Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani qo‘llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlikmuayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy–ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta’siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to‘liq band bo‘lmaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o‘z ishchilarini birdaniga ishdan bo‘shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning ma’lum qismi rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda ishlamaydilar. Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. YAshirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka intilish natijasida ham paydo bo‘ladi.