Atrof-olam-majmua


Ilovalar ……………………………………………….………….88-bet



Download 1.38 Mb.
Page2/62
Date21.11.2023
Size1.38 Mb.
#62660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
MAJMUA-(T.F)MAKTABGACHA YOSHDAGI-2023-24
5. Ilovalar ……………………………………………….………….88-bet
Fan dasturi ……………………………………….………………..89-bet
Ishchi fan dasturi (sillabus) ……………………………………..97-bet
Tarqatma materiallar …………………………………………..…109-bet
Testlar ………………………………………………..………….….117-bet
Baholash mezonlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar……………..137-bet
Boshqa materiallar..………………………………………………140-bet
O‘UM ning elektron variant


7- SEMESTR
FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
1-Ma’ruza: “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi” fanini o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari.
Reja:
1. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi” fanining maqsadi va vazifalari.
2. Kuzatish MTT da tabiatni o‘rganishning yetakchi usuli hisoblanadi.
3. Tizimli va epizodik kuzatuvlar o‘tkazish uslubiyati.
Tayanch tushunchalar: Og‘zaki, hikoya, suhbat, kuzatish, epizodik kuzatuv, tizimli kuzatuv, fokuslar, vizual, texnik, ko‘rgazmali vositalar.
Atrofimizdagi olam fanining maqsadi va vazifalari.
Fanning asosiy maqsadi bolalarni tabiat bilan tanishtirish orqali jonli va jonsiz ob’ektlar haqida to‘liq ma’lumot berish, maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada bolalarni tabiat bilan tanishtirish maqsadida o‘tkaziladigan metod va shakllarni o‘rganish, «Ilk qadam» davlat dasturining tayanch yo‘llarini bilib olishga yordam berish.
Fanning vazifasi maktabgacha tarbiya yoshida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida ularga ta’lim -tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish, bolalarda tabiat hodisalari, o‘simlik, hayvon hamda insonga bo‘lgan muhabbat haqidagi tushuncha va tasavvurlarni kengaytirish, oddiy ko‘nikmalarini hosil qilish, so‘z boyligini oshirish va yangi tushunchalarni hosil qilishdan iborat.
Bolalarni tarbiyalashda tabiatning ahamiyati. Bu bolaning o‘sib tug‘ilgan joyi haqidagi boshlang‘ich bilimlarni bilishi, Yer haqidagi asosiy bilimlarni kengaytirish va Yerga bo‘lgan munosabatning aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tomondan rivojlantirishdan iborat. Tabiat — bitmas-tuganmas xazinadir. O‘simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi. Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir.
Jonsiz tabiatga Yer, Quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivojlanmaydi.
Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas. Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yorug‘lik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi. Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma‘naviy boyitishning bitmastuganmas manbayidir. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta‘minlashda ekologik ta’lim -tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an‘analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma‘naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
Pedagogikada metod — pedagog va ta’lim oluvchining (bolaning) ma‘lum ta’lim -tarbiyaviy natijasi: bilimlarni egallash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, qobiliyatlarni o‘stirish, axloqiy sifatlar, xulq odatlarni shakllantirishga erishish uchun yo‘llangan hamkorlikdagi faoliyati usulidir. Bolalar bog‘chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi.
Tabiat bilan tanishtirish metodlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi:
Ko‘rgazmali metod — kuzatish, rasmlarni ko‘rish, diafilm, kinofilm, ekskursiyalar;
Amaliy metod — o‘yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar;

Download 1.38 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page