Iqtisodiyot va menejment



Download 1.47 Mb.
Page220/491
Date16.05.2021
Size1.47 Mb.
#56636
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   491
Iqtisodiyot va menejment
Xulosalar:


  1. Ishlab chiqarish xarajatlari – iqtisodiyot nazariyasining eng muhim tadqiqot kategoriyalaridan biridir. Uning vazifasi korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning miqdori va tarkibini aniqlashdan iborat.

  2. Xarajatlarni tadqiq qilish Shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotdan olingan pul tuShumi nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashi, balki foyda olishni ham ta’minlashi kerak. Foyda – tadbirkorlik faoliyatining mazmunini anglatadigan, uni harakatga keltiruvchi omildir. Ammo bu maqsadga erishish ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etish iqtisodiy tahlilning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

  3. Tadbirkor korxona xarajatlari va foydasiga turlicha yondashadi. Muauyan xarajatlar doirasida foyda ishlab chiqarishning eng yaxshi imkoniyatlarini ta’minlashi kerak. Muauyan foyda doirasida esa xarajatlarni Shunday optimal darajaga keltirish kerakki, bunda ishlab chiqarishni moliyalashtirish ko‘p sarf talab etmasin.

  4. Korxona umumiy xarajatlari ikkiga bo‘linadi: ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar xom ashyo, yoqilg‘i, energiya, ishchi kuchi, amortizatsiya va boshqalarga sarflanadi. Muomala xarajatlari tovarlarni realizatsiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan sarflardir. Ular sof muomala va qo‘shimcha muomala xarajatlariga bo‘linadi. Sof muomala xarajatlari foyda hisobidan qoplansa, qo‘shimcha muomala xarajatlari esa tovar narxiga kiritiladi.

  5. Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi. Tashqi xarajatlar korxona o‘zi uchun zarur resurs va xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, Shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini Shunga o‘xshash resurslarning bozor narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.

  6. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etish darajasiga qarab doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, uning o‘sishiga ham bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. O‘zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga bevosita ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.

  7. Korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa muddatli davrda faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda bu davrda faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun etarli bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda, qisqa muddatli davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko‘paytirish orqali o‘zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.

  8. Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun etarli bo‘lgan davrdir. Bu erda Shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin.

  9. Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deb yuritiladi. Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir.

  10. Korxonaning umumiy foydasidan byudjetga (asosan soliq to‘lovlari), banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi. Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.

  11. Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.



Download 1.47 Mb.

Share with your friends:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   491




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page