Iqtisodiyot va menejment


Asosiy tayanch tushunchalar



Download 1.47 Mb.
Page326/491
Date16.05.2021
Size1.47 Mb.
#56636
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   491
Iqtisodiyot va menejment
Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiy rivojlanish – ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.

Iqtisodiy o‘sish – YAIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.

Iqtisodiy o‘sish mezoni – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi.

Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari – iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.

Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.

Intensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.

Ustuvor ekstensiv iqtisodiy o‘sish – iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillarning ustivor o‘ringa ega ekanligini bildiradi.

Ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish – iqtisodiy o‘sishda intensiv omillarning Yuqori o‘ringa egaligini bildiradi.

Iqtisodiy o‘sish omillari – iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.

Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari.

Moddiy–buyumlashgan boylik – milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy – buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi.

Tabiiy boylik –milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat bo‘lgan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart –sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi.

Ma’naviy boylik – ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat.


Download 1.47 Mb.

Share with your friends:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   491




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page