Suzish(swim) mo‘l-ko‘lchilik pulda suzish, ko‘z yoshlarda suzish
Kemada suzish, oqim bo‘ylab suzish (sail, drift) to‘siqsiz, cheklanmagan harakat Siyosiy partiya o‘z oqimi bo‘ylab erkin suzdi.
Suzish (float) shaklsizlik, beqarorlik Bu matnni o‘qiyotganimda so‘zlar ko‘z o‘ngimda suzib ketyapti.
Yuqoridagi misollardan ayon bo‘ladiki, ingliz tilidagi “suzish” fe’lining aniqlangan ma’nolari uchta semantik freym hosil qilyapti. Shu bilan birgalikda, ta’kidlash mumkinki, o‘zbek tilidagi suzmoq fe’li ham yuqoridagi barcha semantik holatlarda inglizcha muqobili bilan koleksifikatsiya jarayoniga kirishadi.
Umumiy olib qaralganda, semantik tipologik tadqiqotda farqlar, tafovutlar muhim ahamiy kasb etadi. Aynan tilshunoslikning ushbu sohasi bir necha tillar o‘rtasidagi tafovutlarning shartlanganligi hamda tizimlashganligini o‘rganishga harakat qiladi. Shu yo‘l orqali quyidagi fundamental nazariy savollarga javob topiladi.
Bir necha tillar o‘rtasida mavjud bo‘lgan ma’lum hodisaning farqlilik jihatlarini belgilab beruvchi mezonlar nimalardan tashkil topgan?
Ushbu mezonlar asosan qanaqa shakllarda o‘zaro namoyon bo‘ladi?
Nazariy jihatdan dalillangan hamda faraz qilingan shakllar o‘rtasidagi umumiyliklar nimalardan iborat?
Ma’lum bir lingvistik hodisa doirasida aynan nima umumiy-universal va nima faqatgina bir tilgagina hos hususiyat hisoblanadi?
Tadqiqot natijalaridan olingan turli lingvistik tipologik xususiyatlar va umumiy xulosalarni atrof-muhitdagi shart-sharoitlar, biologik hamda ijtimoiy-tarixiy va madaniy muhitdan kelib chiqqan holda izohlash mumkin. Shu yo‘sinda, semantik tipologik sohaning pragmatika va ijtimoiy lingvistika sohalari bilan uzviy aloqasi namoyon bo‘ladi.
Yig‘i fe’llari barcha muomaladagi til leksikonining holatni ifodalovchi asosiy segmentlaridan biri hisoblanadi. Ushbu guruhga kiruvchi so‘zlarning kundalik qo‘llanilish chastotasi barcha uslublarda unchalik baland bo‘lmasada, ular jarayon borayotgan vaqtda emotsiyani va holatni ifodalashda asosiy vosita hisoblanadi. Shu sababli ham ushbu semali fe’llar allaqachon badiiy adabiyotning ajralmas qismlaridan biriga aylanib ulgurgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yig‘i semali fe’llar insoniyatga hos jamiki kayfiyat, ruhiy-emotsional holatni o‘zida aks ettirib, turlanib, son jihatdan yetarlicha bo‘lgan leksik guruhni tashkil qiladi. Qiyosiy tadqiqotimizning asosiy obyekti bo‘lgan har ikkala til (ingliz va o‘zbek) ham leksik komponentlarga boy yig‘i fe’llari guruhiga ega. Ularga chuqurroq tahliliy nazar tashlashdan oldin ingliz va o‘zbek tillarida mavjud bo‘lgan yig‘i fe’llari guruhini berib o‘tishni lozim topdik. Tahlillar davomida berib boriladigan jadvallarda ilmiy an’anaga muvofiq fe’llarni harakat nomi shaklida ilova qilamiz. Zotan, u lingvistik tayanch, asos hisoblanib, unda fe’lning leksik ma’nosi grammatik ma’nolardan holi bо‘ladi hamda harakatni asl kо‘rinishida ifodalaydi.13 Darhaqiqat, shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini ifodalovchi fe’llar holat fe’llari sanaladi. Aynan “yig‘lamoq” yoki umumiy holatda “yig‘i” semali fe’llar insonning ruhiy holati, ichki kechinmalari va vaziyat taqozosida yuzaga keladi. Fe’llarning turli ko‘lam va darajadagi semantik taksonomiyasini yaratishga bo‘lgan qiziqish va urinishlar bir necha olimlar tomonidan amalga oshirilgan va odatda “yig‘i” semali fe’llar holat fe’llari guruhidan o‘rin egallagan. Fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko‘ra bir necha ma’no guruhlariga ajraladi:
1.Yumush fe’llari
2.Tafakkur fe’llari
3.Sezgi fe ’llari
4.Ruhiy holat fe’llari
5.Nutq fe’llari
6.Ishora fe’llari
7.Jismoniy holat fe’llari
8.Tabiiy holat fe’llari
9.Ko‘rish fe’llari.
Ushbu fe’l turlarining har qaysisi bir necha fe’llarni o‘z ichiga oladi. Bu fe’llar harakat-holat ma’nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi.14 Turkiy tillardagi so‘z turkumlarini semantik jihatdan guruhlarga ajratish tashabbusini amalga oshirishda A.K.Dmitriyev ilg‘orlik qilgan. U fe’llarni to‘rtta farqli semantik guruhlarga ajratgan.15 1.Nutq fe’llari
2.Sezgi ifodalovchi fe’llar
3.Faoliyat fe’llari
4.Harakat fe’llari
Yana bir tilshunos olim G.Quliyev “Turkiy tillarda fe’l boshqaruvi” mavzusida yozgan nomzodlik dissertatsiyasida fe’llarni yanada kengroq va izchilroq o‘rganib,ularni quyidagi ma’noviy guruhlarga ajratadi:16 Ish faoliyat fe’llari
Sezgi ifodalovchi fe’llar
Nutq fe’llari
Ko‘rish fe’llari
Tafakkur fe’llari
Harakat fe’llari
Ruhiy holat ifodalovchi fe’llar
Tovushga taqlidiy so‘zlardan yasalgan fe’l
Taqlidiy so‘zlardan yasalgan fe’llar
Ingliz tilida ko‘plab uchraydigan fe’llarning ma’noviy turlarga ajratilishi ustida izlanish olib borgan tilshunoslar sifatida Sager (1981), Pinker (1989), Jakendof(1990), Levin(1993) va Rudanko(1996,2000)larni keltirishimiz mumkin.
Tadqiqotimizning fokusi “yig‘i” umumiy semali fe’llariga qaratilgan. Dastavval, uzoq tarixiy asarlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, buyuk bobomiz Mir Alisher Navoiy о‘zining “Muhokamatul-lug‘atayn” asarida (ingramoq)-(singramoq)-(yig‘lamoq)-(siqtamoq)-(о‘kurmoq)-(hay-hay yig‘lamoq) leksemalari qatorini ma’nodoshlar (sinonimlar) sifatida qayd etgan. U ushbu hodisani bir asosiy tushuncha: “yig‘lamoq” tushunchasining kо‘rinishlari, turlari deb bergan. Alisher Navoiy tilimizdagi ingramoq va singramoq fe’llari mazmuni orasida farqning deyarli sezilmas darajada ekanligi, ularning semantik jihatdan ohista, yashirin yig‘lashni anglatishi, siqtamoq fe’lida esa bu harakatning o‘ta mubolag‘ali aks etishini “forsiyda bu mazmunki bo‘lmag‘ay, shoir ne chora qilg‘ay? Va siqtamoqkim, yig‘lamoqda mubolag‘adur, turk bu nav ado qilibdurki, Bayt:
Ul oyki, kula-kula qirog‘latti meni,
Yig‘latti meni demayki, siqtatti meni. “deb izohlaydi.
Shu o‘rinda Alisher Navoiy “yig‘lamoq” ma’nosini ifodalovchi fe’llar sinonimik qatorida turuvchi o‘kurmoq fe’lida kuchli ovoz chiqarib yig‘lash, inchkirmoq fe’lida esa ingichka ovoz bilan yig‘lash ma’nosi ifodalanishi misollar asosida tahlil qilib bergan. Navoiy “Chun o‘kurmak muqobalasida forsiy tilda lafz yo‘qtur, forsiygo‘y shoir muningdek g‘arib mazmun adosidin mahrumdur. Yana yig‘lamoqning o‘kurmaki muqobalasida inichkirmak dag‘i bor va ul inchka un bila yig‘lamoqdur” deyish bilan turkiy til ifoda imkoniyatlarining forsiy tiliga qaraganda ustunligini ko‘rsata bilgan.17 Ushbu tahlil asosida fe’llarni quyidagicha ma’noviy darajalanish shaklida joylashtirishimiz mumkin:
Shuningdek, R.Rasulov aynan holat fe’llari doirasida olib borgan tahlili davomida18 “о‘zbek tilidagi holat fe’llarida reallashuvchi logik subyekt holati davomli, harakat natijasi, ijro, harakatning holati, malaka, obrazli, biologik, fiziologik va psixik holat kabi kо‘rinishlarda sodir bо‘ladi. Demak,obyektiv borliqdagi turlicha holatlarni aks ettiruvchi holat fe’llari semantikasining murakkab xarakteri mantiqiy ravishda holat fe’llarining nazarda tutilgan 9 tipdan iborat semantik guruhlanishiga olib keldi” deya ta’kidlagan va tahlil qilinayotgan “yig‘i” umumiy semali fe’llar tarkibidagi aynan yig‘lamsiramoq va yoshlanmoq fe’llarini leksik-semantik jihatdan fiziologik holat fe’llari tarkibiga qo‘shgan. Zero, bu o‘zbek tilida “yig‘i” semali fe’llar alohida tadqiqot obyekti sifatida tahlil qilinganini anglatmaydi. Shu bilan birgalikda, ingliz tilida ham aynan ushbu fe’l fokusida olib borilgan mufassal izlanishlar ko‘zga tashlanmaydi.