Chizmachilik



Download 5.17 Mb.
Page54/76
Date27.01.2024
Size5.17 Mb.
#63356
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76
cxhizmachilik asoslari
Dars-ish-aks-qirqim, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)
Rezbali birikmalar 187-rasmdagidek bajariladi. Bunda sterjenning tashqi diametri teshik rezbasining ichki rezbasi bilan o‘lchami to‘g‘ri keladi va buralib kirayotgan sterjen chizig‘i asosiy yo‘g‘on chiziqda bajariladi.
Texnikada eng ko‘p qo‘llaniladigan ajraladigan birikmalar bu rezbali birikmalardir. Bularga bolt, gayka, vint va shpilkalar kiradi. Ularning texnik talablari, ko‘rinishlari, shartli belgilari va h.k. lar davlat standarti GOST 1759-70 (ST SEV 607-77, ST SEV 1018-78, ST SEV 4203-83) larda belgilangan. Bularning hammasi standart detallar deb yuritiladi.
Rezbalarni tasvirlash va belgilash. Rezbalar haqiqiy ko‘rinishda vint chiziqlardan iborat bo‘lganligi uchun uni chizmada tasvirlash ancha qiyin (185-a,rasm). Shuning uchun chizmalarda rezba shartli belgilanadi. Bu GOST 2.311–68 (ST SEV 284–76)da o‘rnatilgan maxsus qoidalar bo‘yicha chiziladi.
Sterjendagi rezba. Bu qoidalarga binoan sterjendagi tashqi rezbani, uning profili qanday bo‘lishidan katiy nazar, tashqi diametri asosiy tutash yo‘g‘on chiziq bilan, ichki diametri esa ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi (185-b,rasm). Rezbaning ichki diametrini ko‘rsatuvchi ingichka tutash chiziq rezbaning butun uzunligi bo‘ylab, faska uzunligini qo‘shgan holda o‘tkaziladi. Rezbali sterjen aylana ko‘rinishida proyeksiyalanganda sterjen konturi asosiy tutash yo‘g‘on chiziq bilan, rezbaning ichki diametri esa uzunligi aylananing taxminan ¾ qismiga teng bo‘lgan, markaz chiziqlarini kesib o‘tgan holda ingichka tutash chiziq bilan yoy ko‘rinishida (185-b,rasm), rezbaning tugallangan chegarasi yo‘g‘on tutash chiziq bilan chiziladi.
Teshikdagi rezba. Ko‘ndalang qirqimda tashqi diametri bo‘yicha tutash ingichka chiziq bilan, ichki diametri bo‘yicha tutash yo‘g‘on chiziq bilan tasvirlanadi (186-a,rasm). Bunda ham rezbaning chega­asi asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda bajariladi. Rezbali teshik aylana ko‘rinishida proyeksiyalanadigan bo‘lsa, rezbaning tashqi diametri uzunligi aylananing taxminan 3/4 qismiga teng bo‘lgan, o‘q chiziqda to‘xtamagan, yoy ko‘rinishidagi ingichka tutash chiziqda bajariladi. Qirqimda shtrix chiziqlar teshikdagi rezbaning ichki diametrigacha ya’ni asosiy tutash chiziqqacha chiziladi (186-b,-rasm).




Download 5.17 Mb.

Share with your friends:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page