Erkin savdo to‘g‘risida SHimoliy Amerika bitimi (NAFTA) 1994 yildan boshlab amalda bo‘lib, o‘z ichiga AQSH, Kanada va Meksikani qamrab oladi.
Bu mamlakatlarning o‘zaro savdo va kapital harakati asosidagi iqtisodiy aloqalarining miqyoslarini quyidagi ma’lumotlar orqali tasavvur etish mumkin: AQSHda Kanada eksportining 75-80% (yoki Kanada YAMMning 20%) sotiladi. Kanadadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tarkibida AQSHning ulushi 75%dan, Kanadaning AQSHdagi ulushi esa 9%dan ortiq. AQSHga Meksika eksportining 70%dan ortig‘i yo‘naltirilib, AQSHdan Meksikaga 65% import kelib tushadi.
SHimoliy Amerika integratsion guruhining mavjud tarkibi Evropadagi integratsiya modelidan farq qilib, bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- AQSH, Kanada va Meksika o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro aloqalarning teng nisbatlarda emasligi;
- bu guruh a’zolari rivojlanganlik darajasining keskin farq qilishi.
Erkin savdo to‘g‘risida SHimoliy Amerika bitimi (NAFTA)ning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
- 2010 yilga qadar barcha bojxona to‘lovlarini bekor qilish;
- tovar va xizmatlar savdosidagi tarifsiz to‘siqlarning ahamiyatli qismini bosqichma-bosqich tugutib borish;
- Meksikadagi SHimoliy Amerika kapital qo‘yilmalari uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;
- Meksika moliya bozorida AQSH va Kanada banklarining faoliyatini erkinlashtirish;
- AQSH, Kanada va Meksika arbitraj komissiyasini tashkil etish.
Shuningdek, kelgusida nafaqat NAFTA doirasida ichki mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, balki boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlari hisobiga uning tarkibini kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda.
Share with your friends: |