Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 Daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni Qadimgi Misr va Bobil davlatlari. Yetti mo‘jiza haqida. Qadimgi misrliklar O‘rta dengiz atrofidagi ' mamlakatlarda bunyod etilgan vao‘z salobati, go'zalligi bilan o‘sha zamon odamlarini hayratga solgan inshootlardan yettitasini
«Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi» deb ataganlar. Ular haqida yozma ma’lumotlar ham qoldirganlar.
Misr ehromlari. Qadimgi Misrda vafot etgan fir’avn jasadi uchun avval maxsus «uy» — tobut yasalgan. Bunday «uy» (tobut) sarkofag deb atalgan. Fir’avnning mumiyolangan jasadi unga solingan. Keyin bu sarkofag doimiy turaijoyga— toshdan qurilgan maqbaraga qo‘yilgan. Ana shunday maqbaralar ehromlar deb atalgan. Misr fir’avnlari hayotligi paytlaridayoq o'zlariga katta toshlardan piramida shaklida ehromlar qurdirib qo‘yganlar. Dastlabki ehromni me’ mor Imxotep loyihalashtirgan.
Kitoblarda yozilishicha, ehromlarning eng ulkanini fir’avn Xeops qurdirgan. Uning balandligi 146,5 metr, poydevorining to‘rt tomoni esa 233 metr bo‘lgan. Xeops ehromini qurish uchun 2 million 300 mingta tosh sarflangan. Eng kichik toshning og‘irligi 2,5 tonna bo‘lgan. Ehrom toshlariga shunday ishlov berilganki, birining ustiga ikkinchisi qo'yilganda ular judayam
zich yopishib turgan.