Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor iqtisodiyotida markaziy o‘rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning siklli o‘zgarishi eng avvalo pul massasining oqimini o‘zgartirishga bog‘liq.
Iqtisodiy faollikning o‘sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi uning turg‘unlik Bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o‘zgarishidir. Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo, chakana narx o‘sib, ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi.
Pul oqimi (iste’mol xarajatlari summasi) pul miqdorining o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi.
Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi sababli pul oqimini barqarorlashtirish murakkab hisoblanadi. Hozirgi paytda kredit pullari to‘lov va muomala vositasi sifatida asosiy rolni o‘ynaydi. Aynan bank tizimi kredit pullarni yaratadi, Shunga ko‘ra, pul oqimining o‘zgarishida banklarning hisob stavkalari katta ahamiyat kasb etadi. Bu nazariyaning ayrim namoyandalari pulni harakatga keltiruvchi kuch sifatida qarab, muvozanatning buzilishiga asosiy sabab deb ko‘rsatadilar.
Ikkinchi guruhi esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat mutanosiblikni buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni ilgari suradilar. Muvofiq ravishda monetar va nomonetar yo‘nalish vujudga keldi. Monetar nazariyaning e’tiborli tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1) yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab chiqarish tuzilmasi nomutanosibliklarini tahlil qilinadi;
2) mazkur nomutanosibliklarning salbiy oqibati sifatida kelib chiquvchi inqirozlar tahlil qilinadi.
Shunday qilib, bu nazariya jamg‘arishning davriy ravishda oshib ketishi va mutanosiblikning buzilishining asosiy sababi sifatida pulni ko‘rsatadilar. Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg‘arishning ko‘payib ketishidagi rolini ko‘rsatishadi. Monetar va nomonetar yo‘nalish o‘rtasidagi farq uncha katta emas, biri ikkinchisini to‘ldiradi.
Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab bo‘ladi, degan fikrni ilagi suradi.
Iqtisodiy sikllarni iste’mol tovarlariga talabni o‘zgarishiga bog‘lab, akseleratsiya prinsipiga e’tibor qaratiladi. Bu prinsip mohiyatiga ko‘ra texnik sabablar tufayli iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning ozginagina o‘zgarishi ishlab chiqarish uchun zarur tovarlarga talabni keskin o‘zgarishiga olib keladi.
Share with your friends: |