Savollar: Qanday ko‘rinishga asosiy ko‘rinish deyiladi?
Asosiy ko‘rinishlar chizmada qanday joylashadi?
Proyeksion bog‘lanishida bo‘lmagan ko‘rinishlar qanday belgilaniladi?
Qanday tasvir kesim deb ataladi?
Kesim nima uchun qo‘llaniladi?
Chizmada joylashuviga qarab kesimlar qanday turlarga bo‘linadi?
Kesimning qirqimdan farqi nimada?
Qirqimlar chizmada nima uchun qo‘llaniladi?
Qirqimning qanday turlari bor?
Qanday qirqim oddiy qirqim deyiladi?
Qanday qirqim murakkab qirqim deyiladi?
7.3. Qo‘yim (dopusk)lar va o‘tqazish(posadka)lar
D 172-rasm etallarni loyihalashda ularning o‘lchamlari detalni mustahkamlikka va qattiqlikka hisoblash hamda boshqa konstruktiv va texnologik muloxazalar asosida konstruktor tomonidan beriladi. Detalning vazifasiga qarab konstruktor tomonidan aniqlangan asosiy o‘lchash «nominal» o‘lchash deb ataladi. (172-rasm). Detalni chizmada berilgan nominal o‘lchamlari bo‘yicha aniq qilib ishlash deyarli mumkin emas. Haqiqiy o‘lchash nominal o‘lchamdan har doim farq qiladi. Buyum o‘z vazifasiga javob berishi uchun, uni tayyorlashdagi har qanday noaniqlik cheklangan bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra, chizmalarda nominal o‘lchamdan tashqari yana ikkita eng chetki kiymatlar beriladi, bu kiymatlar orasida yoki ularga teng haqiqiy o‘lcham bo‘ladi. Eng kata va eng kichik chekli o‘lchamlar orasidagi ayirma o‘lchamlari qo‘yim (dopuski) deb ataladi. Qo‘yim kattaligi nominal o‘lchamga va raqamlar bilan belgilanadigan kvalitetga bog‘liq.