Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra tasniflash Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Sobiq ittifoq daryolari suv rejimi xususiyatlarini o’rganish asosida B.D.Zaykov shu hududdagi daryolarning tasnifini ishlab chiqdi. U o’rganilayotgan hududdagi barcha daryolarni, tabiiy yoki sun’iy ravishda boshqarilgan daryolarni hisobga olmagan holda, quyidagi 3 ta asosiy guruhga bo’ldi:
a) to’linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar;
b) to’linsuv davri yozda kuzatiladigan daryolar;
v) toshqinli suv rejimiga ega bo’lgan daryolar.
O’rganilayotgan hududda to’linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar ko’pchilikni tashkil etadi. Тo’linsuv davrining xususiyatlariga va suv sarfi hamda suv sathi rejimlarining boshqa davrlardagi o’zgarishlariga bog’liq holda bu guruhdagi daryolar beshta turga bo’linadi: Qozog’iston, Sharqiy Yevropa, Ғarbiy Sibir, Sharqiy Sibir va Oltoy turlari.
Sinov savollari: 1. Daryolar suv rejimining elementlarini aytib bering. 2. Daryolarda suv sathini o’lchash ishlari qanday amalga oshiriladi? 3. Daryolarning suv sathi rejimiga qanday omillar ta’sir etadi? 4. Suv sathini kuzatish ma’lumotlarining amaliy ahamiyatini yoritib bering. 5. Daryolar suv rejimining yillik o’zgarishini qanday davrlarga ajratish mumkin? 6. Тo’linsuv davriga ta’rif bering. 7. Daryolarning, suv rejimi davrlariga ko’ra, qanday tasniflarini bilasiz?