va rassomi Leonardo da Vinchi chizma geometriyaga tegishli bo‘lgan «perspektiva» nazariyasiga katta hissa qo‘shdi. XVIII asr oxirlarida fransuz muhandisi va metematigi Gaspar Monj proyeksion tasvirlar tuzish bo‘yicha to‘plagan tajribalarini umumlashtirdi va ilmiy asosladi. U 1798 yilda «Chizma geometriya» kitobini yozib, unda birinchi marta o‘zaro perpendikulyar tekisliklarga to‘g‘ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash usulini qo‘lladi. Bu usul hozirgacha "Monj usuli" deb, yuritilib kelinmoqda.
XIX asrda proyeksion tasvirlash usullarini yanada rivojlantirishda rus olimlaridan Ye.A.Sevostyanov, N.I. Makarov, V.I. Kurdyumovlar katta hissa qo‘shdilar. 1821 yilda Ye.A Sevostyanov tomonidan birinchi marta rus tilida chizma geometriya darsligi nashrdan chiqarildi.
Respublikamizda chizmachilik va chizma geometriya fanini rivojlantirishda Yu.Qirg‘izboyev, R.X.Xorunov va boshqa olimlar katta hissa qo‘shdilar. Ular 1959-1961 yilara birinchi marta o‘zbek tilida chizma geometriyadan qo‘llanma va darsliklar yaratdilar. Hozirgi zamonda tasvirlarning proyeksion usullari haqidagi darslik va ilmiy asarlarni olimlarimizdan E.So­bitov, J.Yodgorov, I.Raxmonov, Sh. Murodov, K.M. Qobiljonov, I.T.Ismoilov, M.Sh.Isayeva, U.Abdul­layev va boshqalar yaratmoq­dalar.

Download 5.17 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page