Iqtisodiyot va menejment



Download 1.47 Mb.
Page420/491
Date16.05.2021
Size1.47 Mb.
#56636
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   491
Iqtisodiyot va menejment
2- ma`ruza mashg‘uloti
1.O‘tish davri iqtisodiyotning shakillanishida davlatning roli va chegaralari.

2.Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishning iqtisodiy asosini mustaxkamlash.

3. Hozirgi davrdagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roliga qarashlarning o‘zgarishi.
Ma'muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari, bozor munosabatlariga o'tish zaruriyatini anglashni va tub islohotlar boshlashni talab etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni o'tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlarni hamda tajribalarni hisobga olishni eng muhimi mamlakatimiz salohiyatiga ko'proq tayanishni taqozo etdi. Bunday ma'suliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov tadqiqotlarida nazariy-ilmiy echimini topdi. Chunonchi, aslini olganda, gap bozor munosabatlariga o'tishda o'xshashi bo'lmagan betakror andozamizni ishlab chiqish, o'z yo'limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo'l - uch tarkibiy qismdan iborat:

• ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi;

• qat'iy markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan xo'jalik yuritishning bozor munosabatlariga o'tishning eng muhim prinsiplari;

• iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashning aniq yo'nalishlari.

Keltirilgan tarkibiy qismlar to'g'risida respublikamiz ziyolilari, xususan iqtisodchi olimlar chuqur tadqiqotlarni davom ettirib, bir qator asarlarini chop etishdi. O'tish davri iqtisodiyotining ko'pchilik mamlakatlarga xos bo'lgan umumiy qoidalari va holatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

• mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o'tishdagi beqarorlik, nomutonosiblik va muvozanatsizliklar;

• jamiyat iqtisodiy rivojlanish yo'llarining turli-tuman xarakterdaligi;

• mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda tub islohotlarning zarurligi;

• umumiy o'tish qonuniyatlari mavjudligidan qat'iy nazar, har bir mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi;

• eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlarning nomuvofiqligi, ba'zi hollarda esa, qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega bo'lishi;

• jamiyat a'zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qutilishning qiyinchilik bilan ketishi, yangi iqtisodiy munosabatlarga ehtiyotkorlik bilan yondoshishiga qaramay, tashabbuskor, izlanuvchan, tadbirkor va taraqqiyparvar kishilarning tobora ortib borishi kabilar.

Tarix tajribasiga ko'ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga o'tish davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o'tishning qanday yo'li, andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog'liq bo'ladi. XX asr nihoyasiga kelib, shakllangan iqtisodiy taffakur va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi qarashlarda erkin itisodiy tartibga solish g'oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g'oyasi ham inqirozga uchraganligii bayon etilmoqda. Chunki I.Karimov ta'kidlaganidek: Jahon sivilizasiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo'llarini ishlab chiqdi, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti mana shu yo'lga asos qilib olingan.

O'tish davri ko'xna Evropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni tashkil etgan bo'lsa, mustamlakachilikdan ozod bo'lgan Osiyo va boshqa qit'a mamlakatlarida bir necha o'n yildan iborat bo'ldi. Masalan, Buyuk Britaniya-200 yil, Fransiya -150 yil, Germaniya va AQSh-50-100 yil.

Boshlang'ich shart-sharoitlarga ko'ra, yondoshilgan guruhlash mezoniga asosan tartiblashga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov tomonidan tahlil etilgan. Bular:

1. Uzoq davom etgan evolyusion taraqqiyotni bosgan rivojlangan mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot;

2. An'naviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga ega) iqtisodiyot asosida shakllanayotgan madaniylashgan bozor munosabatlari;

3. Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllanayotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat;

4. Sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodi vujudga keltirish bilan qo'shib olib borishga urinayotgan sosialistik iqtisodiyotning Xitoycha yo'li.

Yuqoridagi yondoshuvlar asosidagi tahlillar ko'rsatishicha, bozor munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va tekis kechmagan.

Bozor mexanizmlarini ideallashtirish ham katta xato bo'ladi.

Shuning uchun ham «O'zbekiston tanlab olgan yo'l respublika va uning xalqining manfaatiga nihoyatda mos keladigan ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir» - deb ta'kidlaydi I.Karimov.

Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog'lash maqsadini ko'zlaydi.

Mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini batamom shakllanishi uchun zarur bo'lgan vazifalar nechog'lik tez hal etilishi o'tish davri davomiyligini belgilaydi:

Birinchi galdagi asosiy vazifa-mulkdor singari masalasining tubdan hal etilishi, boshqacha aytganda xususiy mulkchilik etakchiligidagi ko'p ukladli iqtisodiyotning barpo etilishi.

2.Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish.

3.Keng tarmoqli bozor infratuzilmasini (fond va moliya muassasalari, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi boshqa muassasalarni) rivojlantirish.

4.Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma'muriy cheklashlar orqali boshqarishdan iqtisodiy tariflar yo'li bilan boshqarishga, ya'ni jahonda qabul qilingan ma'rifiy shakllarga o'tish.

5.Milliy valyutani erkin muomaladagi valyutaga almashtirish masalasini hal etish orqali valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish.

6.Xorijiy samaradorlarning O'zbekiston bozorida faoliyat ko'rsatishi uchun kafolat va imtiyozlar va rag'batlantirishni kuchaytirish.

7.Korxonalarning xo'jalik favoliyatiga noo'rin aralashuvning cheklab qo'yilishi.

8.Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning o'z faoliyati uchun iqtisodiy va moliyaviy ma'suliyatning oshirilishi. Bankrotlik instituti ahamiyatini oshirish.

Bozor iqtisodiyotiga o'tishning milliy xususiyatlari akademiklar S.S.Fulomov, M.Sharifxo'jaev, professorlar A.O'lmasov, N.To'xliev, .Abdullaev, Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilarning tadqiqotlarida batafsil bayon etilgan.

Biroq bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalarni bayon etishdagi yondoshuvlarda ayrim farqlar ham mavjud. Masalan, prof. Razzoqov A.A. bozor munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd etadi. Bular:

1.yovvoyi bozor (dastlabki paytlarda);

2. Ma'muriy-buyruqbozlik bozori (sobiq SSSR va sosialistik deb atalgan mamlakatlarda);

3. Boshqariladigan bozor (hozirgi deyarli barcha rivojlangan etakchi mamlakatlarda).

Ayni paytda prof. A.O'lmasov ta'kidlashicha, «Tarixan bozor iqtisodiyotining 2 turi bo'lgan: yovvoyi va madaniylashgan bozor iqtisodiyoti».

Umuman olganda, barcha tadqiqotlar I.Karimov asarlaridagi ilmiy-nazariy qoidalarni chuqurroq va kengroq sharxlash vazifasini hal etganligini ta'kidlash lozim.




Download 1.47 Mb.

Share with your friends:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   491




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page