Chizmachilik


Texnik rasm chizish haqida



Download 5.17 Mb.
Page38/76
Date27.01.2024
Size5.17 Mb.
#63356
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76
cxhizmachilik asoslari
Dars-ish-aks-qirqim, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)

6.4. Texnik rasm chizish haqida


Rasm chizish har bir mutaxassis uchun eng zarur bilimlardan hisoblanadi. Rasm chizishni o‘rganishda har bir kishi o‘zining dunyoqarashi, fazoviy tassavurini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi, yaratilajak bino va inshootlarning konstruktiv va me’moriy yechim­larini aniq va to‘g‘ri bajara biladi. Qurilish elementlariga nafaqat nazariy, amaliy yondasha oladi. Shuning uchun yaxshi mutaxassis bo‘laman degan har bir talaba boshqa asosiy fanlar qatori rasm chizishni ham yaxshi bilsa foydadan xoli bo‘lmaydi.


Mashhur aviakonstuktor A.S.Yakavlev o‘zining bir kitobida shunday deb yozgan edi: “rasm chizish mening kelajagim uchun juda katta foyda berdi. Haqiqatdan ham konstruktor biron bir mashina yaratish haqida o‘ylasa, uning har bir detaligacha xayolida ko‘z oldiga keltirish va uni qalam bilan qog‘ozga tasvirlashi lozim. Buning uchun u rasm chizishni bilishi kerak”.
Texnik rasm, chizmachilik kursidagi aksonometrik ko‘rinish­ga aynan o‘xshash bajarilib yorug‘-soya qismi shtrixlar yordamida ajratiladi. Aksonometriyada aniq qiyalikdagi (dimitriya, izometriya va boshqalar) o‘qlar asosida chizma bajarilsa, texnik rasmda bu o‘qlarga qo‘shimcha xohlagan qiyalikdagi o‘qlar asosiga ham qurish mumkin bo‘ladi.
Texnik rasm hayotdagidek perspektiv qisqarishlar bilan chizilma­sada chizilishi kerak bo‘lgan jismlar; konstruktiv tugunlarni me’mo­riy yechimlarni berilgan ikki ko‘rinishda foydalanib tasvirlashda qo‘l keladi.
Rasm chizishda asosan yumshoq (M, 2M) qalamlar va yumshoq o‘chirg‘ich ishlatiladi, chizma qog‘ozi taxtaga knopka bilan mahkamlanadi, yorug‘lik chap tomondan tushib turishi kerak. Rasm chizishda chizma asboblari ishlatilmaydi. Rasm chizishda erkin o‘tirib chizma taxtasi oldida tanani to‘g‘ri tutish, kallani ozgina egib qo‘lni qog‘oz ustida yengil harakatlantirish, shtrixlash yoki ayrim egri chiziqlarni chizish uchun qalamni xuddi xat yozishda ushlagandek ushlash kerak (133-rasm).
Biror jismning texnik rasmini chizishdan oldin yassi formalarni chizib ko‘p shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi, shundagina bajaradigan texnik rasm ko‘ngildagidek chiqishi mumkin.




Download 5.17 Mb.

Share with your friends:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page