Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 Daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni Bug‘ mashinasidan foydalanish sohasining kengayishi. Vaqtlar o'tishi bilan konstruktor va ixtirochilar bug ‘ mashinasidan boshqa sohalarda ham foydalanishga harakat qilganlar.
Nihoyat, 1806-yilda amerikalik mexanik Robert Fulton bug' bilan hara- katlanadigan birinchi paroxodni yasashga muvaffaq bo‘lgan. Uzunligi 40,5 metr, eni 5,5 metrga yaqin bo'lgan bu paroxodni «Klermon» deb atagan.
Paroxod sinovdan o’tkaziladigan kuni juda ko‘p odam yig‘ilgan. Ular tomoshaga kelishgan edi. Shu vaqtgacha foydalanilib kelingan yelkanli kemalar shamol bo'lsagina suzaredi. R.Fulton yaratgan kemaesa shamolga qarshi ham suza olganligini ko^rgan tomoshabinlar hayratga tushganlar. Sinov paytida paroxod soatiga 8 km tezlik bilan suza olgan. Shu tariqa dengiz kemasozligi asta-sekin shamolga qaramlikdan xalos bo‘la borgan. Paroxodlar borgan sari takomillashtirilib borilgan.
1819-yilda birinchi marta paroxod Atlantika okeanidan suzib o‘tib 26 kunda Amerikaga yetib borgan. Xristofor Kolumb esa bu yerga yelkanli kemalarida 70 kunda yetib borgan edi. Bug' mashina- sidan foydalanish kemasozlik bilan cheklanib qolmagan. 1814-yildaangliyalik konstruktor va ixtirochi Jorj Stefenson bug' bilan harakatlanadigan birinchi parovozni yaratishga erishgan.
Parovoz temir izda sinab ko'rilganida J. Stefenson yaratgan birinchi parovozini «Blyuxer», keyinchalik takomillash- tirgan parovozini esa «Raketa» deb atagan.
Jahonda temiryo’llar qurishning boshlanishi. Temiryo'llarqurish nima uchun zarur edi? Angliya portlariga qaram o'lkalardan juda katta miqdorda xomashyo olib keltirilardi. Ularni mam- lakatning turli shaharlarida qurilgan to'qimachilik fabrikalariga qisqa mud- datlarda va arzon narxlarda tashib berish, fabrikalarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni esa mamlakat portlariga xuddi shu tarzda yetkazib berish zaruriyatga aylangan. Bu zaruriyat temiryo'l qurilishiga olib kelgan.
Nihoyat, 1825-yilda J. Stefenson ikki shahar o'rtasida dastlabki temiryo'lni qurishga muvaffaq bo'ldi. Oradan to'rt yil o'tgach u Angliyaning ikki mashhur shaharlari - Manchester va Liverpul orasida navbatdagi temiryo'lni ham qurdi. Keyinroq dastlabki xalqaro temiryo'l qurilgan. Bu yo'l London shahrini Turkiyaning Istambul shahri bilan bog'lagan. Temiryo'llar keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham qurila boshlandi.
Samolyotning yaratilishi. Odamzod uzoq-uzoq davrlardayoq osmonga parvoz qilishni orzu qilgan. XIX asrning oxiri - XX asr boshlariga kelib odamning bu orzusi ushaldi.
Samolyot (ruscha so‘z - sam - o'zim, le- tat - uchmoq) - o‘zi uchadigan, havodan og'ir uchuvchi mashina.
Olimlar va konstruktorlar dvigateli yonilg‘i (benzin, kerosin) bilan ishlaydigan samolyot yaratish ustida ham bosh qotirganlar.
Nihoyat, 1902-yilda amerikalik aka-uka Uilber va Orvill Raytlar dunyoda birinchi shunday samolyot yaratganlar.
1903-yilda esa 3 metr balandlikda birinchi parvozni amalga oshirganlar. Parvoz atigi 12 sekund davom etgan.
Shu vaqt ichida 30 metr masofa bosib o'tilgan. Pavroz juda qisqa davom etgan bo‘l- sa-da, bu katta tarixiy hodisa edi. Chunki, bu ham uchib, ham qo‘nilgan birinchi haqiqiy parvoz bolgan.
Keyingi yillar da aka-ukalar samolyotni takomillashtirishni davom ettirdilar va soatiga 60 km tezlik bilan uchadigan samolyot yarat- dilar.
1913-yilda esa rossiyalik konstruktor I. Si- korskiy «Russkiy bogatir» deb atalgan ajoyib samolyot yaratdi. U dunyodagi birinchi 4 dvi- gatelli samolyot edi.
Dunyoda samolyot ishlab chiqaradigan davlatlar orasida О‘zbekiston ham bor. Toshkent shahridagi samolyotsozlik zavodida O‘zbekistonning dunyo davlatlari ham tan olgan samolyotlari ishlab chiqarilmoqda.
Bugungi kunda samolyot millionlab kishilaming uzog‘ini yaqin qilmoqda. Ming- minglab tonna yuklar tashilmoqda. Ular safida «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining samolyotlari borligidan g‘ururlanamiz.
V.Baholash: Darsda faol o`quvchilar baholanadi?
IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.
Amerikalik R. Fulton va angliyalik J. Stefensonning ixtirolari haqida so ‘zlab bering.
Qanday omillar Angliyada dastlabki temiryo'Uar qurilishiga sabab bo'lgan?
Asosiy transport vositalaridan biri samolyotning yaratilishi tarixi haqida nimalarni bilib oldingiz?