III. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Vazirlik, idora
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
1. Hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazish. 1a-nazorat kartochkasini to‘ldirish va rahbarga axborot berish.
|
1. Hujjat olingandan so‘ng 30 daqiqa mobaynida.
|
1. Umumiy bo‘lim, kanselyariya mudirlari, yordamchi.
|
2. Hujjatga rahbarning aniq topshiriq, ijrochi va muddatlar ko‘rsatilgan holdagi rezolyutsiyasi.
|
2. Hujjat olinishi bilanoq.
|
2. Vazir, idora rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3. Rahbarning rezolyutsiyasiga muvofiq ijrochiga yetkazish. 1a-kartochka nusxasi nazorat bo‘linmasiga (guruhga, shu’baga yoki xodimga) beriladi.
|
3. Rahbarning rezolyutsiyasidan so‘ng 30 daqiqa mobaynida.
|
3. Umumiy bo‘lim, kanselyariya mudirlari, yordamchi.
|
4. Qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlovchi aniq choralar, muddatlar va shaxsan ijrochilari tasdiqlangan holda hay’at yoki hokimning qarorini tayyorlash va qabul qilish.
|
4. Hujjat olingan sanadan boshlab uch kun muddatda, agar VM topshirig‘ida boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa.
|
4. Vazir, idora rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari.
|
4a. 1a-nazorat kartochkasini to‘liq rasmiylashtirish.
|
4a. Qaror qabul qilingan kunda.
|
4a. Nazorat bo‘linmasi (guruh, shu’ba), xodim.
|
5. Qabul qilingan qarorni yetkazish: a) boshqaruvning hududiy tarmoq organlariga; b) tuman, shahar hokimliklariga; v) tasarrufidagi korxonalarga; g) Vazirlar Mahkamasi tegishli departamentlariga (boshqarma, bo‘limlarga)
|
5. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kecha-kunduz muddatda.
|
5. Umumiy bo‘lim, kanselyariya mudirlari
|
6. Qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkil etish:
|
6. Belgilangan muddatlarda.
|
6. Qarorning bajarilishi uchun shaxsan mas’ul rahbar.
|
–– tadbirlarni amalga oshirish, quyi tarkibiy tuzilmalardagi ishlar ahvolini o‘rganish;
|
jadvalga muvofiq
|
vazirlik, idora, hokimlik mutaxassislari
|
–– vazirliklar, idora hay’atida, hokimlik rahbari huzurida hujjatning bajarilishini ko‘rib chiqish. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga nasbatan shaxsiy javobgarlik choralari ko‘rish;
|
Belgilangan muddatlarda, zarurat bo‘lganda tezkorlik bilan
|
Vazirlik, idora, hokimlik rahbari
|
–– Vazirlar Mahkamasining tegishli departamentlarga, bo‘limlar va boshqarmaga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati xizmatlariga Farmon (qaror, farmoyish)ning bajarilishi yuzasidan axborotlar taqdim etish. Zarurat bo‘lganda muammoli masalalarni hal qilish to‘g‘risida, shuningdek hujjatni nazoratdan chiqarish to‘g‘risida takliflar kiritish.
|
Farmonda (VM qarorlari va farmoyishlarida) belgilangan muddatlarda.
|
Vazirlik, idora, hokimlik rahbari
|
|