O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 1.42 Mb.
Page35/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
Gazni olish - gaz ishlab chiqarish quduqlaridan aloxidagi uzatgich quvur (shleyf)lar orqali gaz tarqatish punktiga keladi. Gaz bosimi rostlovchi (redusiyalovchi) shtuser (16) orqali redusiyalanadi. Yer osti gaz omboridan chiqayotgan gaz o'zi bilan birga kollektor qatlamdan qum va namgachiliklarni olib chiqadi. Gaz bu aralashmalardan shtuserning ikki tomonida joylashtirilgan birinchi (17) va ikkinchi (15) bosqich separatorlarida tozalanadi. Separatorlardan sung gaz qurutish qurilmasi (14) ga keladi va u yerdan magistral quvurga yuboriladi. Gazni qurutish dietilenglikol yordamida amalga oshiriladi.
10.2. GEOSIDA GAZ MIQDORINI O‘LCHASH VA HISOBGA OLISH
Saqlash inshootini o‘zlashtirish va uni sanoatda ishlatishga kiritish boshlanishi bilan saqlash inshootini yaratish uchun foydalaniladigan, ishlatish vaqtida haydaladigan va olinadigan gaz miqdorini, texnologik operatsiyalar uchun gaz sarfini, shuningdek gazning barcha turdagi yo‘qotilishlarini o‘lchash va hisobga olish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
Alohida quduqlar bo‘yicha sutkalik sarflarni hamda haydaladigan va olinadigan gazning umumiy miqdorini o‘lchash, gazni hisobga olishga doir hujjatlarni yuritish ishlari GEOSIning nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonaning o‘z ehtiyojlari va rejalashtirilgan texnologik operatsiyalarni o‘tkazish uchun ishlatiladigan gazning hamda avariyalar tufayli yuzaga kelgan yo‘qotilishlarning miqdorini hisobga olish inshootning tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan sarflar va avariyalar bo‘yicha ma’lumotlar kamida bir oyda bir marta geologiya xizmatiga kelib tushishi va gaz balansi jurnalida qayd etilishi kerak.
Gazning avariya vaziyatlarida chiqib ketishi, gaz-suv konturi chegarasidan tashqariga chiqishi, oqib ketishi tufayli yuzaga kelgan qaytarilmaydigan hajmlar, meyordan ortiq sarflar "Sanoatgeokontexnazorat" DI bilan kelishilgandan keyin hisobdan chiqariladi.
GEOSI geologiya xizmati mualliflik nazoratini olib boruvchi loyiha tashkiloti bilan birgalikda har yili kon tadqiqotlari asosida hisoblash yo‘li bilan saqlash inshootidagi gaz miqdorini aniqlaydi. Olingan ma’lumotlar hisobot gaz balansi bilan solishtiriladi va natijalar gazni hisobga olish jurnalida qayd etiladi.



Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page