Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu


V Kutiladigan natijalar



Download 4.89 Mb.
Page125/156
Date11.01.2023
Size4.89 Mb.
#60342
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   156
5 синф тарих
V

Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: Barcha o`quvchilarning mavzuni berilgan vaqt ichida o`zlashtirishiga erishish. O`quvchilar bilim samaradorligini oshirish, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish.
O`quvchi: Tarix fani haqida yangi boshlang’ich bilimlarni egallaydi, yakka holda va guruh bo`lib ishlashni, o`z – o`zini nazorat qilishni o`rganadi.

VI

Kelgusi rejalar

O`qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, keyingi darslarda qo`llashi, o`z ustida ishlashi, mavzuni hayotiy voqealar bilan bog`lay olishi, pedogogik mahoratini oshirishi lozim.
O`quvchi: Mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi.



Tashkiliy qism

5 daqiqa

O`tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

Yangi mavzuni tushuntirish

10 daqiqa

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

O`quvchilarni baholash

5 daqiqa

Uyga vazifa berish

5 daqiqa


Reja:

  1. Vatanga ta’rif berish.

  2. O’quvchilarga muqaddas “Vatan” so’zi mo’tabar “Ona” so’zi bilan yonma-yon rurishni tushuntirish.

3.O’zbekiston – bizning Vatanimiz .
4.“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”.
5.Mustaqilligimiz me’mori haqida tushuncha
Darsning borishi.
.Tashkiliy qism.
O`qituvchi sinfga kirib, o`quvchilar bilan salomlashib, navbatchi orqali davomatni aniqlaydi. Sinf xonaning tozaligiga e’tibor beradi. O`quvchilarning darsga tayyorgarligiga, jumladan, kitob, daftar, ruchkalarining borligiga e’tibor qaratadi.
O’qituvchi: Assalomu alaykum. Aziz o’quvchilar, tarix darsimizni boshlaymiz. Bugungi darsimiz shiori:
Ko’rar ko’zlarning nuri ilmdandir”
O’tilganlar yuzasidan takrorlash savollari

  1. Bizning vatanimiz qayer?

  2. O’zberikton Davlat madhiyasini kim yozgan?

  3. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti kim?

  4. O’zbekiston Respublikasi qachon mustaqil bo’lgan?

  5. Oila bilan vatanni bir-biri bilan taqqoslay olasizmi?

  6. Respublikamizda nechta viloyt borligini bilasizmi?

  7. Vatan haqida se’r ayting.

  8. Tarix haqida qandan ma’lumotga egasiz?.


Darsning texnik chizmasi:
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
YANGI MAVZU BAYONI

Ey Vatanim, osmon bo`lsang,


Men bir yulduz erurman.
Yoki ulkan ummon bo`lsang,
Men bir tomchi suvdirman.

Vatan! Bu so’z zamirida olam-olam ma’no bor . Vatan – aziz muqaddas va mo’tabar yurtdir


“Vatan” arabcha so’z bo’lib ona yurt degan ma’noni bildiradi.
Vatan bu tug’ilgan makon. Kindik qonimiz to’kilgan tuproq. Vatan bu oltin beshik. Ota-onamiz, qarindoshlarimiz va do’stlarimiz yashayotgan zamin.
Vatan – jonajon shahringiz va qishlog’ingizdir. Insonning qalbi orzu-umidlari, quvonchlari va kelajagi Vatani bilan chambarchas bo’liqdir.

O’zbekiston o’tmishda Movorounnahr va Turkiston nomlari bilan atalgan. Ming yillar mobaynida mamlakatimiz hududida xilma-xil dinlar va madaniyatlarga ega bo’lan insonlar tinch totuv yashab kelganlar. Diyorimizning o’zining go’zal tabiati, unumdor tuprog’i bitmas tuganmas boyliklari bilan doim barchaning e’tiborini tortgan.


Dunyodagi zo’ravon kuchlar qaysi bir xalqni o’ziga tobe qilmoqchi, bo’ysundirmoqchi bo;lsa, avvalambor uning buyuk boyligi bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilashga urinadi.
Birinchi prezidentimiz Islim Karimov o’ining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ” kitobida “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelejagi yo’q” deb bejizga ta’kidlamaganlar.

  • Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O`zbekiston- mustaqil davlat. Bu o`z taqdiri va istiqbolini o`zi hal qilishdir, bu millatni ma’naviy, axloqiy, ma’rifiy inqirozdan qutqarishdir: bu o`z yeriga, o`z yer osti boyliklariga egalik qilishdir, bu tenglararo teng bo’lish, keng dunyoga dallollar va vositachilarsiz chiqish, xalqaro munosabatlar o`rnatish, millatlar hamdo’stligiga qo`shilishdir:

  • O`zbekiston mustaqilligining asoslari, qoidalari, shartlari va talablari 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan.

  • “Davlat mustaqilligi haqida” gi qonunda ifoda qilingan. Prezidentimiz Islom Karimovning bu so`zlarida mustaqil davlat bo`lish bizga, yurtimizga, Vatanimizga, xalqimizga inom etgan boyliklar, qulayliklar, huquqlar, imkoniyatlar nechog`lik salmoqli, mazmunli ekanini va bizning xalq, millat, davlat, hudud sifatida ko`tarilishimiz, xalqaro miqyosga chiqishimiz, ajdodlarimizning ulug`ligini munosib ravishda davom ettirish uchun o`zimizning bor imkoniyatlarimizni sarflashimiz kerak. Ongimizdagi sho`ro tuzumi qoldirgan sarqitlarni umuman yo`q qilishimiz kerak, shunda haqiqiy mustaqillikka katta hissa qo’shamiz.


Vatanimizning o’tmishi buyuk, uning kelajagi ham shubhasiz buyukdir. O’tmishdagi buyuklik nimalardan iborat bo’lganligini kelejakning buyuklik yo’lida qanday buyyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligini tarix fanini bosqichma-bosqich o’rganish orqali bilib olasiz.

Download 4.89 Mb.

Share with your friends:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   156




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page