Emotsiya, iroda va xarakter Reja


I. HISSIYOTNING FIZIOLOGIK ASOSLARI



Download 90.41 Kb.
Page2/10
Date15.05.2024
Size90.41 Kb.
#64260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Emotsiya va iroda xaraktar
I. HISSIYOTNING FIZIOLOGIK ASOSLARI.
Emotsional kechinmalar organizmdagi alohida fiziolo­gik jarayonlar, o’zgarishlar bilan bog’liq ekanligi har kungi tajribada ko’rinib turibdi. Masalan, emotsional kechin­malar chog’ida qon aylanishi o’zgaradi, yurak urishi tezlashadi yoki susayadi. Bir xil emotsional kechinmalar chog’ida odam qizaradi, boshqa bir xil emotsional kechinmalar chog’ida esa odam oqaradi yoki bo’zaradi. Emotsional jarayonlarning yurak faoliyatidagi o’zgarishlar bilan bog’liq ekanligi shu qadar ayon sezilib turadiki, hatto oddiy tilda «his» bilan «yurak» degan so’z bir-biriga o’xshash ma’noda ishlatiladi. Odatda, «yuragim orziqib ketdi», «yuragim orqamga tortib ketdi», «yuragim yorilay dedi» deb gapirilganida, «yurak» so’zi bilan qo’rqib ketish, sevinish kabi hislar ifodalanadi.
Emotsional kechinmalar vaqtida nafas olish ham o’zgaradi: ayrim kechinmalar vaqtida nafas olish tezlashadi, ayrim kechinmalar vaqtida esa nafas olish susayadi. Shuning­dek, ovqat hazm qilish jarayonlari va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham o’zgaradi. Emotsional jarayonlar butun organizmning faoliyatiga ta’sir qiladi.
Odamdagi hissiyotning fiziologik asosi avvalo bosh miya po’stida sodir bo’ladigan jarayonlardir.
Bosh miya po’sti hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, miya yarim sharlari olib tashlangan hayvonlar eng arzimas sabablar bilan muttasil va shu bilan birga kuchli ravishda hayajonga kela beradi. Miya po’sti zaiflangani natijasida bet muskullari falaj bo’lgan kishilar har xil narsalarga hatto juda arzimas narsaga ham hamisha va qattiq kula beradilar. Bosh miya po’stining faoliyati buzilishi natijasida ba’zi kishilarda har xil ta’sirot bu ta’sirotga butunlay muvofiq bo’lmagan teskari emotsional alomatlarni qo’zg’atadi – kuldiradi yoki yig’latadi. Bunday hollarda bemor kishilar ko’pincha o’zlari kulib tursalar ham, aslida g’amgin bo’ladilar, ko’z yoshi to’ka turib esa xursandlik his qiladilar.
I. P. Pavlov tarkib topgan dinamik stereotip faoliyatidagi buzilishlar ko’pgina hissiyotlarning fiziologik aso­si ekanligini ko’rsatib o’tgan. U dinamik stereotipdagi buzilishlarni ko’p kuzatish natijasida chiqargan xulosani ta’kidlab bunday deb yozadi: «Mening fikrimcha, katta miya yarim sharlaridagi boya bayon qilingan fiziologik jarayonlarni, odatda, o’zimizcha sub’ektiv tarzda, umuman ijobiy va salbiy deb ataydigan hislarga muvofiq keladi, deb o’ylash uchun etarli asos bor... Bular qiyinlik va engil tortish hissi, tetiklik va charchash hissi, mamnunlik va norozilik suyunish, tantana va umidsizlik hissi va hokazo.
Meningcha, ko’pincha odatdagi turmush tartibining o’zgargan paytlarida, odat bo’lib qolgan bironta mashg’ulot to’xtatilganida, yaqin kishidan judo bo’lganda, aqliy iztirob chog’ida, maslak va e’tiqodlarda keskin burilishlar ro’y bergan chog’da kechiriladigan og’ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik stereotipning o’zgarishi, uning yo’qolishi va yangi dinamik stereotipning qiyinlik bilan hosil bo’lishidan iborat bo’lsa kerak». III tom, 2-kitob, 243-244 bet).
Hissiyotlar bosh miya po’stining ostki qismlari faoliyati bilan ham bog’langandir. Jumladan, ko’rish bo’rtig’i hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazlaridir. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, ko’rish bo’rtig’ining shikastlanishi natijasida, hissiyotni ifodalovchi yuz harakatlari ham izdan chiqadi. Bosh miya po’sti ostidagi markazlardan mahrum bo’lgan hayvonlarda hissiyotlarni ifoda­lovchi harakat belgilari bo’lmaydi.
Bosh miya po’sti ostidagi qismlarda vegetativ nerv sistemasini boshqaruvchi markazlar bor. Bu markazlar emotsional kechinmalar bilan mustahkam bog’langandir.
Ba’zi hissiyotlar vegetativ nerv sistemasi faoliyatining hamda bu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatining oshib ketganligi sababli tug’iladi. Shu sababli, ba’zi emotsional kechinmalar vaqtida qon aylanish organlarining faoliyati, ovqat hazm qiladigan organlar faoliyati kuchayganligini, nafas olish o’zgarganligini, ko’zning nurlanishini, rangning qizarganligini ko’ramiz va hokazo. Bunday hollarda ichki sekretsiya bezlarining faoliyati oshib ketib, ular nerv sistemasini oziqlantiruvchi va qo’zg’atuvchi kerakli moddalarni organizmga ajratib beradi. Bunday emotsional holat chog’ida biz g’ayratimiz oshib ketganligini sezamiz, o’zimizni bardam, ishchan his qilamiz.
Aksincha, boshqa ba’zi bir hissiyotlar vegetativ nerv sis­temasi faoliyatining va shu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatining pasayishi sababli tug’iladi. Qayg’u, g’am, qo’rquv singari mana shunday salbiy emotsiyalar chog’ida qon ayla­nish, ovqat hazm qilish, nafas olish o’zgaradi, kishining ran­gi oqarib-bo’zarib ketadi, uning ko’zlari nursizlanadi va hokazo.
Ba’zi salbiy hissiyotlar, masalan, g’azab, vahima ba’zan vegetativ nerv sistemasining faoliyatini oshirib yuboradi. Lekin bunday hollarda ham shu hissiyotlarning salbiy xarakteri shu narsada namoyon bo’ladiki, bunday hissiyotlar tugashi bilan organizm bo’shashib ketadi, kishining tinkasi quriydi, ba’zan esa kishida alohida asabiy betoblik vujudga keladi.
Biz o’zimiz sababini anglamagan emotsional holatning, ya’ni bizga sababi ma’lum bo’lmagan tuyg’ularning bizda tug’ilishi vegetativ nerv sistemasida va bu sistema boshqaradigan organlarda bo’ladigan o’zgarishlar bilan izohlanadi. Chunonchi, odamda ba’zan besabab hushchaqchaqlik, besabab havotirlanish, ko’ngil g’ashlik va shu kabi holatlar paydo bo’ladi.
Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, vegetativ nerv sistemasi bosh miya po’sti bilan bog’langan bo’lib, odam organizmida bo’ladigan vegetativ jarayonlarning hammasi bosh miya po’stiga bo’ysunadi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, nerv sistemasining oliy bo’limi bo’lgan bosh miya «badanda bo’ladi­gan hodisalarning hammasini idora qilib turadi» 1. (O’sha kitob, 410-bet)
Bundan chiqadigan xulosa shuki, emotsional kechinmalarning hammasi bosh miya po’stining faoliyati bilan ma’lum darajada bog’langandir.
Ikkinchi signal sistemasi odamning emotsional kechinmalarida katta rol o’ynaydi, ikkinchi signal sistemasidagi bog’lanishlar insoniy oliy hislarning– intellektual, ahloqiy, estetik hislarning– nerv-fizlologik asosidir. Ik­kinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi bilan uzilmas ravishda bog’langanligi va shu orqali bosh miya po’sti ostidagi qismning faoliyatiga ta’sir qilib turishi sababli, odam o’z hissiyotlarini ongli ravishda o’zi boshqarib tura oladi.



Download 90.41 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page