Malaka:Egallagan ko`nikmalarni notanish vaziyatlarda qo`llay oladi.
Kompitensiya: Tinglagan mavzudagi tarixiy sanalarni tushuna oladi, xaritalardan foydalana oladi, o’z fikrini to’g’ri bayon qila oladi, tarixiy atamalardan to’g’ri foydalana oladi .
Maqsad va vazifalar
Ta`limiy: O’quvchilarga dunyoning yettita mo’jizasi haqida ma’lumotlar berish
Tarbiyaviy: O`quvchilarni o’zlikni anglash, mustaqillikni qadrlash , uni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni tarixiy bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish
O`quv jarayonini mazmuniga doir tayanch kompetensiyalar
-O’z bilimini mustaqil ravishda olib borishi, o’z bilimlarini o’rtoqlari bilan muhokama qilishi;
-Mavzu yuzasidan o’zaro munosabatga kirisha olishi va muomala madaniyatiga ega bo’lishi;
-Tarixiy davrlarni taqqoslashi va qiyoslay olishi
-O’rganilgan mavzudagi voqeylikni chuqur tahlil qilgan holda jahon tarixidagi voqealar bilan taqqoslash va o’rgatish;
O’quv materialining mazmuni
O’quvchilarga qadimgi dunyoning yeti mujizasi haqida ma’lumot berish
Yangi dars mazmuning tayanch tushunchalari , atamalari
Mayoq,Maqbara,Rados
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslublar: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy, og’zaki muloqot “Hamma hammaga o’rgatadi”, tasviriy vositalarni qo’llash
Usul: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash
Shakl: yakka va guruhlarga, sinf bilan ishlash
Vosita: darslik, testlar, mavzuga oid xaritalar, jadavallar, audio va video materilalar, didaktik va tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, manbaalardan namunalar
Nazorat: Og`zaki, yozma, kuzatish , savol-javob test.
Baholash: 5 balli reyting tizim asosida “Ofarin”, “Barakallo”, “ Harakat qil” so’zlari yozilgan shaklli rag’bat kartochkalari
Kutiladigan natija
O`qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda taatbiq etish. O’z ustida ishlash , mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash, pedagogik mahoratni oshirish
O`quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.
Kelgusi rejalar
O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsga tatbiq etish, takomillashtirish, AKT vositalaridan unumli foydalanish yo`llarini o`rganish, o`z ustida ishash. Olgan bilimlarini xuddi shunday guruhlarga yetkazadi.
O`quvchi: Mustaqil tadqiqot, izlanishni yo`lga qoyadi, o`z fikrini savodli ifodalay olish va do`stlarini fikrini hurmat qilishga o`rganish mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlab topishga harakat qilish, ularni o`rganish. Do`stona muhitda hamkorlikda ishlash ko`nikmasini shakllantirish
Uyga vazifa
Mavzuni o`qib o`rganib kelish, mavzuga oid xarita ustida ishlash, tarixiy atamalarni va tushunchalarni yodlash.