O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 1.42 Mb.
Page18/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
Yechilishi:
1. Shaharda joylashgan binolarning qurilish hajmini aniqlaymiz. Ko’p qavatli uylar uchun:
Shaxsiy xonadonlar uchun:





Isitiladigan jamat binolari uchun:



2. Ikki va undan yuqori qavatli uylarni isitish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdorini aniqlaymiz:



3. Shaxsiy xonadonlarni isitish uchun ketadigan issiqlik miqdorini anqlaymiz:


4. Jamoat binolarini isitish uchun ketadigan issiqlik miqdorini anqlaymiz:


5. Isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdorini anqlaymiz:

6. Isitish uchun sarflanadigan gaz miqdorini aniqlaymiz:

3-жадвал





2,51-2,91

1,62-2,09

1,46-1,67

1,26-1,67

3,7

Binolarning qavati

1

2-3

4-5

6 va yuqori

Shaxsiy xonadon

Nazorat savollari

  1. Sutkalik notekislik nima?

  2. Haftalik va oylik notekisliklar haqida gaprib bering.

  3. Mavsumiy notekislik nima?

  4. Gaz iste’moli notekisliklarini me'yorlash nima?



YER OSTI GAZ OMBORINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA SHAROITLARI
Reja
4.1.Yer osti gaz omborlari maqsadi, o’rni va sinflari
4.2. Yer osti omborining geografik joylashuvi va sharoitlari
4.3.Yer osti gaz omborlarini qurish uchun qatlamning yotish chuqurligi
4.4. Yer osti ombori uchun strukturalar qidiruvi


Adabiyotlar(1,4,6,7,12)


4.1.Yer osti gaz omborlari maqsadi, o’rni va sinflari
Gazni yer ostida saqlash inshootlari (GEOSI) yagona gaz ta’minoti tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, gaz iste’molidagi har xillikni tartibga solish, uzoq muddatli va operativ gaz zahiralarini yaratish uchun mo‘ljallangan. Gazni yer ostida saqlash inshootlarining vazifasi va roli ularni barpo etish jarayonida va ishlatishda gaz transporti tizimi taraqqiyoti, gazga ehtiyoj ko‘paygan davrda va boshqa sharoitlar bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. GEOSIda gazni qabul qilish, haydash, saqlash va olish ishlari amalga oshiriladi.
Ekologik ekspertizadan o‘tkazilgan va buyurtmachining vakili tomonidan tasdiqlangan texnologik sxema va texnik jihozlash loyihasi yangi GEOSI ni qurish va faoliyat ko‘rsatayotganlarini kengaytirishda asosiy hujjatlar hisoblanadi. Tasdiqlangan texnologik sxemadan chetga chiqishga olib keladigan barcha o‘zgarishlar tegishli to‘ldirishlar yoki tuzatishlarda yoritiladi hamda buyurtmachining vakili tomonidan tasdiqlanadi.
Sun’iy gaz qatlami hosil qilinadigan g‘ovak muhitning turiga qarab yer osti inshootlari quyidagi turlarga ajratiladi:
a) suvli qatlamlarda;
b) ishlatib bo‘lingan gaz, gazkondensat va neft konlarida.
Gazni saqlash uchun tanlangan obyektlarning geologik tuzilishi murakkabligiga qarab saqlash inshootlari quyidagilarga ajratiladi:
a) sodda geologik tuzilishli – razvedka qilingan maydon doirasida jinslarning litologik tarkibi, ularning kollektorlik xususiyatlari va maxsuldorligining nisbatan saqlanganligi bilan tavsiflanadi;
b) murakkab geologik tuzilishli – tektonik buzilishlarning rivojlanishi, jinslarning litologik tarkibidagi farqlar, alohida bloklarning izolyatsiyalanganligi, o‘tkazuvchanligi pasaygan ekranlashtiruvchi hududlarning mavjudligi va h.k.lar bilan tavsiflanadi.
G‘ovak qatlamda hosil kilingan sun’iy uyumni shakliga ko‘ra GEOSI qatlamli va massiv, razvedka qilingan maydon doirasida bir-biridan izolyatsiyalangan gorizontlar (saqlangan qatlamlar) yoki ishlatib bo‘lingan uyumlarning mavjudligiga ko‘ra bir va ko‘p qatlamli turlarga ajratiladi.
Joylashish amplitudasi va strukturaviy tutgichning turiga ko‘ra saqlash inshootlari quyidagilarga ajratiladi:
a) monoklinal;
b) antiklinal strukturalarda kam amplitudali (tutgich amplitudasi qatlam quvvatiga teng yoki undan ko‘pi bilan ikki baravar ortiq);
v) antiklinal sgrukturalarda katta amplitudali tutgichli saqlash inshootlari (tutgich amplitudasi qatlam quvvatidan ikki baravar va undan ko‘pga ortiq;
g) litologik ekranlashgan tutgichli saqlash inshootlari.
Ishlatish jarayonida qatlam energiyasining hosil bo‘lish darajasi bo‘yicha saqlash inshootlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:
a) sof gaz rejimidan chetlashish 10% dan ortiq bo‘lmagan gaz rejimida;
b) sof gaz rejimidan chetlashish 10% dan ortiq bo‘lgan suv bosimi rejimida;
v) aralash rejimdagi.
Ishlatib bo‘lingan konda suyuq uglevodorodlar bor yoki yo‘qligiga karab GEOSIlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) neft hoshiyasisiz yoki sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan neft hoshiyali;
b) sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan neft hoshiyali;
v) sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan qoldiq neftga to‘yingan;
g) qoldiq gaz kondensatli.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page