Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli) – aksiya egasiga to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog‘ozning Shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg‘arishga, soliq to‘lashga va Shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aksiya miqdoriga bog‘liq va hamda odatda ssuda foizidan Yuqori bo‘ladi.
Odatdagi aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori hissadorlik jamiyati joriy yilda olgan foyda miqdoriga bog‘liq. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori esa joriy yildagi foyda miqdoridan qat’iy nazar qayd qilingan foiz shaklida o‘rnatiladi. Jamiyat tugatilgan taqdirda imtiyozli aksiya egasiga aksiya qo‘yilgan mablag‘ uning nominal qiymati bo‘yicha qaytariladi.
Hozirgi kunda bizning respublikamizda korxonalarni aksionerlashtirishning ikkita yo‘nalishi tarkib topdi: birinchi yo‘nalishda o‘zining huquqiy maqomi o‘zgartirmaydigan, davlat mulki bo‘lib qoladigan korxonalar, ikkinchi yo‘nalishda o‘zining huquqiy maqomini o‘zgartirib to‘liq hissadorlik jamiyatiga aylangan korxonalar aksiya chiqaradi.
Respublikada hissadorlik jamiyatlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi davlat mulkchiligidagi yirik va o‘rta korxonalarni keng ko‘lamda hissadorlikka o‘tkazish, ular negizida ochiq hissadorlik jamiyatlarini tuzish hisoblanadi. Shu bilan birga ilgari tuzilgan yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari ochiq turdagi jamiyatlar qilib qayta tuzilishi ko‘zda tutilgan. Buning ma’nosi Shuki, hissadorlikka o‘tish jarayoni respublika aholisining keng qatlamlari uchun, Shuningdek, horijiy jismoniy va huquqiy shaxslar uchun ochiq bo‘lishi lozim. Bunga qimmatli qog‘ozlarning ochiq savdosini o‘tkazib turish, fond birjasining faoliyatini kengaytirish, investitsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari, kliring va agentlik tarmoqlarini tashkil qilish orqali qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini vujudga keltirish orqali erishiladi.
Share with your friends: |