O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 1.42 Mb.
Page44/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
Nazorat savollari

  1. Gazni saqlash jarayonida haydovchi - ishchi quduqlarni tadqiqot qilishdan maqsad nima?

  2. Texnik-iqtisodiy ko'rsatgichlariga quyiladigan talablar.

  3. Mavsumiy notekisliklar deganda nimani tushinasiz?



ISHLATIB BO'LINGAN NEFT KONLARIDAGI YER
OSTI GAZ OMBORLARI
Reja
13.1. Yer osti gaz omborini qurish va ishlatishda foydalanish uhun kon ajratmalarini berish va rasmiylashtirish
13.2. Ishlatib bo‘lingan gaz, gaz kondensati va neft konlariga qo‘yiladigan talablar
13.3. Saqlash ob'ekti yaroqliligini baholash
13.4. Gazni omborda saqlashda neft qatlamida sodir bo'ladigan jarayonlar
13.5. Yer osti omborining maksimal hajmini aniqlash


Adabiyotlar (1,3,7,8,14)


13.1. Yer osti gaz omborini qurish va ishlatishda foydalanish uhun kon ajratmalarini berish va rasmiylashtirish
GEOSI uchun kon ajratmasi saqlash inshootining qurilishi boshlangunga qadar uni qurish va ishlatishda yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi kon ajratmasi berilishi ko‘zda tutilgan O‘zbekistoy Respublikasining amaldagi «Yer osti boyliklaridan foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun kon ajratmalari berish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomiga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvardagi 19-son qaroriga 1-ilova) muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
Kon ajratmasini olish uchun korxona texnologik sxemaning muallifi bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) tushuntirish xati va quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
GEOSIning ma’muriy o‘rni;
maqsad va vazifalari;
qurish va ishlatishni bajaradigan tashkilotning nomi;
so‘ralayotgan kon ajratmasi ustidagi hudud to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, ya’ni unda korxonalar, obyektlar va qishloq xo‘jalik yerlari mavjudligi;
saqlash inshootining asoslangan chegaralari, gaz haydash uchun mo‘ljallangan gorizontlar ro‘yxati va tavsifi.
GEOSI uchun kon ajratmasi chegaralari qatlamlarga saqlash inshootini qurish loyiha hujjatlarida ko‘zda tutilgan maksimal gaz hajmini haydashda yuzaga keladigan tashqi kontaktning tarqalish konturlari bilan belgilanadi.
Agar saqlash inshooti ishlatib bo‘lingan neft, gaz kondensati va gaz konlari asosida barpo etilayotgan bo‘lsa, neft, kondensat, gaz va qo‘shimcha komponentlarning balans va olinadigan qoldiq zahiralari miqdori to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu zahiralarni saqlash inshootini ishlatadigan tashkilot balansiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida dalolatnoma ilova qilinadi.
Xatning yakunlovchi qismida saqlash inshootlarini qurish va ishlatish vaqtida korxona tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan talablar ro‘yxati beriladi.
b) saqlash inshootini barpo etish va ishlatish texnologik sxemasidan ko‘chirma, qatlamlar soni va ularning har biri bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar:
faol va bufer gaz hajmlari, o‘zlashtirish davri, ishlatish jarayonida ruxsat etiladigan bosim (maksimal va minimal);
qatlamda gazning tarqalish maydoni (ga);
burg‘ilash ko‘zda tutilgan quduqlar fondi, burg‘ilash tartibi, quduqlarning konstruksiyasi;
quduqlarni germetikligi bo‘yicha sinash usuli va davriyligi, avval burg‘ilangan barcha quduqlarning holatini tekshirish dalolatnomasi keltiriladi.
v) ishlatilgan yoki suvli gorizontlarning GEOSI uchun foydalanishga yaroqliligi, berkituvchi tog‘ jinslarining ishonchliligi va germetikligi to‘g‘risida ilmiy-tadqiqot instituti (texnologik sxema muallifi)ning xulosasi;
g) loyihalar bo‘yicha ekologik ekspertiza xulosalarining nusxalari;
d) tanlangan struktura yoki gorizontning GEOSIni qurish va ishlatish uchun yaroqliligi, gaz o‘tkazuvchi dizyunktiv buzilishlar va saqlash inshootidan boshqa tabiiy yo‘qotilish manbalari yo‘qligi to‘g‘risida Davgeonazorat organlarining xulosasi;
e) saqlash inshootini barpo etish va ishlatishning texnologik sxemasini tasdiqlash to‘g‘risida yuqori turuvchi neft-gaz kompaniyasi bayonnomasining nusxasi;
j) saqlash inshootining qurilishi ko‘zda tutilgan hududdagi yer egalari bilan kelishilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma;
z) yuridik shaxslarning tasarrufidagi ishlayotgan yoki vaqtincha konservatsiya qilingan konning ishlab bo‘lingan uyumlarida saqlash inshooti qurish uchun roziligi;
i) saqlash inshooti va uning obyektlarini qurishga yer maydoni ajratish uchun tegishli hokimiyat va yerdan foydalanuvchining roziligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar;
k) grafik materiallar:
kon ajratmasining chegaralari tushirilgan topografik reja nusxasi;
GEOSI obyektlari ko‘rsatilgan qurilishlarning bosh rejasi;
gazni saqlash inshooti uchun mo‘ljallangan har bir qatlam bo‘yicha gazning tarqalish konturi chegaralari ko‘rsatilgan strukturaviy xaritalar;
jamlama geologik kesim;
saqlash inshootining kesishma va yoyilma geologik kesimlari.
Geologik xarita o‘rniga har bir qatlam bo‘yicha fatsial o‘zgaruvchanlik xaritasi va gaz tasviri xaritasi ilova qilinadi.
Xarita va kesim masshtablari 1:25000 dan kichik bo‘lmasligi kerak (geologik kesimlarni tuzishda ko‘rinishni yaxshilash uchun vertikal va gorizontal masshtablarni o‘zgartirishga ruxsat etiladi).
Saqlash inshooti bo‘yicha rasmiylashtirilgan kon ajratmasi ustida "Sanoatgeokontexnazorat" DI va inshootni ishlatuvchi korxonalar bilan kelishmasdan gaz saqlash inshootini ishlatish bilan bog‘liq bo‘lmagan obyektlarni qurishga ruxsat etilmaydi.



Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page