ma’ruza mashg‘uloti
1. Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari.
2. Investitsiyalar turlari va investitsiya hajmiga ta’sir etuvchi omillar.
3. O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilishi.
Investitsiyalar yalpi sarflarning asosiy tarkibiy unsurlaridan biri hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, milliy iqtisodiyotdagi ko‘plab mutanosibliklar investitsiya hajmining o‘sish sur’atiga bog‘liq bo‘ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, stanok, uskuna va Shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog‘liq sarflarni bildiradi.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana Shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.
Hozirgi davrda «…iqtisodiyotga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoitni, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kengaytirish»71 alohida ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, bu boradagi chora-tadbirlarni kuchaytirish natijasida 2004 yilda «…mamlakat real iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi sezilarli darajada oshdi. O‘tgan (2004) yili bu ko‘rsatkich 5,2 foizga o‘sdi va yalpi ichki mahsulotning 20 foizini tashkil etdi. Bunda markazlashtirilgan manbalar ulushi keskin kamaydi va markazlashtirilmagan manbalar, avvalo, korxonalarning o‘z mablag‘lari ulushi oshib, jami investitsiyalarning 43 foizdan ortig‘ini tashkil etdi».72
Shuningdek, 2004 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 2473,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, ularda nodavlat sektorining ulushi 2000 yildagi 36,1% dan, 2004 yilda 58,6% ga etdi (4-jadval).
Share with your friends: |