Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiy inqiroz – ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishi.
Iqtisodiy sikl – ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati.
Turg‘unlik (depressiya) – ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart–sharoitlarning vujudga kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy sikl fazasi.
Jonlanish – iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi.
YUksalish – iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to‘liq bandlikka erishilishi, ishlab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to‘lovga layoqatli talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi.
Tarkibiy inqirozlar – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat.
Agrar inqirozlar – qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo‘lib, siklli tavsifga ega bo‘lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi.
Share with your friends: |