I bob. Adabiyotlar sharhi


Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining osmotik bosimi



Download 0.73 Mb.
Page12/25
Date07.05.2024
Size0.73 Mb.
#64193
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
I bob. Adabiyotlar sharhi
Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining osmotik bosimi. Muvozanat qaror topgandagi gidrostatik bosim osmotik bosimga ekvivalent bo’ladi. Vant-Goffning klassik qonuniga muvofiq suyultirilgan ideal eritmaning osmotik bosimi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
PV=nRT n=CV/M PV=CV/M*RT P=C/M*RT M=CRT/P

Bunda: P – osmotik bosim; C – konsentrasiya; M – erigan moddaning molekulyar massasi; R – universal gaz doimiysi; T – absolyut temperatura.


Yuqori molekulyar birikma (YuMB) larning juda suyuq eritmalarida kinetik birlik rolini yaxlit molekulaning o’zi, konsentrlangan eritmasida esa uning ayrim bir bo’lagi – segmenti bajarishi bizga ma’lum. Shuning uchun konsentrasiyaning ortishi bilan eritmadagi birlik miqdori ortib boradi, ammo ortish darajasi konsentrasiyaga nisbatan tezroq bo’ladi, chunki polimer egiluvchan molekulada shartli segment soni ko’p. Osmotik bosim eritmadagi zarracha (segment) soniga bog’liq bo’lgani uchun konsentrasiya ortishi bilan eritmaning osmotik bosimi konsentrasiyaga nisbatan tezroq ortadi. Shularga asoslanib, Flori va Xaggins polimerlarning suyultirilgan eritmasi konsentrasiyasi bilan uning osmotik bosimi o’rtasidagi quyidagi nazariy bog’liqlikni aniqladilar:
P = RT/M*C +BC2 + Cc3 bu tenglamadagi c ning kub va undan yuqori darajadagi qiymatlarini e’tiborga olmasak, quyudagi tenglamaga ega bo’lamiz: P= RT/M*c + Bc2 bu tenglamadagi konstanta B erituvchining tabiatiga bog’liq bo’lib, erigan moddaning molekulyar massasiga bog’liq emas. Agar c ning qiymati kichik bo’lsa, tenglamaning o’ng tomonidagi ikkinchi a’zo qiymati nolga yaqinlashadi va ifoda Bant-Goff tenglamasi shaklini oladi .
Ta’sir kuchli bo’lganligi uchun makromolekula chiziqsimon konformasiya shaklida bo’ladi. ϴ-holatda u o’rama shakliga o’tadi va yomon erituvchida makromolekulaning konformasiyasi g’ujanak shaklga (o’ramadan ham zichroq shakl) o’tadi. Shtaudinger tenglamasi ([η]=KMα) dagi α ning qiymati ham makromolekulaning konformasion shakliga bog’liq bo’lgani uchun uning qiymatlari yaxshi erituvchida 0.5 dan katta, ϴ-holatda 0.5 ga teng va yomon erituvchida 0.5 dan kichik bo’ladi [3], [23].



Download 0.73 Mb.

Share with your friends:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page