1-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi. Quyidagi 2-chizmada esa AQSH va boshqa ayrim mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl ko‘rsatilgan. Siklning eng Yuqori nuqtasida iqtisodiyotda to‘liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to‘liq yoki deyarli to‘liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi, iqtisodiy faollikning o‘sishi to‘xtaydi.