Kurs ishining hajmi. Kirish qismi, 3ta bob, 5ta bo`lim hamda 32 sahifadan iborat. Undan so`ng xulosa va foydalanilgan adabiyotlar bilan tugallanadi.
Bu qabilaga mansub turlar daraxt, buta va o’tsimon o’simliklar kiradi. Barglari navbatlashib yoki qarama- qarshi joylashgan ,oddiy yoki murakkab . Gullari qo’sh jinsli yoki aloxida jinsli. Gulqo’rg’oni 5a’zoli, changchilari ko’p, urug’chisi apokarp, qisman sinokarp.
Mevasi turli-tuman tuzilishi (yong’oqcha, danak yokiboshoqcha).
Oilaning 120 turkumga mansub 2000 dan ortiq turi Shimoliy yarimsharlarning o’rta iqlimli mintaqalarda tarqalgan. Xamdo’stlik mamlakatlarda 50 turkumga mansub 700 dan ortiq tur shu jumladan O’rta Osiyoda 38 turkum 263 turga mansub o’simliklar o’sadi.
Oila tarkibiga Yevropa,Osiyo va Amerikaning o’rta iqlimli mintaqalarda tarqalgan mevali daraxtlarning aksaryat qismi kiradi.
Mevasi vitaminlarga, karbonsuvlarga organik kislotalarga va efir moylarga boyligi bilan ajralib turadi Shu sababli ular oziq – ovqat uchun muxim axamyatga ega.
Share with your friends: |